Bobur n o m id a g ia n d ijo n davlat universiteti ru stam bek shamsutdinov, shodi k a rim o V


 QORAXONIYLAR  DAVRIDA  IJTIMOIY-SIYOSIY  VA



Download 11,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/253
Sana31.12.2021
Hajmi11,52 Mb.
#219543
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   253
Bog'liq
2 5467894839875994463

4. QORAXONIYLAR  DAVRIDA  IJTIMOIY-SIYOSIY  VA 

IQTISODIY  HAYOT

Qoraxoniylar  hukmronligi  davrida  Movarounnahrda  bir  qator 

ijtimoiy-siyosiy  va  iqtisodiy  o ‘zgarishlar  amalga  oshirildi.  Bu 

o ‘zgarishlar  va  tadbirlar  siyosiy  va  iqtisodiy  hayotning  hamma 

sohalarini  o ‘z ichiga qamrab  olgan edi.  Ular nimalardan iborat?

Birinchidan,  somoniylar  hukmronligi  davrida  vujudga  keltiril- 

gan  markazlashtirilgan  davlat  boshqaruvi  tugatildi.  Qoraxoniylar 

markazlashtirilgan  davlat  boshqaruvi  o ‘miga  mamlakatni  ulus  tizimi 

asosida boshqarishga o ‘tdilar.

Qashg‘ardan  tortib  Amudaryogacha  bo‘lgan  hamma  yerlar  qo­

raxoniylar  xonadonining  shaxsiy  mulki  hisoblanib,  uning  tepasiga 

ulug‘  xon  turdi.  U  ko‘pincha  Qashg‘arda,  onda-sonda  Bolosog‘unda 

bo'lgan.  Qoraxoniylar  xonadonining  boshlig‘i  xuddi  Erondagi  sin- 

gari  «xonlar  xoni»  (shahanshoh),  «Sultonlar  sultoni»  nomi  bilan 

yuritilgan.  Manbalarda  qoraxoniylar  xonadonining  boshlig'i  — 

xonlar  xoni  «tamg‘achxon»  yoki  «tobg‘aehxon»  deb  nomlangan. 

Turklar  Xitoy  imperatorini  ham  shu  nom  bilan  ataganlar.  Xonlar 

xoni  idora  qilayotgan  qoraxoniylar  davlati  bir  necha  boiaklarga, 

qism larga—   udellarga  boiingan.  Bu  udellaming  tepasida  qoraxo­

niylar  xonadonining  avlodlari  vakillaridan  iloqxon  unvonini  olgan 

a’zolari turardi.

Qoraxoniylar  va  saljuqiylar  tarixining  bilimdoni,  X I11  asr 

boshlarida  yashagan  arab  tarixchisi  Ibn  A1  Asir  1043-1044-yillarga 

aloqador  qimmatli  misollami  keltiradi.  Bu  davrda  qoraxoniylar 

davlatini  boshqargan  tom g'achxon  Sharaffuddavla  o ‘ziga  qarashli 

viloyatlaming  hammasini  aka-ukalari,  o ‘g ‘illari  va  qarindosh- 

urug‘lariga  b o iib   bergan.  Jumladan,  ukasi  Arslontakinga  k o ‘pchilik 

turk  shaharlarini,  ikkinchi  ukasi  B o 'g iax o n g a  Torozni,  Islijobni 

amakisi  T o‘g ‘onxonga  Farg‘onaning  hammasini  bergan.  CTziga  esa 

faqat Qashg‘ar bilan  Bolosog‘unni  qoldirgan,  xolos.

Markaziy  xonlar  xoni  bilan  iloqxonlar  o ‘rtasida  aloqa  mustah- 

kam  boim agan.  Iloqxonlar  bir-birlari  bilan  doimo  dushmanlik  kay- 

fiyatida  yashaganlar  va  har  biri  o ‘zicha  mustaqil  b o iish g a  intilgan. 

Somoniylar  inqiroziga  qadar  qoraxoniylar  davlatining  markazi 

Bolosog‘un  bo ig an .  XI asrda  esa  tom g‘achxonlar  ko‘pincha  Qash- 

g ‘arda  turganlar.  0 ‘zgan  (hozirgi  Q irg‘ziston  hududida)  shahri  ham 

bir vaqtlar qoraxoniylar davlatining markazi vazifasini  bajargan.

Tom g‘achxonlar mis tanga pullar zarb  qilganlar.




VI  bob.  M ovarounnahr va X urosonda m ustaqil  davlatlarning tashkil topishi 

187


Ulus  xonliklar  orasida  Movarounnahming  ahamiyati  katta  edi. 

Movarounnahming iloqxoni  Samarqandda yashagan.

Ikkinchidan,  yozma  manbalarda  uluslami  —   iloqxonlami  bosh- 

qarish tartiblari  tasvirlangan.  Idora  ishlarini  tashkil  etishda qoraxoniy 

iloqxonlarga  somoniylar  hukmronligi  davridagi  fuqaro  amaldorlari 

b o ‘lib  ishlagan  shaxslar  yordam  berganlar.  Qoraxoniylar  ulami 

taqib  qilmadilar.  Somoniylar  davrida  idora  etish  tartib-qoidalarining 

ko‘pchiligi  qoraxoniylar  davrida  ham  saqlanib  qolindi.  Iloqxonlar 

qoshida  vazirlar,  sohibberdilar,  mustafiylar  b o ‘lgan.  Shaharlarda 

hokimlar,  raislar,  muxtasiblar  somoniylar  davridagidek  tartibda  edi. 

Qoraxoniylar  ruhoniylar  bilan  tezda  umumiy  til  topdilar.  Imomlar, 

saidlar,  shayxlar,  sadrlar  bu  davrda  har  qachongiga  qaraganda  ham 

katta obro‘-  e ’tiborga ega bo‘ldilar.

Uchinchidan,  qoraxoniylar  hukmronligi  davrida  o ‘troq  dehqon 

aholisi  o ‘rtasida  yer  egaligi  munosabatlarining  rivoj lanish  jarayoni 

ancha tez  sur’atlar bilan borganligi,  sinfiy tabaqalanish kuchayganligi 

ko‘zga tashlanadi.

Aholini  to ‘rtta  toifasi:  boylar,  o ‘rtahollar,  chig‘aylar  (kam- 

bag‘allar),  shuningdek,  mulksizlar  —   qora  avom  (budun)  aniq 

belgilar  kasb  etadi.  Chorikorlar  sifatida  feodallar  yerlarida  ishlagan 

yersiz  va  kam  yerli  dehqonlar  —   «akkarlar»  o ‘troq  dehqonlar 

ommasini  tashkil  etardi.  Akkar  yemi  ijaraga  olganda  hosilning  bir 

qismini  davlatga,  boshqa  qismini  yer 

egasiga  berishi,  qolganini  o ‘zi  olishi 

kerak edi.

Qoraxoniylar  davrida  aholi  deh­

qonchilik,  hunarmandchilik  chorva- 

chilik,  ovchilik  va  savdo-sotiq  bilan 

shug‘ullangan.  K o‘chmanchi  chorva- 

dorlar  oilasidan  chiqqan  qoraxoniylar 

xonadoni  a’zolari  bilan  mahalliy  o ‘t- 

roq  xalq  orasidagi  munosabatlar  juda 

e ’tiborlidir.  Bu  borada  Yusuf  Xos 

Hojib  Bolosog‘uniyning  1069-yilda 

yozgan  «Qutadg‘u  bilig»  («Qutga, 

ya’ni 


baxt-saodatga 

erishtimvchi 

bilim»)  asari  bizga  juda  k o ‘p  mu- 

ammolami  yechib  beradi.  Yusuf  Xos 

Hojib 

Bolosog‘un  va 



Qashg‘arda 

b o ‘ladi,  xon  saroylarida  yashab,  saroy




188

VA TA N   T A R IX I

muhiti  bilan  tanishadi.  Tom g‘ach  xonlardan  biriga  bag‘ishlangan  bu 

asarda  u  ijtimoiy  hayotning  o ‘troqlik  va  k o ‘chmanchilik  tartibiga 

baho  berishda  hech  ikkilanmasdan  ijobiy  fikr  yuritadi.  Yusuf  Xos 

Hojib  fikricha  feodal jamiyatning  asosiy  kuchlari  bo‘lgan  dehqonlar, 

hunarmand-kosiblar,  olim-u  donolar  va  savdogarlar  ko‘chmanchi 

chorvadorlarga nisbatan jamiyat uchun  foydaliroqdir.  Shu munosabat 

bilan  u  o ‘zining  didaktik  asarida  Tom g‘achxonga  murojaat  qilib, 

ularga qanday munosabatda b o iish  kerakligini bildiradi.

Qoraxoniylar  davlatida  butun  siyosiy  tizim  g ‘oyat  ulkan  yer 

fondi  hisobidan  yashagan.  Bu  yer  fondi  bir necha  turlarga b o ‘lingan:

1.  Sulton  yerlari.  Bu  yerlar  davlat  xazinasiga  tushadigan  asosiy 

soliq  tushumlari  va  iqta  taqsimoti  fondining  manbayi  hisoblangan. 

Qoraxoniylar  davrida  iqtani  meros  qilib  o ‘tkazish  tez-tez  uchrab 

turgan.  2.  V aqf  yerlari,  qoraxoniylar  hukmronligi  davrida  islom 

dinining  o ‘mi  va  ahamiyati  oshdi,  u  davlat  dini  darajasiga k o ‘tarildi. 

Hatto  olib  boriladigan  urushlar  g ‘azovot  shiori  ostida  uyushtirilgan. 

Ruhoniylar  o ‘zlarining  davlat  oldidagi  bu  xizmatlari  evaziga  katta- 

katta yerlar va mulklar olar edilar.  Bunday turli  xildagi  qo‘zg‘aluvchi 

va qo‘zg ‘almas mulkni masjid va madrasalarga vasiyat qilib qoldirish 

tartibi keng tarqalgan.  Bu vaqf yerlari deb  atalardi.

Qoraxoniylar  va  saljuqiylar  istilosi  tufayli  Movarounnahr  va 

Eronga juda  ko‘plab  ko‘chmanchi  turk  qabilalari  kelib  joylashdilar. 

Ulaming  ko‘pchiligi  o ‘troqlasha  boshladilar  va  o ‘troq  mehnatga 

ko ‘chdilar.  Ammo  qoraxoniylaming  qo‘shin  boshliqlari  o ‘troq 

turmush  sharoitiga  o ‘tishni  o ‘zlari  uchun  zarar  deb  topmadilar. 

Chunki,  ulaming juda  ko‘p  poda  mollari  va  yaylovlari  bor  edi.  Ular 

iloq xonlarga zamr b o ig a n  hollardagina  shaharga tushar va xizmatni 

ado  etardilar.

Qoraxoniy  hukmdorlar  aholidan  olinadigan  iqta  toiov in i 

olish  uchun  doimiy  suratda  shaharda-qo‘rg ‘onda  bo iishlari  shart 

emas  edi.  K o‘chmanchi  —   iqtador  o ‘z  ko‘chmanchilik  hayotini 

bemalol  tinchgina  davom  ettirishi  va  o ‘ziga  qarashli  qishloq  yoki 

qishloqlardan keladigan  foydalami  yilning m a iu m  bir muddatida o ‘z 

vaqtida  olib  turishi  mumkin  edi.  Bunday  to io v lar  bug‘doy,  paxta, 

uzum,  qumq,  meva,  mato,  pul  shaklida  bo iardi.  Ammo  bundan  XI 

asrda turklar hukmronligidan  so‘ng yirik shaxsiy yer egaligi tugatildi, 

deb  o ‘ylamaslik  lozim.  Iqta  faqat  yer  egalaridan  daromad  olishning 

asosiy  shakli  edi,  xolos.  Iqtani  faqat  turk  harbiy  boshliqlariga 

berilgan,  deb  o ‘ylash  ham  xatodir.  Iqtador  b o iish   har  bir  yirik 

zodagon yoki hokim tomonidan amalga oshirilishi mumkin edi.




VI  bob.  M ovarounnahr va X urosonda m ustaqil  davlatlarning tashkil topishi 

189


Iqta  o ‘zgarmas,  qotib  qolgan  shakl  bo‘lmagan.  Yer  egaligining 

boshqa  shakllari  evolyutsion  o ‘zgarishni  o‘z  boshlaridan  kechirgan- 

liklari  singari,  iqta  ham  xuddi  shunday  evolyutsion  o ‘zgarishni  o ‘z 

boshidan  kechirdi.  Jumladan,  iqta  keyinchalik vaqtinchalik in’omdan 

muddatsiz  in’omga, muddatsiz in ’omdan merosga aylana bordi.

Shunday  qilib,  somoniylar,  undan  so‘ng  esa  qoraxoniylar 

hukmronligi davrida feodal yer mulkchiligining eski  shakli qoldiqlari 

bilan bir qatorda  yer  egaligining  yangi  shakllari  ham paydo b o id i  va 

tez  rivojlandi.  Bu  yangi  shakl  XI  asrda jamiyatda  hukmron  mavqega 

ega b oidil.




Download 11,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish