A BU R A Y H O N BE R U N IY
(973-1048)
0 ‘rta
asrlarda
Xorazmda
tashkil
etilgan M a’mun akademiyasining por-
loq yulduzlaridan biri, buyuk olim va
mutafakkir Abu Rayhon ibn Ahmad
Beruniydir.
U 973-yil 4-sentabrda Ur-
ganch shahridan 120 km naridagi qa
dimgi
janubiy
Xorazmning
poytaxti
Kat (hozirgi Beruniy) shahri yaqinida
tug‘ilgan. Dastlabki ta’limni Urganchda
olgan. Taqdir taqozosi bilan Sharqning
k o ‘pgina shaharlarida bo‘lgan. Ancha
vaqt G o‘rgonda turgan, so‘ngra M a’mun
akademiyasida katta ilmiy ish olib borgan. Mahmud G ‘aznaviy
Xorazmni egallagach (1017-yil), Beruniy o ‘z ilmiy faoliyatini G ‘azna
shahrida davom ettirgan. U Mahmud G ‘aznaviy bilan birgalikda
Hindistonda bir necha bor safarda bo ‘lgan. Ulug‘ mutafakkir
1048-yilda G ‘azna shahrida vafot etgan.
Abu Rayhon Beruniy fanning deyarli barcha y o ‘nalishlari
b o ‘yicha buyuk kashfiyotlar qilgan qomusiy olimdir. Alloma
zamondoshlari iborasi bilan aytganda «uning qo‘li hech qachon
yozishdan to‘xtamagan, nigohi muttasil kuzatish bilan band b o ‘lgan,
qalbi esa fikrlashga mudom qanot bog‘lab turgan. Arab sayyohi Yoqut
Hamaviy Marv masjidi vaqfnomasida Beruniyning kitoblari nomi
yozilgan varaqlik ro'yxatni ko‘rganligini eslatadi. Hozircha olimning
m a’lum bo‘lgan 154 nomdagi asarlari geografiya, astronomiya,
tarix, geologiya, gidrogeologiya, geodeziya, mineralogiya. fizika,
kimyo, botanika, farmakologiya kabi sohalarga aloqadordir. Ana shu
asarlardan bizgacha faqat 30 tasigina yetib kelgan, xolos. « 0 ‘tmish
avlodlardan qolgan yodgorliklar», «Hindiston», «Mineralogiya»,
«Geodeziya» kabi yirik asarlar olimga tom m a’noda jahonshumul
shuhrat va obro‘ keltirdi. U kishilik jamiyati tarixida ilk bor yeming
dumaloq shaklda ekanligini aniqlab, globusni yaratdi. Bu paytda
ulug‘ alloma endigina 21 bahomi qarshilagan edi1. Beruniy chizgan
1
К,аюмов А.
Абу Райхон Беруний. Абу Али ибн Сино. - Т., «Ёш гвардия» нашриёти,
1987, 3-бет.
V II bob. IX -X II asrlarda M ovarounnahr va X orazm da m adaniy hayot
233
dunyoning geografik xaritasi ko‘p yillar sayyohlarga yo‘llanma
b o iib kelgan. U Yeming radiusini aniqlagan, hatto proyeksiyaning
(buyumning tekislikdagi aksi, tasviri) uch xilini topganligi m aium .
Buyuk mutafakkir o ‘z asarlarida Xristofor Kolumbdan 460 yil a w a l
hozir Amerika deb ataluvchi qit’aning borligini bashorat qilgan.
Geografiya fanining bilimdoni Hamidulla Hasanovning quyidagi
fikrlari g ‘oyatda qimmatlidir: «B a’zi tarixchi, geograflarimiz XV-
XVI asrdagi buyuk kashfiyotlar tarixini yoritishda masalani yo
mutlaqo tilga olmaydilar yoki faqat g ‘arbchasiga izohlaydilar», deydi.
Jumladan, Amerika qit’asining ochilishi masalasida fikr yuritgan ms
olimi V.Gulyayev vatandoshimiz Beruniyning «...u tomonda y o ila r
notinch, xavf-xatar ko‘pligi sababli kema qatnovi boim aydi», degan
gaplarini keltirish bilan chegaralanadi. Holbuki Beraniy: «Bizning
tekshirishimizcha, yeming shimoliy (ikki) choragidan biri qumqlik
boiganligidan, uning hamqurt (diametral qarama-qarshisidagi)
chorak qismi ham qumqlik bo iishin i taxmin qilamiz»1.
Bemniy o ‘zining 45 dan ortiq falakiyotga oid asarlarida
Kopemikdan qariyb besh asr ilgari olamning markazi Yer emas,
Quyoshdir, degan xulosa chiqardi. Yeming Quyosh atrofida aylani-
shini birinchi bor o ‘rtaga qo‘ydi. Bu borada olimning «Astronomiya
kalidi», «Qonuni m a’sudiy», «Attafhim» kabi asarlari bebahodir.
Bemniyning yirik asarlaridan biri «А1 osorul boqiya anil qurunil
xoliya» («Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar»)dir. 27 yoshida
yozgan bu asarda alloma o ‘zining hayotiy kuzatuvlari asosida
yunonlar, rimliklar, forslar, sug‘diylar, xorazmiylar, yahudiylar,
arablar va boshqa xalqlaming yilnoma (kalendar) tizimlarini bir-
biriga taqqoslab, ulaming kelib chiqish tarixini tahlil qilib beradi.
Bu asarda yana Turonzamin xalqlarining tarixi, urf-odati va
madaniyatiga oid masalalar ham o ‘z ifodasini topgan.
Bemniyning eng yirik shoh asari «Hindistondir. 13 yil davomida
olib borgan ilmiy-qidiruv ishlari natijasida yozilgan va sakson
bobdan iborat asami olim 1030-yilning 30-aprelidan to 1031-yilning
19-dekabrigacha b o ig a n vaqt mobaynida, ya’ni bir yil-u sakkiz oyda
yozib tamomlagan. Bu asar hindlaming tarixi, fani, urf-odati, o ‘sha
davrdagi ulaming siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy ahvoliga bag‘ishlangan
bebaho asardir. Unda hindlaming qadimgi zamonlardan tortib to
1
Саотов А.
Калбимда бор аламим маним. «Фан ва турмуш» 1992, 9-10-сон 17-бет.
234
VATAN TARIXI
Beruniy yashagan davrgacha b o ‘lgan e ’tiqodlari, modda, tangri, olam,
inson, jon kabilarga b o ‘lgan qarashlar, ulaming dinlari, dinlaming
kelib chiqish tarixi, payg‘ambarlari, aniq fanlar sohasidagi ilmlari,
o ‘lka va shaharlaming chegaralari va ularga oid b o ‘lgan afsona va
tarixlar, yozuv va tillari, she’r va vaznlari kabi masalalar mohirona
bir tarzda bayon etilgan. Bu asami yozish uchun Bemniy juda ko‘plab
tillami, adabiyotlami o ‘rgandi. Jumladan, «Hindiston» asarida
keltirilishicha, vatandoshimiz bir qancha asarlami hind tilidan arab
tiliga, boshqalarini arab tilidan qadimiy hind tili — sanskritga taijima
qiladi. Xullas, Abdusodiq Irisov bergan m a’lumotlarga qaraganda,
Abu Rayhon Bemniy 20 dan ortiq asami hind tilidan arabchaga tarjima
qilgan. U 40 dan ortiq sanskrit tilidagi manbalardan foydalangan.
Bemniyning «Hindiston» asarini 20 yil davomida o ‘rganib, juda
katta ilmiy ishlami amalga oshirgan nemis olimi Edvard Zaxauning
quyidagi so‘zlari g ‘oyatda ibratlidir: «Hindshunoslikda Beruniyga
teng keladigan biror olimning undan oldin ham, keyin ham boiganini
bilmaymiz». Vatandoshimizning hind fani va tarixiga oid o'lm as
asariga hind olimlari ham yuksak baho berganlar. Jumladan, Hamid
Rizo o ‘zining 1944-yilda yozgan «Hindistonning madaniy xizmati»
asarida « 0 ‘rta asr va yangi zamon mualliflaridan hech biri ham
hind madaniyatining chigal masalalarini chuqur ilmiy tushunishda
Abu Rayhon Bemniy erishgan yutuqlarga erisha olmadi. Uning
«Hindiston» asari klassik namuna bo‘lib qolishi bilan birga, o ‘z
muallifining qadimgi hind madaniyati va faniga qilgan tortig‘idan
iboratdir», deydi.
Bemniyning yana bir qimmatbaho asari «Kitobul jam ohir fi-
m a’rifatil javohir» («Qimmatbaho toshlami bilish kitobi»)dir.
Unda olim 0 ‘rta Osiyodagi minerallar, ulaming joylari haqida juda
zamr m a’lumotlami beradi. U lug‘ alloma 0 ‘rta Osiyoda birinchilar
qatorida dorichilik haqida «Kitobus saydalat fit tib» asarini yozdi.
Unda olim mingdan ortiq dorivor moddalami ta’riflagan, ulaming
nomini 30 tilda bergan.
Beruniy o ‘z ona vatani — Xorazm tarixi b o ‘yicha ham
(«Xorazmning ajoyib kishilari») qimmatli asar yozib qoldirgan.
Xullas, buyuk qomusiy olim Bemniyning qalam tebratmagan
sohasining o‘zi yo‘q edi, desak m ubolag‘a boim aydi. Olimning
qaysi bir asarini ko‘zdan kechirmang, ularda albatta she’riy misralar,
etimologik m a’nolar, badiiy o ‘xshatishlami uchratasiz. Xolisona
VII bob. IX -X II asrlarda M ovarounnahr va X orazm da m adaniy hayot
235
fikr yuritganda, Beruniyning ijodiy parvozida sulton Mahmud
G ‘aznaviyning hissasi ham oz emas. Olimning o ‘zi bu to ‘g ‘rida
shunday degan: «Jalolim Mahmud, u mendan hech bir lutfni darig‘
tutmadi. Meni shuhrat va baxtga qovushtirdi. Kamchiliklarimdan
k o Lz yumdi...» Beruniyning ijodi turli-tuman va rang-barangdir.
Uning ijodi bamisoli tengsiz xazina. Bu xazina bizning, xalqimizning
m a’naviy boyligi, milliy iftixorimiz, g'ururimizdir. Uni o ‘rganish va
bilish barchamizning burchimizdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |