Bobur n o m id a g ia n d ijo n davlat universiteti ru stam bek shamsutdinov, shodi k a rim o V


VI  B O B   MOVAROUNNAHR  VA  XUROSONDA  MUSTAQIL



Download 11,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/253
Sana31.12.2021
Hajmi11,52 Mb.
#219543
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   253
Bog'liq
2 5467894839875994463

VI  B O B  

MOVAROUNNAHR  VA  XUROSONDA  MUSTAQIL 

DAVLATLARNING  TASHKIL  TOPISHI

1.  TOHIRIYLAR  VA  SOMONIYLAR  DAVLATLARI

IX  asrda  0 ‘rta  Osiyo  hududida  hali  ham  arablar  hukmronligi 

davom  etardi.  Ammo  erk  va  hurlik  singari  oliyjanob  tarixiy  an’a- 

nalarga  sodiq  bo‘lgan  avlod-ajdodlarimiz  arab  bosqinchilariga 

qarshi  kurashni  bir  daqiqa  bo‘lsada  to‘xtai:madilar  va  mustaqil 

markazlashgan  davlat  barpo  qilishga  intildilar.  Bu  harakat  arab 

istilochilarini  har  doim  tahlika  va  qo‘rquv  ostida  saqlab  turdi.  Ular 

joylardagi,  hatto  o ‘zlaridan  chiqqan  hukmdorlarga  ham  shubha  bilan 

qarar va ishonmas edilar.

Xolid  ibn B arm oq —  Barmoqiylar misolida buni ko‘rib  ishonch 

hosil  qilamiz.  Barmoqiylar  Xuroson  va  Movarounnahmi  idora 

qilish  bilangina  cheklanib  qolmadilar.  Ularning  ta’siri  markaziy 

arab  xalifaligida  ham  kuchli  bo'lgan.  Abbosiylar  hukmronlik 

qilgan  davrda  qariyb  ellik  yil  mobaynida  davlatni  idora  qilishning 

m as’ul  lavozimlari  Balxdan  chiqqan  barmoqiylaming  qo‘lida 

bo‘lgan.  Abbosiylar  bunday  m as’uliyatli  lavozimlami  barmoqiylar 

qo‘liga  berishga  majbur  bo‘lsalarda,  biroq  ulaming  faollashib 

borayotganligidan  qo‘rqar  edilar.  786-809-yillarda  xalifalik  qilgan 

Xorun  Ar-Rashidning  barmoqiylar  xonadoniga  qaqshatqich  zarba 

berganligini  shu  m a’noda  tushunsa  bo iad i.  U  hatto  o ‘ziga  yaqin 

b o ig a n   qishloqlar  aholisini  ham  qirib  tashlagan.  Hokimiyat  tepasiga 

barmoqiylar  o ‘miga  Tohiriylar  keladi.  Tohiriylar  Xurosonning  yirik 

oqsuyak  yer  egalaridan  b o iib ,  bu  sulolaning  asoschisi  Tohir  ibn 

Husayn  edi.  Bu  sulola  asli  Hirot viloyatining  Bushang  shahridan  edi. 

Tohir 8 0 9 -8 13-yillarda Xomn ar-Rashidning o ‘g ‘illari M a’mun bilan 

Amin  o ‘rtasidagi  b o ig a n   kurashda  M a’mun  tomonida  b o id i,  unga 

B ag‘dodni va xalifalik taxtini  egallashda yordam berdi.

M a’mun  813-yilda  xalifalik  taxtiga  o ‘tirgach,  Tohir  ibn  Husayn 

katta  hurmat  va  e ’tiborga  loyiq  nufuzli  kishi  b o iib   qoldi.  821-yilda 

u  Xurosonning  noibi  etib  tayinlandi.  Movarounnahr  ham  Xuroson 

noibligi tarkibiga kirardi.  Uning  qarorgohi Nishopurda  edi.  Tohir o‘z 

q o i  ostidagi  keng  viloyatlami  mustaqil  davlatga  aylantirish  uchun




166

VATAN  TARIXI

ochiqdan  ochiq  harakat  qildi.  U  noiblikka  tayinlangan  kundan  bir yil 

o ‘tar-o‘tmas,  jom e  masjidida  jum a  namozida  o ‘qiladigan  xutbadan 

xalifa  nomini  chiqarib  tashlashga  buyruq  berdi.  Bu  o ‘sha  davr 

uchun  xalifaga  qarshi  ko‘tarilgan  isyon  bilan  teng  edi.  Bu  voqeadan 

ko‘p  vaqt  o ‘tmay  Tohir  ibn  Husayn  to‘satdan  vafot  etdi.  Shundan 

keyin  Tohiming  har  bir  qadamini  kuzatib  yurgan  xalifa  uni  zaharlab 

o ‘ldirgan  degan  gap  tarqaldi.  Xalifa  bunday  mayda-chuyda  gaplarga 

asos  qoldirmaslik  maqsadida  Xuroson  noibligi  taxtiga  Tohir  ibn 

Husaynning  og‘illari  Talxa  va  Abulabbos  Abdullohni  navbat  bilan 

qo‘ydi va Tohiriylar nasliy sulolasiga asos soldi. Abulabbos Abdulloh 

noibligi  davrida  (830-844)  xalifaga  rasman  qaram  —   vassal  bo‘lsa- 

da,  amalda mustaqil davlatga aylanib, poytaxtni Marvdan Nishopurga 

k o ‘chirdi.  Buning  eng  asosiy  sababchisi  xalifalik  hukmronligini  xavf 

ostida qoldirgan va tez-tez ko‘tarilib turadigan xalq qo‘zg‘olonlari edi. 

Ana  shunday  qo‘zg‘olonlardan  biri  806-yilda  bo'lgandi.  Xalifalikni 

zirqiratgan  bu  qo‘zg ‘olon  Nasaf,  Buxoro,  Usrushon,  Shosh,  Xorazm 

va  boshqa  hududlami  qamrab  oldi.  Q o‘zg‘olonga  isyonkor  arab 

lashkarboshisi  Rofe  ibn  Lays  boshchilik  qildi.  Q o‘zg‘olon  Muqanna 

an’analarini davom ettirdi.  Bu harakat, ayniqsa,  Shosh shahrida kuchli 

tus oldi. Chunki bu yerda VIII asrning 80-yillarida yengilgan Muqanna 

muxlislari  ko‘proq  yashiringan  edilar.  Q o‘zg‘olonni  har  galgidek 

turklar  yana  qo‘llab-quvvatladilar.  Q o‘zg ‘olonchilar  Samarqandni 

egalladilar.  Xalifa  M a’mun  bu  harakatning  xalifat  uchun  o ‘ta  xavfli 

ekanligidan tashvishda edi va uni bostirish uchun turli vositalami ishga 

soldi. Nihoyat qo‘zg‘olon 810-yilda bostirildi.  Uni bostirishda  Somon 

ibn  Asad  faol  qatnashdi.  Bu  ishda  Somonxudodning  nabiralari —  

Asadning  o ‘g ‘illari  Nuh,  Ahmad,  Yahyo  va  Ilyoslar  katta  hissa 

qo‘shdilar.  Ular  aslida  Balx  viloyatining  Somon  qishlog‘i  oqsoqoli 

Somonxudotning avlodlari bo‘lganlar.  Somon ibn Asad va farzandlari 

xizmatlari  evaziga  xalifa  M a’mun  Nuh  ibn  Asadni  Samarqandga, 

Ahmad  ibn  Asadni  Farg‘onaga,  Yahyoni  Shosh  va  Usturshonaga, 

Ilyosni  Hirotga  noib  etib  tayinladi.  Bu  voqea  819-821-yillarda  ro ‘y 

beradi.  Ana  shu  tariqa  Movarounnahrda  somoniylar  sulolasi  qaror 

topdi.  Albatta bu yerda Tohiming  Somon  ibn  Asad o ‘g ‘illarini yaxshi 

bilganligi  va  ularga  xayrixohligi  ham  katta  ro ‘l  o ‘ynagan.  Somon 

hali  Marvda  noib  bo‘lib  turgan  paytida  Tohir  ibn  Husayn  va  xalifa 

M a’munning  diqqatini  o ‘ziga  tortgan  edi.  Somon  M a’munning 

ta ’sirida  otashparastlik dinidan chiqib,  islom dinini  qabul qilgan.

Aniq  bo'lm agan  m a’lumotlarga  qaraganda  aka-uka  Somoniy- 

laming,  xususan  Ahmad  ibn  Asadning  ahvoli  og‘irlashib  qoladi.




VI  bob.  M ovarounnahr va X urosonda m ustaqil  davlatlarning tashkil topishi 

167


Farg‘ona  va  Usturshonada  xalifalikka  qarshi  qo‘zg‘olon  ko‘tarilib, 

Ahmad  o ‘z  noibligini  tashlab  ketadi.  Q o‘zg‘olonni  Tohiming 

o ‘g i i   Talxa  bostirgach  Ahmad  Farg‘onaga  qaytadi  va  bu  yerda 

uzoq  vaqt  hokimlik  qiladi.  Nuh  Samarqandda  819-820-yildan 

841-842-yilgacha,  Ahmad  Farg‘onada  819-820-yildan  864—865-yil- 

gacha,  Yahyo  Shosh  va  Usturshonada  819-820-yildan  855-856-yil- 

gacha  noiblik  qiladilar.  Noiblik  alohida  xizmatlari  uchun  in ’om  — 

mukofot  tariqasida  berilgan.  Mansab  bilan  bir  qatorda  foydalanish 

uchun  yer-mulklar  ham  hadya  qilingan.  Somoniylar  ikkinchi  darajali 

noiblar  boiganliklaridan  ularga  mis  tangalar  (falsalar),  tohiriylarga 

esa  ayni  zamonda  kumush  tangalar  (dirham)  zarb  qilishga  ham 

ruxsat berilgan.  Somoniylarga in ’om qilingan yerlaming naqadar boy 

boiganligini  IX  asrdagi  mashhur  arab  geografi  Ibn  Hurdodbekning 

viloyatlaming soliq miqdori to‘g ‘risidagi m a’lumotlaridan bilsak ham 

b o ‘ladi.  Uning  yozishicha,  butun  Sug‘d  hududi  xalifalik  xazinasiga 

tohiriylar  orqali  326  ming  muhammadiy  dirhamdan  to ‘lab  turgan. 

Farg‘ona  Ahmad  ibn  Asad  orqali  280  ming,  Yahyo  ibn  Asad  orqali 

Shosh  —   607  ming,  Usturshona  —   50  ming  dirhamdan  to ‘lagan. 

Iqtisodiy yuksalish harbiy qudratni  ham belgilagan.  Movarounnahrda 

600 ming suvoriy vapiyoda qo‘shin bo‘lgan. Hozirgi 0 ‘zbekistonning 

shimoliy  chegaralariga  yaqin  viloyatlarda  asosan  ko‘chmanchi  turk 

qabilalari yashaganlar.  Sirdaryoning o ‘rta va quyi oqimlarida ulaming 

shaharlari ko‘p bo‘lgan.

K o‘chmanchi  turkiy  qabilalar  Movarounnahr  vohalarida  sug‘- 

diylar,  farg‘onaliklar,  xorazmliklar  va  boshqalar  bilan  birga  umumiy 

hayot kechirardilar.

IX  asming  birinchi  yarmidan  e ’tiboran  turkiy-o‘g ‘uzlar  Mo- 

varounnahming  o ‘troq  va  madaniy  hayot  kechirayotgan  vo- 

hasi  xalqlariga  hujumlar  uyushtirib,  ulami  tez-tez  bezovta  qila 

boshlaganlar.  Shu  boisdan  ham  Abdulla  ibn  Tohir  X  asming  30- 

yillarida  turk-o‘g ‘uzlardan  himoyalanish  uchun  Farobod  (Qizil 

Arvotga  yaqin)  va  Dohiston  (Mashhadi  Misriyon)da  mustahkam 

ravotlar  qurdirgan,  hatto  o ‘z  o ‘g ‘li  Tohimi  qo‘shinga  bosh  qilib, 

turk-o‘g ‘uzlarga  qarshi jang  qilish  uchun  urushga  yuborgan.  Bunday 

istehkom  devorlari  Buxoroda  (Kampir  devor  nomi  bilan  hozirgacha 

mashhur),  Samarqandda  (Qiyomat  devor  deb  ataladi)  va  boshqa 

joylarda ham qurilgan.

K o‘chmanchi  turk  qabilalari  IX  asming  birinchi  yarmida 

Yahyo  ibn  Asad  hokimlik  qiluvchi  Shosh  (Chosh)ga  tez-tez 

hujumlar  uyushtirganlar.  Yahyoning  iltimosiga  binoan  va  uning




168

VATAN  TARIXI

ishtirokida  akasi  Nuh  ibn  Asad  840-yilda  Isfijobning  turk  hokimiga 

qarshi  yurish  qildi  va  tarixiy  g'alabaga  erishdi.  U  Isfijobda  ulkan 

va  mustahkam  mudofaa  devori  qurdirgan.  Nuh  ibn  Asad  841-yilda 

vafot  etdi.  Manbalaming  guvohlik  berishicha,  Samarqand  viloyatini 

bir  vaqtlar  aka-uka  Ahmad  va  Yahyo  birgalikda  idora  qilganlar. 

855-yilda  Ahmadning  o ‘g ‘li  Nasr  ibn  Ahmad  Samarqand  noibligiga 

tayinlanadi.  Bu  hoi  Movarounnahrda  Ahmad  ibn  Asad  nufuzining 

oshuviga  olib  keladi.  856-yilda  Yahyo  ham  vafot  etdi.  Ahmad  endi 

Shosh va Usrushon noibligini ham o ‘z qo‘liga oladi va bu viloyatlami 

o ‘g ‘li  Yoqub  ibn Ahmadga beradi.

Ana  shu  tariqa  IX  asrning  o ‘rtalariga  kelganda  Buxoro,  Qash- 

qadaryo  viloyatlari  va  Chag'anrud  (hozirgi  Surxondaryo)  vo- 

diylaridan boshqa Movarounnahming barcha hududi Ahmad va uning 

o ‘g ‘illari  ta ’siri  doirasiga  kirdi.  Bu  ishga  Tohir  ibn  Abdulla  (844­

862)  qarshilik  qilmadi.  Chunki  endi  somoniylar  ustidan  ilgarigidek 

ota-bobosi  singari hukmronlik qila olmasligini yaxshi bilardi.  Sababi, 

tohiriylar sulolasi borgan sayin inqiroz  sari yuz tutmoqda edi.

IX  asming  60-yillaridan  e ’tiboran  tohiriy  hukmdorlarga  qarshi 

xalq  harakatlari  kuchaydi.  Bu  harakatga  g ‘oziylar boshchilik  qildilar. 

(«G ‘oziylar»  asosan  k o ‘chmanchi  qabilalar  hujumini  bartaraf qilish 

maqsadida  kambag‘al  hunarmandlar  va  yersiz  ziroatchilardan  tashkil 

topgan  qurolli  qo‘shin.)  G ‘oziylar  harakatini  aka-uka  Yoqub  va  Amr 

binni  Lays  boshqardilar.  Ular  dastlab  Seistonda  hokimiyatni  qo‘lga 

olgach,  873-yilda  tohiriylaming  qo‘shinlariga  katta  zarba  berib, 

Xuroson  poytaxti  Nishopumi  egalladilar.  Shu  davrdan  e ’tiboran 

tohiriylar  sulolasi  barham  topdi  va  Xurosonda  hokimiyat  Safforiylar 

qo‘liga o ‘tib ketdi.  Rasmiy suratda Xuroson va Movarounnahr ustidan 

hukmronlik qilib turgan tohiriylar sulolasining  inqirozga uchraganligi 

Movarounnahrdagi mahalliy hokimlaming o ‘lkani to ‘la mustaqilligini 

ta ’minlash  sari  harakatlari  uchun  qulay  imkoniyatlar  yaratib  berdi. 

Endi  bu  davrda  somoniylar  siyosiy  kurash  maydonida  erkin  harakat 

qila  boshladilar  va  ular  Movarounnahrda  markazlashgan  bir  butun 

davlat  barpo  qilishga  kirishdilar.  Birlashtirish  g ‘oyasini  shaharlik- 

lar  ham,  dehqonlar  ham  qoilab-quvvatladilar.  Chunki  birlashgan 

va  markazlashgan  yagona  va  qudratli  davlatgina  ko ‘chmanchi 

qabilalaming  hujumini  daf qila  olishi  mumkinligini  ular  yaxshi  bilar 

edilar.  Markazlashgan  yagona  va  qudratli  davlat  kuchli  harbiy  kuch 

yaratish imkoniyatini berardi.

864-865-yilda  Ahmad  ibn  Asad  vafot  etdi.  Taxtga  uning  o ‘g ‘li 

Nasr  ibn  Ahmad  (865-892)  o ‘tirdi.  Nasr  oldida  ikkita  muhim  vazifa




VI  bob.  M ovarounnahr va X urosonda m ustaqil  davlatlarning tashkil topishi 

169


turardi.  Birinchisi  ko‘chmanchi  qabilalaming  hujumini  zaiflashtirish 

b o ‘lsa,  ikkinchisi  Buxoro,  Naqshob  va  Kesh  hududlarini  qo‘shib 

olishdan  iborat  edi.  Nasr  birinchi  maqsadni  amalga  oshirish  niyatida 

Turkiston  shahri  yaqinidagi  Shovgar  shahriga  yurish  uyushtirdi  va 

qo‘shinga o ‘zi boshchilik qildi.

Nasr o ‘zining ikkinchi maqsadini amalga oshirish uchun Buxoroni 

egallashga  kirishdi.  Buxoroni  874-yilda  so‘nggi  tohiriy  Muhammad 

ibn Tohiming ukasi Husayn ibn Tohir qo‘lga kiritdi. Husayn Buxoroga 

Xorazm  qo‘shinlariga  bosh  b o iib   keldi  va  aholini  ayovsiz  taladi. 

U  o ‘zini  Buxoro  hokimi  deb  e io n   qildi.  Ammo  hokimligi  uzoqqa 

cho‘zilmasligini  o ‘zi ham payqagan Husayn  ibn Tohir aholidan ko‘p- 

roq o ip o n lar to ‘plashga shoshildi.  To‘plangan oip o n lar past qiymatli 

dirhamlardan  iborat  b oiganligi  uchun  ulami  kumush  tangalarga 

almashtirishni  buyurdi.  Bu  esa  aholining  g ‘azabini  qo‘zg‘atdi,  xalq 

qo‘zg‘olon ko‘tarib, Husayn saroyini egallab oldi va uni taladi.  Shahar 

jamoasining yuqori tabaqalari Samarqandga — Nasr ibn Ahmadga o‘z 

vakillarini yubordilar va somoniylar xonadonidan biror kishini hokim 

qilib jo ‘natishni iltimos qildilar.  Bu taklif albatta, Nasmi xursand qildi 

va  u  o ‘z  ukasi  Ismoil  ibn  Ahmadni  Buxoroga  hokim  qilib  jo ‘natdi. 

Ismoil  Somoniy  849-yilda  Farg‘onada  tavallud  topgan.  14  yoshida 

otasi  vafot  etib,  akasi  Nasr  q o iid a   qolgan.  Ismoil  Somoniy  o ‘z 

hokimligining  (874-907)  dastlabki  davrlarida  katta  qiyinchiliklarga 

duch keladi.  Chunki xalq ommasi somoniy noiblaridan shu paytgacha 

biror-bir  yaxshilik  k o ‘rgan  emasdi.  Ismoildan  ham  albatta  yaxshilik 

kutish  uchun  hech  qanday  asos  y o ‘q  edi.  875-yilda  Ismoil  o ‘zining 

ikkinchi marta Buxoroga kelishida y o id a  xalqning notinch ekanligini 

o ‘z ko‘zi bilan ko‘rdi. Tarixchi Narshaxiyning yozishicha, Barket bilan 

Romiton  o ‘rtasida  4  ming  dehqon  qo‘zg‘olon  ko‘tarib  chiqdi.  Ho­

kim  sifatida  Ismoilning  dastlabki  ko‘rgan  tadbiri  dehqon  oqsuyaklari 

va  lashkarboshilariga  suyanib,  xalq  qo‘zg‘olonini  bostirishdan  iborat 

b o id i.

0 ‘zini  butun  boshli  Movarounnahr  hokimi  deb  hisoblagan  Nasr 

ibn  Ahmad  kumush  tangalar  zarb  qila  boshladi.  886-887-yili  Nasr 

tomonidan Samarqandda zarb qildirilgan somoniylaming eng birinchi 

kumush  dirhamlarining  namunasi  0 ‘zbekiston  tarixi  muzeyida 

saqlanmoqda.  Nasr  ibn  Ahmad  o ‘z  ukasi  Ismoilni  o ‘ziga  tobe  noib 

deb hisoblar va istagan paytda uni  almashtirish mumkin deb  o ‘ylardi. 

Ammo  Ismoil  akasiga  b o ‘ysunishni  ochiqdan  ochiq  xohlamagan 

va  Buxoroning  mustaqil  b oiish ig a  harakat  qilgan.  Bu  harakat 

Ismoilning  turli  bahonalar  bilan  Samarqandga  soliq  va  oiponlar




170

VATAN  TARIXI

to iash d an  bosh  tortganligida  yaqqol  k o ‘zga  tashlanadi.  Ikki  aka-uka 

o ‘rtasida  888-yilda kuchayib  ketgan  dushmanlik urush  boshlanishiga 

sabab  bo ‘ldi.  Bu  urushda  Nasr  batamom  m agiubiyatga  uchradi  va 

Ismoil  butun  Movarounnahmi  boshqarishni  o ‘z  q o iig a   oldi.  Nasr 

somoniylar  xonadonining  b o sh lig i  sifatida  hurmatga  loyiq  b o isa - 

da,  unda  hech  qanday  hokimiyat  y o ‘q  edi.  U  to ‘rt  yil  Samarqandda 

yashab  893-yilda  vafot  etdi.  Manbalar  tili  bilan  aytganda,  Ismoil 

Somoniy  «aqlli,  adolatli,  shafqatli,  fikr  va  tadbir  egasi»  edi.  U 

892-yilda  butun  Movarounnahr  hukmini  o ‘z  q o iig a   olishga  erishib, 

«haqiqatan ham podsholikka loyiq va haqli  ekanligini»  isbotladi.




Download 11,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish