VII B O B
IX—XII ASRLARDA MOVAROUNNAHR VA XORAZM DA
MADANIY HAYOT
1. MADANIYATNING
IJT IM O IY -SIY O SIY
HAYOTDA
TUTGAN 0 ‘RNI
Arablar Xuroson, Movarounnahr va Xorazmni bosib olgach,
hamma yerda b o ‘lgani kabi oik am izda ham qattiqqo‘llik bilan yurtni
arablashtirish siyosatini olib bordilar. Bu borada islom dinidan ustalik
bilan foydalanildi. O ik a d a islom dini bilan bir qatorda arab tili, arab
alifbosi ham joriy qilindi. Arab tili— davlat tili, islom dini tili va fan
tili darajasiga ko‘tarildi. Mahalliy tilda yozilgan asarlar yo‘q qilindi,
yerli bilimdonlar quvg‘in ostiga olindi.
Arab tilini, islom dini va Q ur’oni Karimni yaxshi egallagan va
bilgan shaxslaming jamiyatdagi o ‘mi va nufuzi oshdi. Bu arab tiliga
nisbatan hayotiy ehtiyojni kuchaytirdi. Movarounnahr va Xorazmda
ham hatto o ‘z ona tiliga nisbatan arab tilini yaxshi bilgan tolibi ilmlar
borgan sayin k o ‘payib bordilar. Arab tili va islom dini b o ‘yicha
mukammal bilim va malakaga ega b o ig an lar arab xalifaligining
markaziy shaharlariga borib o ‘qishni odat tusiga, an’anaga
aylantirdilar. Damashq, Qohira, B ag‘dod, Kufa, Basra singari katta
shaharlarda Movarounnahr va Xorazmdan borib fan, madaniyat
taraqqiyotiga o ‘z hissasini qo‘shgan ajdodlarimiz soni borgan sayin
ko‘payib bordi. Xususan bu borada B ag‘dod shahri Sharqning ilm-
m a’rifat markazi sifatida katta ahamiyat kasb etdi. IX asrda bu
shaharda «Bayt-ul-Hikma»
(«Donishmandlar uyi»)— Sharqning
fanlar akademiyasi tashkil etildi. Xuddi shunga monand X asr oxiri
XI asr boshlarida Xorazmda ham podsho M a ’mun ibn M a ’mun
(995-997) va uning avlodlari davrida 1004-yilda «Donishmandlar
uyi» tashkil etildi. Urganchda tashkil etilgan bu «Bayt-ul-Hikma» —
«M a’mun akademiyasi» (Xorazm akademiyasi) deb nomlanadi.
B ag‘dod va Urganchdagi «Donishmandlar uyi»da o ‘z vaqtida nom-
lari dunyoga mashhur ulug‘ alloma va mutafakkirlar tahsil olganlar.
Ular orasida Ahmad Fargo‘niy, Al-Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino,
Ibn al-Hammor, Abu Saxl Masihiy, Ibn Iroq kabi ulug‘ va buyuk
zotlaming nomlari bor.
VII bob. IX -X II asrlarda M ovarounnahr va X orazm da m adaniy hayot
221
Movarounnahr va Xorazmda IX -XII asrlarda ijtimoiy-iqti-
sodiy va madaniy taraqqiyotda (yuz bergan ijobiy yutuqlar va
muvaffaqiyatlar haqida gap ketganda, ana shu yutuq va muvaf-
faqiyatlaming asosiy omili va sababchisi b o ‘lgan markazlash
gan mustaqil davlatlaming vujudga kelganligini e ’tibordan qochir-
masligimiz kerak, albatta.
0 ‘z mavqeyi va tutgan о ‘mi jihatidan xalqaro maydonda
katta e ’tibor va nufuzga ega bo‘lgan 0 ‘rta Osiyodagi somoniylar,
qoraxoniylar, saljuqiylar va xorazmshohlar davlatlari Ahmad Nasr,
Ismoil Somoniy, Alptakin, To‘g ‘mlbek, Sulton Sanjar, Otsiz,
Takash singari davlat arboblari davrida har tomonlama rivojlanib,
madaniy taraqqiyotda yuksak muvaffaqiyatlarga erishdilar. Chunki
bu hukmdorlar davrida davlat hokimiyati mustahkamlandi. Natijada
moddiy ishlab chiqarish rivoj topdi, hunarmandchilik va savdo
taraqqiy etdi, madaniyat gurkirab o ‘sdi. Bu davrda «Buyuk ipak
yo‘li»ning о ‘mi va ahamiyati oshdi, hunarmandchilik va savdo-
sotiqlar rivoj topgan obod va ko‘rkam shaharlar vujudga keldi.
Buni shundan ham bilish mumkinki, al-Muqaddasiyning yozishicha
(985-yilda yozgan) 850-933-yillarda Xorazmda 13 shahar mavjud
b o ig a n b o isa , yarim yildan so‘ng shaharlar soni 33 tadan oshgan.
Bular: Kos, Gardmon, Oyxon, Orzaxiva, N o‘qfog‘, Qardor,
Mizdakxon, Jashira, Sadvor, Zardux, Borategin, Madminiya (Jayhun
daryosining o ‘ng sohilida), Jurjoniya, Raxushmison, Madamisan,
Xiva, Kardaranxos, Xazorasp, Jigarband, Joz, Darg‘on, Jit, Kichik
Jurjoniya, Ikkinchi Jit, Safdor, Nuzvor, Zamahshar, Ruzun,
Vazirmand, Vaskaxankas, Andarosgondir.
Muqaddasiyning so‘zlariga qaraganda Xorazm aholisi aql-
zakovatli, fiqh ilmini egallagan m a’rifatli kishilar boiganlar.
Xalifalik shaharlarida fiqh, adabiyot, Q ur’onni o ‘rganish sohasi
da shogirdi bo im ag an xorazmlik imom (bu yerda yirik olim
m a’nosida) kamdan kam uchraydi. Xorazmning bu davrdagi
taraqqiyoti xususida yirik olim S.P.Tolstovning arxeologiyaga
oid quyidagi xulosalari ham g ‘oyatda ibratlidir: «Bu davrlardagi
Xorazmning iqtisodiy parvozini nazardan o ‘tkazar ekansiz, bir
vaqtlar feodal monarxiya b o ig a n bu davlat qiyofasining qoldiqlari
ko‘z o ‘ngimizda namoyon b o iad i. Bizning nigohimizda yuz ming
gektarlab yerlarga obi-hayot bergan ulkan sug‘orish inshootlari,
Xuroson, Movarounnahr va Qipchoq dashtlariga tutashib ketgan
222
VATAN TARIXI
strategik va savdo y o ‘llari istehkomlari, shaharlaming qaynoq
hayoti, hunarmandchilik ravnaq topgan savdo-sotiq hamda 0 ‘rta
Osiyo, Eron va Volga b o ‘yining badiiy madaniyatining keyingi
butun tarixiga kuchli ta ’sir ko‘rsatgan Xorazm uyg‘onish davrining
bor ulug‘vorligi va boy ravnaqi gavdalanganday b o ia d i» 1. IX -
XII asrlarda ijtimoiy-iqtisodiy, m a’naviy va madaniy sohadagi
taraqqiyot oikam izning Xorazm vohasidan tashqari boshqa hudud-
lariga ham xosdir. Buxoro, Samarqand, Kesh, Naqshob, Binokent,
Shosh, Termiz, Quva, Boykent va boshqa shaharlar savdo-tijorat,
hunarmandchilik va madaniyat markazlari sifatida dong taratganlar.
Somoniylar poytaxti Buxoro dunyoda ikkinchi Makka hisoblangan.
Bu yerga savdo-sotiq, tijorat ishlari bilan, kasb-hunar o ‘rganish,
islom nuri va madaniyatidan bahramand b o iishdek ezgu niyatda
odamlar dunyoning turli burchaklaridan oqib kela boshlaganlar.
Tarixchi Abu Mansur as-Saolobiy ta’kidlaganday (961-1038)
Buxoro somoniylar davridan boshlab «...shon-shuhrat makoni,
saltanat k a’basi va zamonasining ilg‘or kishilari jamlangan, yer
yuzi adiblarining yulduzlari porlagan hamda o ‘z davrining fozillari
yig‘ilgan (joy) edi»2. Xullas, demoqchimizki, arablar istilosidan
so‘ng IX -X II asrlarda mahalliy hukmdorlar boshchiligida vujudga
kelgan markazlashgan davlatlar davrida mamlakatda vujudga kelgan
ijtimoiy-iqtisodiy, m a’naviy-madaniy qulay vaziyat shunday muhitni
yaratdiki, natijada bu mintaqadan o ‘z qobiliyatlari, yorqin va betakror
ijrolari, ulkan madaniy-ma’rifiy durdonalari bilan jahon madaniyati
sivilizatsiyasi xazinasiga bebaho hissa qo‘shgan ajoyib allomalar,
fan va madaniyat sohiblari, olim-u donishmandlar, mumtoz adabiyot
daholari kamolotga yetdilar. Bulaming hammasi bizning milliy
iftixorimiz, g ‘ururimiz va faxrimizdir.
1 Толстое С.П. Кддимги Хоразм маданиятини излаб. - Т., «Фан», 1964. 198-бет.
2 Абдуллаев И. Абу Мансур ас-Саолобий. - Т., «Узбекистон», 1992. 50-бет.
VII bob. IX -X II asrlarda M ovarounnahr va X orazm da m adaniy hayot
223
Do'stlaringiz bilan baham: |