VII bob. IX -X II asrlarda M ovarounnahr va X orazm da m adaniy hayot
227
«Siyosat al-Madoniya», («Shaharlar ustida siyosat yurgizish», «Fozil
odamlar shahri», «Masalalar mohiyati», «Qonunlar haqida kitob»,
«Tafakkur yuritish mazmuni haqida», «Mantiqqa kirish haqida
kitob», «Falsafaning mohiyati haqida kitob» va boshqalar buyuk
olimning ilm va dunyoqarash doirasining beqiyos darajada kengligi
va chuqurligidan dalolat beradi.
Forobiy ellin madaniyati donishmandligining hadsiz bilimdoni
edi. U Platon, Aristotelning barcha falsafiy tabiiy, ilmiy asarlariga,
Ptolemeyning osmon jismlari harakati, Aleksandr Afrodiziyning
ruh haqidagi psixologiyaga oid, Galenning tibbiyot b o ‘yicha
asarlari, shuningdek, Epikur, Zenon, Yevklid, Porfiriy risolalariga
taqriz va sharhlar yozdi. Agar ilm-fan rivojidagi o ‘zining qo‘shgan
buyuk xizmatlari uchun Aristotel «birinchi muallim» unvoniga
sazovor b o ‘lgan b o isa , Forobiy ellin donishmandligini, Aristotelni
yaxshi bilganligi, qomusiy aqli va ilm-fan taraqqiyotiga katta hissa
qo‘shganligi uchun «Al-Muallim as-Soniy» — «Ikkinchi muallim—
«Sharq Aristoteli» degan m o‘tabar unvon oldi.
Forobiyning «Inson tanasining a ’zolari haqida»gi risolasi
tibbiyot ilmining maqsad va vazifalarini aniqlashga bagishlangan.
Shu m a’noda bu asar muallifi buyuk hakim Abu Ali ibn Sinoning
bevosita o ‘tmishdoshi boiganligini isbotlaydi.
Forobiy «Astrologiyaning to ‘g ‘ri va noto‘g ‘ri qoidalari haqida»
risolasida astrologlaming ruhiy va ijtimoiy hodisalar va jarayonlami
osmoniy jism lar haqidagi ilmiy taxminlarga asoslangan faoliyatlarini
yolg‘on tasavvurlar va uydirmalardan farqlash zarurligini ta’kidlaydi.
Olimning ko‘p jildli «Musiqa haqida katta kitob» asari musiqa
ilmining katta bilimdoni boiganliginigina emas, ayni zamonda
Forobiyning taniqli musiqashunos sozanda va ajoyib bastakor ham
boiganligini dalillaydi. U yangi musiqa asbobining ixtirochisi ham
boigan.
Forobiy yirik mantiqshunos olim sifatida ham nom chiqargan. Bu
borada u yunon olimlarining ijobiy an’analarini davom ettirib, mantiq
ilmining turli muammolariga oid bir qator risolalar ijod qilgan.
0 ‘rta asr fanining rivoji va taraqqiyotida Forobiyning ilmlar
tasnifi b o ‘yicha olib borgan ilmiy ijodiy ishlari g ‘oyatda qimmatlidir.
U «Ilmlaming kelib chiqishi haqida», «Ilmlaming tasnifi haqida»
va boshqa risolalarida o ‘sha davrda m a iu m b o ig a n 30 ga yaqin
ilm sohasining tartibi, tasnifi va tafsilotini beradi. Umuman, Forobiy
ilmlaming beshta asosiy turkumini k o ‘rsatadi:
228
VATAN TARIXI
1. Til haqidagi ilm (grammatika, poetika, to ‘g ‘ri yozuv va
boshqalar. Jami yettita bo‘limdan iborat.)
2. Mantiq. Sakkiz b o ‘limdan iborat.
3. Matematika, yetti mustaqil ilm: arifmetika, geometriya, optika,
sayyoralar, musiqa, og‘irlik, mexanika.
4. Ilm at-tabiiy va ilm al-ilohiy-tabiiy va ilohiy ilmlar yoki
metafizika.
5. Siyosat ilmi (ilmal-madaniy — shahar haqidagi ilm, shahami
boshqarish ilmi), yurisprudensiya (fiqh) va musulmon teologiyasi
(kalom).
Xullas, Forobiyning ilmiy-falsafiy merosi xalqimizning buyuk
m a’naviy boyligi sifatida asrlar osha avlodlar uchun ilhom va ijod
manbayi bo ‘lib xizmat qilaveradi.
Do'stlaringiz bilan baham: