2. SH ARQ D U N Y O SIN IN G BU Y U K DA H O LA RI
A L -X O R A Z M IY
(783-850)
Mashhur o ‘zbek olimi va dono mutafakkiri M uham m ad ibn
M uso al-X orazm iy
asli Xiva shahridan. G ‘oyatda o ‘tkir zehn egasi
va noyob qobiliyat sohibi bo‘lgan Al-Xorazmiy yoshlik chog‘idan
boshlab aniq va tabiiy fanlami o ‘rganishga qiziqdi, arab, fors, hind
va yunon tillarini egalladi, bu tillarda yozilgan kitoblami qunt bilan
o ‘qib mutolaa qildi. U dastlabki ta’limni xususiy muallimdan oldi
va so‘ngra o ‘sha davming yirik m a’rifat markazlaridan biri bo‘lgan
Marvda madrasada o ‘qidi. Xalifa Horun ar-Rashidning o ‘g ‘li
M a’mun xalifalik taxtiga o ‘tirgach (813) Muhammad ibn Muso
al-Xorazmiyni o ‘zi bilan birga Bag‘dodga olib ketdi va u yerda
tashkil etilgan «Bayt-ul-Hikma» («Donishmandlar uyi»)ga boshliq
etib tayinladi. Bu yerda al-Xorazmiy katta ijodiy-ilmiy ish bilan
shug‘ullandi, ko‘plab qimmatbaho asarlar yozdi.
Xorazmiy matematika, geometriya, astronomiya, geografiya,
tarix ilmi va boshqa fanlar sohasida barakali ijod qildi. Uning «А1-
Jabr val Mutsobala» («Tenglamalar va qarshilantirish»), «Hisob al-
Hind» («Hind hisobi»), «Kitob surat al-Arz» («Yer surati haqida
kitob»), «Kitob at-Tarix» («Tarix kitobi»), «Kitob al-Amal bil
Usturlabat» («Usturlob»1 bilan ishlash haqida kitob») kabi asarlari
ilm-fanda olimga jahonshumul shuhrat keltirdi. Al-Xorazmiy o ‘z
ijodiy ilmiy ishlarida birinchi o ‘ringa xalq manfaatlarini qo‘ydi va
e ’tiborini uning amaliy hayotiy ahamiyatiga qaratdi. U «Tenglamalar
va qarshilantirish» kitobida bu haqda shunday degan edi: «Men
arifmetikaning sodda va murakkab masalalarini o ‘z ichiga oluvchi al-
Jabr va al-Muqobala hisobi haqida qisqacha kitob yozdim. Chunki,
u odamlarga meros taqsimlash, vasiyatnoma yozish, boylik bo‘lish
va adliya ishlari, savdo-sotiq, kanal qazish, geometrik hisoblashlar,
shuningdek, boshqa turli munosabatlarda juda ham zarur»2.
Xorazmiy «Al-jabr», «Al-muqobala» asari bilan matematika tarixida
birinchi bo‘lib algebra faniga asos soldi. «Algebra» atamasining o ‘zi
ham ushbu kitobning qisqacha «aljabr» deb ataluvchi qisqartirilgan
nomining aynan ifodasi hisoblanadi. Xorazmiyning bu asari butun
1 «Usturlob» — yulduzlaming harakati va holatini kuzatadigan asbob.
2 Х,амадов А'. Олис-яцин юлдузлар. - Т., «Чулпон» нашриёти, 1990. 14-бет.
224
VATAN TARIXI
dunyoga, shu jumladan, Yevropada ham keng tarqalgan. Mazkur
kitobni lotin tiliga tarjima qilinganda G ‘arbiy Yevropada «aljabr»
so‘zi «algebra» tarzida qabul qilingan. Ana shu tariqa Al-Xorazmiy
nomidan dastlab lotincha yozuvda «Algorizmi» so‘zi, so‘ngra
«algoritm» atamasi paydo bo‘lgan. «Hisob al-Hind» («Hind, hisobi»)
kitobida Xorazmiy hozirgi paytda ijtimoiy hayotda ishlatiladigan
birdan to‘qqizgacha bo‘lgan raqamlar va nol yordamida istalgan
sonni yozish, ular yordamida arifmetik to ‘rt amalni bajarish, o ‘sha
raqamlar bilan ifodalangan sonlardan kvadrat ildizlar chiqarish
qoidalarini izohlab beradi. Olimning «Kitob at-tarix» («Tarix
kitobi»)da Xuroson, Kichik Osiyo va Movarounnahming V III-IX
asrlardagi tarixiga oid qisqa va aniq m a’lumotlar o ‘z ifodasini topgan.
Xorazmiyning «Zij» («Astronomik jadval»), «Quyosh soati haqida
risola» asarlari falakiyotshunoslik fanining rivojlanish taraqqiyotiga
katta hissa qo‘shdi. Mamlakatimiz xalqlari 1983-yilda al-Xorazmiy
tavalludining 1200 yilligini tantanali nishonladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |