ABU ALI IBN SINO
(980— 1037)
Sharq
dunyosining
buyuk
daho
olimi Abu Ali al-H usayn ibn A bdulloh
ibn al-H asan ibn Ali ibn Sino
Buxoro
yaqinidagi Afshona qishlog‘ida tug‘il-
gan. Uning otasi Abdulloh asli Balxdan
b o ‘lib, Ibn Sino besh yoshga to ‘l-
ganda oilasi bilan Buxoroga ko‘chib
keladi. Turk yozuvchisi Ibrohim Ogoh
Chubukchining m a’lumotiga qaraganda,
asli turk oilasidan bo‘lgan ibn Sinoning
otasi nihoyatda o ‘qimishli kishi edi. U
«Ihvon as-Safo» risolalarini va Ismoiliya
mazhabining dunyoqarashlarini sevardi.
Bir kuni Abdulloh An-Notiliy degan falsafani yaxshi biluvchi bir
zot bilan tanishganida o ‘g ‘li Ibn Sinoni shogirdlikka olishini
so‘raydi. An-Notiliy bo‘lajak allomani o ‘z tarbiyasiga oladi. Ibn Sino
Arastuning «Mantiq»ini, Oklidesning «Anosir»ini, Batlimusning
«Al-Majasti»sini shu buyuk zotdan o ‘rganadi. Bundan oldinroq esa
Ismoil ismli bir zotdan fiqh ilmidan tahsil oladi. 0 ‘n yoshdayoq
«Q ur’on»ni yod olgan Ibn Sinoustozlarini shoshirib qo'yadigan
zukko bola edi. Falsafa, mantiq, falakiyot, tabiiy va riyoziy ilmlar
u juda yaxshi biladigan bilim sohalari edi. Bulardan tashqari islom
VII bob. IX -X II asrlarda M ovarounnahr va X orazm da m adaniy hayot
229
tarixini mufassal o ‘rgandi. 0 ‘zi anglagan darajada islomiyatni ham
sharhlay olardi»1.
Ibn Sino ayniqsa, tibbiyot ilmiga alohida mehr qo‘ygandi. Bu
borada u xristian tibbiyotshunos olimi Iso ibn Yahyo asarlaridan ko‘p
foydalangan. Chunki u tibda tajribalarga ko‘p ahamiyat bergan tabib
bo‘lgan. Qisqa vaqt ichida Ibn Sino tabobat sohasida katta shuhrat
qozonadi. Ibn Sinoning o ‘zi bu haqida quyidagilami yozgan edi:
«Tib aslida qiyin ilmlardan emas, shu sababdan men qisqa
muddat ichida bu sohada shunday yutuqqa erisha oldimki, hatto fozil
tabiblar ham menga kelib, mendan tib ilmini o ‘qiydigan bo‘ldilar.
Bemorlarga ham qatnar edim. Erishgan tajribalarim natijasida menga
davolash eshiklari shunday keng ochildiki, uni ta’riflab bo‘lmaydi».
Ibn Sinoning obro‘-e’tibori kun sayin oshib borganligini bir
necha e’tiborli dalillar isbot qiladi. Buxoro amiri Nuh ibn Mansur
(976-997) og‘ir dardga chalinadi. Uni davolashda Ibn Sino faol
qatnashadi va buning evaziga u saroy kutubxonasida saqlanayotgan
nodir kitoblardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
1002-yilda
Xorazmga borgandan
so‘ng,
o ‘sha davming
yirik madaniyat markazlaridan biri bo‘lgan Urganchda M a’mun
akademiyasida faollik ko‘rsatadi. Abu Rayhon Beruniy singari buyuk
olimlar bilan hamkorlikda ishlaydi. 1017-yil Xorazmni Mahmud
G ‘aznaviy bosib olgach, Ibn Sino G o‘rgon amirligiga, u yerdan
Ray, Kazvin shaharlariga o ‘tib, so‘ng Hamadonga — buvayxiylar
hukmdori Shams ad-Davla xizmatiga (997-1021) kiradi. Hamadon
amiri Shams ad-Davlani davolagan Ibn Sino vazirlik darajasiga
ko‘tariladi. Askarlar orasida sodir b o ‘lgan isyon tufayli Ibn Sino
zindonga tushadi. Ammo Shams ad-Davla yana kasallanganda
zindonband etilgan buyuk tabib ikkinchi bor uni davolaydi va tag‘in
vazirlikka tayinlanadi.
Shams ad-Davla vafotidan so‘ng uning o ‘g ‘li Samo ad-Davla
taxtga o‘tiradi. Ibn Sino vazirlikda qolishni istamaydi. U Isfahon
amiri Alo ud-Davlaga maktub yo‘llab vazifa so‘raydi. Bu xatti-
harakati uchun Hamadon hukmdori Ibn Sinoni zindonband qiladi.
Oradan to ‘rt oy o ‘tgach, Isfahon amiri Alo ud-Davla Hamadonni
bosib oladi va Ibn Sinoni hibsdan ozod etadi.
Tinimsiz ilmiy mutolaa, shaharma-shahar darbadarlarcha yurish,
olimga nisbatan bir necha bor uyushtirilgan ta’qib va zindonlar,
albatta, uning salomatligiga ta’sir etgan edi. Ibn Sino 1037-yilda
1 «Узбекистон адабиёти ва санъати». 1990 йил 10 август.
230
VATAN TARIXI
(hijriy 428) 57 yoshida vafot etadi. Buyuk qomusiy olimdan juda
katta meros qolgan. Turli manbalarda ulug‘ mutafakkiming falsafa,
mantiq,
ruhshunoslik,
adabiyotshunoslik,
she’riyat,
musiqa,
geologiya, mineralogiya, fizika, matematika, tibbiyot, falakiyot va
fanning boshqa sohalariga oid 450 dan ortiq ilmiy asarlari qayd
etiladi. Biroq bizgacha Ibn Sinoning faqat 242 ta asari yetib kelgan,
xolos. Shundan 80 tasi falsafa, ilohiyot va tasaw ufga, 43 tasi
tabobatga, 19 tasi mantiqqa, 26 tasi ruhshunoslikka, 23 tasi tibbiyot
ilmiga, 7 tasi falakiyotga, 1 tasi riyoziyotga, 1 tasi musiqaga, 2 tasi
kimyoga, 9 tasi odob ilmiga, 4 tasi adabiyotga, 8 tasi boshqa olimlar
bilan b o ‘lgan yozishmalarga tegishlidir1.
Olimning falsafaga oid «Kitob ash-shifo» asarini o ‘z davrining
qomusiy asarlaridan desak mubolag‘a b o ‘lmaydi. Unda mantiq,
tabiiy fanlar, riyoziyot va ilohiyot bo‘yicha falsafiy g ‘oyalar o ‘z
aksini topgan.
Yana bir falsafaga oid yirik asar «Al-ishorot va tanbihot»
(«Ishoralar va tanbihlar») hisoblanadi. Unda falsafaning asosiy
masalalari qisqacha bir tarzda bayon etilgan.
Fors-dariy tilida yozilgan yirik falsafiy asarlardan biri «Donish-
noma» («Bilim kitobi»)dir. Ibn Sino bu asarida o ‘zidan oldingi va
o ‘z davridagi tabiiy fanlar va falsafaning yutuqlaridan foydalangan
holda shunday bir falsafiy asar yaratdiki, bu asar 0 ‘rta asr Sharqidagi
nazariy bilimlaming eng yuqori cho‘qqisiga ko‘tarildi.
Ibn Sinoning tabobat ilmi bobida qoldirgan buyuk merosi,
ayniqsa, katta tarixiy ahamiyatga egadir. Uning tabobatga oid
asarlaridan 30 tasi bizgacha yetib kelgan, shulardan asosiylari o ‘zbek
tiliga tarjima qilingan. U lug‘ hakimning tabobatga oid shoh asari
albatta «Kitob al-Qonun fi-t-tib» («Tib qonunlari kitobi»)dir. Ibn
Sino «Tib qonunlari»ni besh kitobga bo'lgan:
1-kitobda tabobatning umumiy nazariyasi bayon etiladi.
2-kitob dorishunoslikka bag‘ishlangan. Unda o ‘simlik m a’dan
va hayvonlardan olinadigan 811 sodda dorining nomini alifbo tar-
tibida joylashtirilib chiqilgan va ulaming ta’rifi keltirilib, har biri
qaysi dardga davo ekanligi izohlangan. («Tib qonunlari», 7-bet.) Ibn
Sinoning davolash uslubida ishlatilgan 396 dorivor o ‘simlikdan 165
tasi bugungi kunda tibbiyot fanida qoilaniladi.
3-kitobda «Juz’iy» kasalliklar, y a’ni
insonning boshidan
tovonigacha har bir a ’zosida bo'ladigan kasalliklar, ulami aniqlash
va davolash usullari yoritiladi.
1
Do'stlaringiz bilan baham: |