VI B O B
MOVAROUNNAHR VA XUROSONDA MUSTAQIL
DAVLATLARNING TASHKIL TOPISHI
1. TOHIRIYLAR VA SOMONIYLAR DAVLATLARI
IX asrda 0 ‘rta Osiyo hududida hali ham arablar hukmronligi
davom etardi. Ammo erk va hurlik singari oliyjanob tarixiy an’a-
nalarga sodiq bo‘lgan avlod-ajdodlarimiz arab bosqinchilariga
qarshi kurashni bir daqiqa bo‘lsada to‘xtai:madilar va mustaqil
markazlashgan davlat barpo qilishga intildilar. Bu harakat arab
istilochilarini har doim tahlika va qo‘rquv ostida saqlab turdi. Ular
joylardagi, hatto o ‘zlaridan chiqqan hukmdorlarga ham shubha bilan
qarar va ishonmas edilar.
Xolid ibn B arm oq — Barmoqiylar misolida buni ko‘rib ishonch
hosil qilamiz. Barmoqiylar Xuroson va Movarounnahmi idora
qilish bilangina cheklanib qolmadilar. Ularning ta’siri markaziy
arab xalifaligida ham kuchli bo'lgan. Abbosiylar hukmronlik
qilgan davrda qariyb ellik yil mobaynida davlatni idora qilishning
m as’ul lavozimlari Balxdan chiqqan barmoqiylaming qo‘lida
bo‘lgan. Abbosiylar bunday m as’uliyatli lavozimlami barmoqiylar
qo‘liga berishga majbur bo‘lsalarda, biroq ulaming faollashib
borayotganligidan qo‘rqar edilar. 786-809-yillarda xalifalik qilgan
Xorun Ar-Rashidning barmoqiylar xonadoniga qaqshatqich zarba
berganligini shu m a’noda tushunsa bo iad i. U hatto o ‘ziga yaqin
b o ig a n qishloqlar aholisini ham qirib tashlagan. Hokimiyat tepasiga
barmoqiylar o ‘miga Tohiriylar keladi. Tohiriylar Xurosonning yirik
oqsuyak yer egalaridan b o iib , bu sulolaning asoschisi Tohir ibn
Husayn edi. Bu sulola asli Hirot viloyatining Bushang shahridan edi.
Tohir 8 0 9 -8 13-yillarda Xomn ar-Rashidning o ‘g ‘illari M a’mun bilan
Amin o ‘rtasidagi b o ig a n kurashda M a’mun tomonida b o id i, unga
B ag‘dodni va xalifalik taxtini egallashda yordam berdi.
M a’mun 813-yilda xalifalik taxtiga o ‘tirgach, Tohir ibn Husayn
katta hurmat va e ’tiborga loyiq nufuzli kishi b o iib qoldi. 821-yilda
u Xurosonning noibi etib tayinlandi. Movarounnahr ham Xuroson
noibligi tarkibiga kirardi. Uning qarorgohi Nishopurda edi. Tohir o‘z
q o i ostidagi keng viloyatlami mustaqil davlatga aylantirish uchun
166
VATAN TARIXI
ochiqdan ochiq harakat qildi. U noiblikka tayinlangan kundan bir yil
o ‘tar-o‘tmas, jom e masjidida jum a namozida o ‘qiladigan xutbadan
xalifa nomini chiqarib tashlashga buyruq berdi. Bu o ‘sha davr
uchun xalifaga qarshi ko‘tarilgan isyon bilan teng edi. Bu voqeadan
ko‘p vaqt o ‘tmay Tohir ibn Husayn to‘satdan vafot etdi. Shundan
keyin Tohiming har bir qadamini kuzatib yurgan xalifa uni zaharlab
o ‘ldirgan degan gap tarqaldi. Xalifa bunday mayda-chuyda gaplarga
asos qoldirmaslik maqsadida Xuroson noibligi taxtiga Tohir ibn
Husaynning og‘illari Talxa va Abulabbos Abdullohni navbat bilan
qo‘ydi va Tohiriylar nasliy sulolasiga asos soldi. Abulabbos Abdulloh
noibligi davrida (830-844) xalifaga rasman qaram — vassal bo‘lsa-
da, amalda mustaqil davlatga aylanib, poytaxtni Marvdan Nishopurga
k o ‘chirdi. Buning eng asosiy sababchisi xalifalik hukmronligini xavf
ostida qoldirgan va tez-tez ko‘tarilib turadigan xalq qo‘zg‘olonlari edi.
Ana shunday qo‘zg‘olonlardan biri 806-yilda bo'lgandi. Xalifalikni
zirqiratgan bu qo‘zg ‘olon Nasaf, Buxoro, Usrushon, Shosh, Xorazm
va boshqa hududlami qamrab oldi. Q o‘zg‘olonga isyonkor arab
lashkarboshisi Rofe ibn Lays boshchilik qildi. Q o‘zg‘olon Muqanna
an’analarini davom ettirdi. Bu harakat, ayniqsa, Shosh shahrida kuchli
tus oldi. Chunki bu yerda VIII asrning 80-yillarida yengilgan Muqanna
muxlislari ko‘proq yashiringan edilar. Q o‘zg‘olonni har galgidek
turklar yana qo‘llab-quvvatladilar. Q o‘zg ‘olonchilar Samarqandni
egalladilar. Xalifa M a’mun bu harakatning xalifat uchun o ‘ta xavfli
ekanligidan tashvishda edi va uni bostirish uchun turli vositalami ishga
soldi. Nihoyat qo‘zg‘olon 810-yilda bostirildi. Uni bostirishda Somon
ibn Asad faol qatnashdi. Bu ishda Somonxudodning nabiralari —
Asadning o ‘g ‘illari Nuh, Ahmad, Yahyo va Ilyoslar katta hissa
qo‘shdilar. Ular aslida Balx viloyatining Somon qishlog‘i oqsoqoli
Somonxudotning avlodlari bo‘lganlar. Somon ibn Asad va farzandlari
xizmatlari evaziga xalifa M a’mun Nuh ibn Asadni Samarqandga,
Ahmad ibn Asadni Farg‘onaga, Yahyoni Shosh va Usturshonaga,
Ilyosni Hirotga noib etib tayinladi. Bu voqea 819-821-yillarda ro ‘y
beradi. Ana shu tariqa Movarounnahrda somoniylar sulolasi qaror
topdi. Albatta bu yerda Tohiming Somon ibn Asad o ‘g ‘illarini yaxshi
bilganligi va ularga xayrixohligi ham katta ro ‘l o ‘ynagan. Somon
hali Marvda noib bo‘lib turgan paytida Tohir ibn Husayn va xalifa
M a’munning diqqatini o ‘ziga tortgan edi. Somon M a’munning
ta ’sirida otashparastlik dinidan chiqib, islom dinini qabul qilgan.
Aniq bo'lm agan m a’lumotlarga qaraganda aka-uka Somoniy-
laming, xususan Ahmad ibn Asadning ahvoli og‘irlashib qoladi.
VI bob. M ovarounnahr va X urosonda m ustaqil davlatlarning tashkil topishi
167
Farg‘ona va Usturshonada xalifalikka qarshi qo‘zg‘olon ko‘tarilib,
Ahmad o ‘z noibligini tashlab ketadi. Q o‘zg‘olonni Tohiming
o ‘g i i Talxa bostirgach Ahmad Farg‘onaga qaytadi va bu yerda
uzoq vaqt hokimlik qiladi. Nuh Samarqandda 819-820-yildan
841-842-yilgacha, Ahmad Farg‘onada 819-820-yildan 864—865-yil-
gacha, Yahyo Shosh va Usturshonada 819-820-yildan 855-856-yil-
gacha noiblik qiladilar. Noiblik alohida xizmatlari uchun in ’om —
mukofot tariqasida berilgan. Mansab bilan bir qatorda foydalanish
uchun yer-mulklar ham hadya qilingan. Somoniylar ikkinchi darajali
noiblar boiganliklaridan ularga mis tangalar (falsalar), tohiriylarga
esa ayni zamonda kumush tangalar (dirham) zarb qilishga ham
ruxsat berilgan. Somoniylarga in ’om qilingan yerlaming naqadar boy
boiganligini IX asrdagi mashhur arab geografi Ibn Hurdodbekning
viloyatlaming soliq miqdori to‘g ‘risidagi m a’lumotlaridan bilsak ham
b o ‘ladi. Uning yozishicha, butun Sug‘d hududi xalifalik xazinasiga
tohiriylar orqali 326 ming muhammadiy dirhamdan to ‘lab turgan.
Farg‘ona Ahmad ibn Asad orqali 280 ming, Yahyo ibn Asad orqali
Shosh — 607 ming, Usturshona — 50 ming dirhamdan to ‘lagan.
Iqtisodiy yuksalish harbiy qudratni ham belgilagan. Movarounnahrda
600 ming suvoriy vapiyoda qo‘shin bo‘lgan. Hozirgi 0 ‘zbekistonning
shimoliy chegaralariga yaqin viloyatlarda asosan ko‘chmanchi turk
qabilalari yashaganlar. Sirdaryoning o ‘rta va quyi oqimlarida ulaming
shaharlari ko‘p bo‘lgan.
K o‘chmanchi turkiy qabilalar Movarounnahr vohalarida sug‘-
diylar, farg‘onaliklar, xorazmliklar va boshqalar bilan birga umumiy
hayot kechirardilar.
IX asming birinchi yarmidan e ’tiboran turkiy-o‘g ‘uzlar Mo-
varounnahming o ‘troq va madaniy hayot kechirayotgan vo-
hasi xalqlariga hujumlar uyushtirib, ulami tez-tez bezovta qila
boshlaganlar. Shu boisdan ham Abdulla ibn Tohir X asming 30-
yillarida turk-o‘g ‘uzlardan himoyalanish uchun Farobod (Qizil
Arvotga yaqin) va Dohiston (Mashhadi Misriyon)da mustahkam
ravotlar qurdirgan, hatto o ‘z o ‘g ‘li Tohimi qo‘shinga bosh qilib,
turk-o‘g ‘uzlarga qarshi jang qilish uchun urushga yuborgan. Bunday
istehkom devorlari Buxoroda (Kampir devor nomi bilan hozirgacha
mashhur), Samarqandda (Qiyomat devor deb ataladi) va boshqa
joylarda ham qurilgan.
K o‘chmanchi turk qabilalari IX asming birinchi yarmida
Yahyo ibn Asad hokimlik qiluvchi Shosh (Chosh)ga tez-tez
hujumlar uyushtirganlar. Yahyoning iltimosiga binoan va uning
168
VATAN TARIXI
ishtirokida akasi Nuh ibn Asad 840-yilda Isfijobning turk hokimiga
qarshi yurish qildi va tarixiy g'alabaga erishdi. U Isfijobda ulkan
va mustahkam mudofaa devori qurdirgan. Nuh ibn Asad 841-yilda
vafot etdi. Manbalaming guvohlik berishicha, Samarqand viloyatini
bir vaqtlar aka-uka Ahmad va Yahyo birgalikda idora qilganlar.
855-yilda Ahmadning o ‘g ‘li Nasr ibn Ahmad Samarqand noibligiga
tayinlanadi. Bu hoi Movarounnahrda Ahmad ibn Asad nufuzining
oshuviga olib keladi. 856-yilda Yahyo ham vafot etdi. Ahmad endi
Shosh va Usrushon noibligini ham o ‘z qo‘liga oladi va bu viloyatlami
o ‘g ‘li Yoqub ibn Ahmadga beradi.
Ana shu tariqa IX asrning o ‘rtalariga kelganda Buxoro, Qash-
qadaryo viloyatlari va Chag'anrud (hozirgi Surxondaryo) vo-
diylaridan boshqa Movarounnahming barcha hududi Ahmad va uning
o ‘g ‘illari ta ’siri doirasiga kirdi. Bu ishga Tohir ibn Abdulla (844
862) qarshilik qilmadi. Chunki endi somoniylar ustidan ilgarigidek
ota-bobosi singari hukmronlik qila olmasligini yaxshi bilardi. Sababi,
tohiriylar sulolasi borgan sayin inqiroz sari yuz tutmoqda edi.
IX asming 60-yillaridan e ’tiboran tohiriy hukmdorlarga qarshi
xalq harakatlari kuchaydi. Bu harakatga g ‘oziylar boshchilik qildilar.
(«G ‘oziylar» asosan k o ‘chmanchi qabilalar hujumini bartaraf qilish
maqsadida kambag‘al hunarmandlar va yersiz ziroatchilardan tashkil
topgan qurolli qo‘shin.) G ‘oziylar harakatini aka-uka Yoqub va Amr
binni Lays boshqardilar. Ular dastlab Seistonda hokimiyatni qo‘lga
olgach, 873-yilda tohiriylaming qo‘shinlariga katta zarba berib,
Xuroson poytaxti Nishopumi egalladilar. Shu davrdan e ’tiboran
tohiriylar sulolasi barham topdi va Xurosonda hokimiyat Safforiylar
qo‘liga o ‘tib ketdi. Rasmiy suratda Xuroson va Movarounnahr ustidan
hukmronlik qilib turgan tohiriylar sulolasining inqirozga uchraganligi
Movarounnahrdagi mahalliy hokimlaming o ‘lkani to ‘la mustaqilligini
ta ’minlash sari harakatlari uchun qulay imkoniyatlar yaratib berdi.
Endi bu davrda somoniylar siyosiy kurash maydonida erkin harakat
qila boshladilar va ular Movarounnahrda markazlashgan bir butun
davlat barpo qilishga kirishdilar. Birlashtirish g ‘oyasini shaharlik-
lar ham, dehqonlar ham qoilab-quvvatladilar. Chunki birlashgan
va markazlashgan yagona va qudratli davlatgina ko ‘chmanchi
qabilalaming hujumini daf qila olishi mumkinligini ular yaxshi bilar
edilar. Markazlashgan yagona va qudratli davlat kuchli harbiy kuch
yaratish imkoniyatini berardi.
864-865-yilda Ahmad ibn Asad vafot etdi. Taxtga uning o ‘g ‘li
Nasr ibn Ahmad (865-892) o ‘tirdi. Nasr oldida ikkita muhim vazifa
VI bob. M ovarounnahr va X urosonda m ustaqil davlatlarning tashkil topishi
169
turardi. Birinchisi ko‘chmanchi qabilalaming hujumini zaiflashtirish
b o ‘lsa, ikkinchisi Buxoro, Naqshob va Kesh hududlarini qo‘shib
olishdan iborat edi. Nasr birinchi maqsadni amalga oshirish niyatida
Turkiston shahri yaqinidagi Shovgar shahriga yurish uyushtirdi va
qo‘shinga o ‘zi boshchilik qildi.
Nasr o ‘zining ikkinchi maqsadini amalga oshirish uchun Buxoroni
egallashga kirishdi. Buxoroni 874-yilda so‘nggi tohiriy Muhammad
ibn Tohiming ukasi Husayn ibn Tohir qo‘lga kiritdi. Husayn Buxoroga
Xorazm qo‘shinlariga bosh b o iib keldi va aholini ayovsiz taladi.
U o ‘zini Buxoro hokimi deb e io n qildi. Ammo hokimligi uzoqqa
cho‘zilmasligini o ‘zi ham payqagan Husayn ibn Tohir aholidan ko‘p-
roq o ip o n lar to ‘plashga shoshildi. To‘plangan oip o n lar past qiymatli
dirhamlardan iborat b oiganligi uchun ulami kumush tangalarga
almashtirishni buyurdi. Bu esa aholining g ‘azabini qo‘zg‘atdi, xalq
qo‘zg‘olon ko‘tarib, Husayn saroyini egallab oldi va uni taladi. Shahar
jamoasining yuqori tabaqalari Samarqandga — Nasr ibn Ahmadga o‘z
vakillarini yubordilar va somoniylar xonadonidan biror kishini hokim
qilib jo ‘natishni iltimos qildilar. Bu taklif albatta, Nasmi xursand qildi
va u o ‘z ukasi Ismoil ibn Ahmadni Buxoroga hokim qilib jo ‘natdi.
Ismoil Somoniy 849-yilda Farg‘onada tavallud topgan. 14 yoshida
otasi vafot etib, akasi Nasr q o iid a qolgan. Ismoil Somoniy o ‘z
hokimligining (874-907) dastlabki davrlarida katta qiyinchiliklarga
duch keladi. Chunki xalq ommasi somoniy noiblaridan shu paytgacha
biror-bir yaxshilik k o ‘rgan emasdi. Ismoildan ham albatta yaxshilik
kutish uchun hech qanday asos y o ‘q edi. 875-yilda Ismoil o ‘zining
ikkinchi marta Buxoroga kelishida y o id a xalqning notinch ekanligini
o ‘z ko‘zi bilan ko‘rdi. Tarixchi Narshaxiyning yozishicha, Barket bilan
Romiton o ‘rtasida 4 ming dehqon qo‘zg‘olon ko‘tarib chiqdi. Ho
kim sifatida Ismoilning dastlabki ko‘rgan tadbiri dehqon oqsuyaklari
va lashkarboshilariga suyanib, xalq qo‘zg‘olonini bostirishdan iborat
b o id i.
0 ‘zini butun boshli Movarounnahr hokimi deb hisoblagan Nasr
ibn Ahmad kumush tangalar zarb qila boshladi. 886-887-yili Nasr
tomonidan Samarqandda zarb qildirilgan somoniylaming eng birinchi
kumush dirhamlarining namunasi 0 ‘zbekiston tarixi muzeyida
saqlanmoqda. Nasr ibn Ahmad o ‘z ukasi Ismoilni o ‘ziga tobe noib
deb hisoblar va istagan paytda uni almashtirish mumkin deb o ‘ylardi.
Ammo Ismoil akasiga b o ‘ysunishni ochiqdan ochiq xohlamagan
va Buxoroning mustaqil b oiish ig a harakat qilgan. Bu harakat
Ismoilning turli bahonalar bilan Samarqandga soliq va oiponlar
170
VATAN TARIXI
to iash d an bosh tortganligida yaqqol k o ‘zga tashlanadi. Ikki aka-uka
o ‘rtasida 888-yilda kuchayib ketgan dushmanlik urush boshlanishiga
sabab bo ‘ldi. Bu urushda Nasr batamom m agiubiyatga uchradi va
Ismoil butun Movarounnahmi boshqarishni o ‘z q o iig a oldi. Nasr
somoniylar xonadonining b o sh lig i sifatida hurmatga loyiq b o isa -
da, unda hech qanday hokimiyat y o ‘q edi. U to ‘rt yil Samarqandda
yashab 893-yilda vafot etdi. Manbalar tili bilan aytganda, Ismoil
Somoniy «aqlli, adolatli, shafqatli, fikr va tadbir egasi» edi. U
892-yilda butun Movarounnahr hukmini o ‘z q o iig a olishga erishib,
«haqiqatan ham podsholikka loyiq va haqli ekanligini» isbotladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |