paydo bo ‘lishi va ilmiy taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shdi.
VII bob. IX -X II asrlarda M ovarounnahr va X orazm da m adaniy hayot
225
Bag‘dod va Damashqdagi rasadxonalar qurilishiga shaxsan qat-
nashdi. Bag‘dodning Raqoq nomi bilan ataluvchi mavzesida
qurilgan rasadxona qoshida tashkil etilgan falakiyotshunoslik
maktabiga rahbarlik qildi. Ahmad Farg‘oniy zamondosh, kasbdosh
olimlar va shogirdlari bilan hamkorlikda Ptolemey «Yulduzlar
jadvali»dagi m a’lumotlami tekshirish ishlarini olib bordi. Uning
falakiyotshunoslikka oid ilmiy-tadqiqot ishlari ijodiy samaralar berdi.
Ahmad Farg‘oniyning oltita kitobi dunyoga m a’lum va mashhurdir.
«Kitob Fi Usui ilm ап-Nujum» («Falakiyot ilmining usullari haqida
kitob»). Bu risolaning asl qo‘lyozmalari matni bir xil bo‘lsa-da, besh
nom ostida saqlanadi. Y a’ni Al-Majistiyga bag‘ishlangan «Falakiyot
risolasi», «Falak sferalari sababiyati», «Al-Majistiy» (Ptolemeyning
«Almagest» asari), «Ilm al-haya» («Falakiyot ilmi») deb ataladi. Bu
nodir qo‘lyozmalar Angliya, Fransiya, AQSH, Marokash, Misr va
Sankt-Peterburgda saqlanmoqda.
Olimning «Al-Farg‘oniy jadvallari» (qo‘lyozmasi) «Usturlob
bilan amal qilish haqidagi kitob» Hindistonda, «Oy Yeming ustida
va ostida bo‘lganida vaqtni aniqlash» risolasining qoiyozm asi
Qohirada, «Yetti iqlim hidi» asarining qo‘lyozmasi Olmoniyada,
«Usturlob yasash haqidagi kitob» qo‘lyozmasining to ‘rtta nusxasi
Berlin va Parijdadir.
Ahmad Farg‘oniy bu asarlaridagi ilmiy kashfiyotlari bilan jahon
fani va madaniyati taraqqiyotiga ulkan va munosib hissa qo‘shdi.
Hususan, uning 812-yilda Quyosh tutilishini oldindan bashorat qilishi,
Yeming dumaloq shar shaklida ekanligini ochganligi olimga shuhrat
keltirdi. Keyinroq Misrda yashagan chog‘ida Nil daryosi suvini
o ‘lchaydigan asbob yasagan. Bu asbob tutash idishlar qoidasiga
asoslangan b o ‘lib, hozirgacha saqlanadi. Ahmad Farg‘oniyning
falakiyotga oid yirik ilmiy asarlaridan biri «Samoviy harakatlar va
yulduzlar fanining majmuasi haqida kitob»dir. Bu asar «Astronomiya
negizlari» deb ham yuritiladi. Unda buyik mutafakkir o ‘zi yashagan
davrdagi falakiyotga oid bilimlami tartibga soldi. 0 ‘zining yangi
xulosa va natijalari bilan boyitdi. Falakiyot ilmiga oid asboblar,
quyosh soatlarining bayonini berdi. 0 ‘sha davr an’anasiga muvofiq
mamlakatlami yetti iqlimga b o iib o ‘rgandi, joylaming geografiyaga
oid koordinatlarini sharqdan g ‘arbga y o ‘nalishda berdi. Falakiyotga
oid bilimlar qomusi hisoblanmish mazkur asar Yevropada Koper-
nikkacha b o ig a n falakiyot ilmidan asosiy q oilanm a b o iib xizmat
qildi. 0 ‘zidan keyingi olimlar uchun ijobiy samaralar berdi.
С
fnrivi 1
226
VATAN TARIXI
Olimning stereografik proyeksiyalar nazariyasini undan ming
yil keyin buyuk matematik Eyler XVIII asrda geografiyaga oid
xaritalar tuzish nazariyasiga tatbiq qildi va «Katta geografik xarita»ni
tuzishda ishlatdi. Undan tashqari kompleks o ‘zgaruvchan miqdorlar
tekisligi, noevklid geometriyalar, Lobachevskiy tekisligining Belt-
rami-Kleyn proyeksiyasi kosmografiyalaming zaminida ham Ahmad
Farg‘oniyning shu nazariyasi yotadi.
Ahmad Farg‘oniy bajargan ilmiy tadqiqot natijalari qaysi fan
sohasida bo‘lishidan qat’i nazar g ‘oyatda pishiq, puxta va nihoyatda
mukammal b oig an. Shu boisdan uning asarlari fan olamida shuhrat
topgan. XII asrdayoq alloma asarlarining lotin tiliga tarjima qilinishi
va butun Yevropaga tarqalishi bu fikrimizning isbotidir. Yevropa
ilmiy muhiti farg‘onalik allomaga katta hurmat bajo keltirgan.
Yevropaliklar Ahmad Farg‘oniyni o ‘zlaricha talaffuz etib, «А1
Fraganus» deb ataganlar. Hatto bu nomni buyuk Dante ham ehtirom
ila tilga olgan. Ahmad Farg‘oniy asarlari lotin, olmon, ingliz. fransuz,
rus va boshqa tillarga tarjima qilingan. Mustaqillik sharofati bilan
allomaning 1998-yili 1200 yillik yubiley sanasi nishonlandi. Ahmad
Farg‘oniyga atab Quvada bog‘ barpo etilib, allomaning haykali
o ‘matildi. Uning boy ijodiy merosini o ‘rganish va chop etish borasida
ham ko‘plab xayrli ishlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimiz sa’y-
harakati bilan Misr poytaxti Qohirada Ahmad Farg‘oniyga atab
haykal o ‘matildi.
Do'stlaringiz bilan baham: