M akka nusxasi, Dam ashq nusxasi, Basra nusxasi, Kufa nusxasi
va M adina um um iy nusxasi, M adina Xos nusxasi. So‘nggi
oltinchi nusxa H azrati U sm onning shaxsan o ‘zlariga tegishli
bo‘lgan nusxadir'.
Q ur’oni Karim kitobi dunyodagi barcha xalqlaming diqqat-
e ’tiborini o ‘ziga qaratib kelmoqda. Darhaqiqat, U 1698-yilda
lotin tiliga, 1770-1828-yillar orasida sakkiz marta fransuz tiliga,
1734-1826-yillarda o ‘n marta ingliz tiliga, 1946-yilda nemis tiliga,
1716 1986-yillarda yetti marta rus tiliga tarjima qilingan. 0 ‘zbek
xalqining qariyb 1300 yilga yaqin tarixi islom dini va madaniyati
bilan bevosita bog‘liq bo‘lsa-da, sobiq sho‘ro davrida «Din — xalq
uchun afyundir», degan markscha-lenincha g ‘oya asosida islom dini
va muqaddas Q ur’oni Karim kitobini ommadan uzoqda sir saqladilar.
Faqat Mustaqillik sharofati tufayli xalq Q ur’onning «Usmon
m us‘hafi»ni 1992-yilda o ‘z ona tilida o ‘qish imkoniyatiga ega b o ‘ldi.
Q ur’onning «Usmon m us’hafi» bugungi kunda Movarounnahr
musulmonlari diniy boshqarmasida — Toshkentda saqlanadi.
X o‘sh, 0 ‘zbekistonga bu nusxa qanday kelib qolgan? Bu muammo
to ‘g ‘risidagi rivoyatlar ham har xil. Yusufxon Shokirovning yuqorida
tilga olingan risolasida bu haqda batafsil m a‘lumot berilgan. Birinchi
1
Юсуфхон Шокиров.
Ислом шариати асослари. - Т., «Мехнат» 1992, 17-бет.
140
VATAN TARIXI
rivoyat: Misr podshosi Zohir Ruknuddin Baybars al-Bundukdoriy
As-Solihiy saroy xoni Barakotxon bilan do‘stlashib qoladilar, ular
bir-birlariga sovg‘alar yuborib turadilar. Zohir Baybars ana shunday
sovg‘alaraing birida Chingizxon avlodidan birinchi b o ‘lib islomni
qabul qilgan do‘stiga Usmon m us’hafini jo ‘natadi. 1395-yilda
Sohibqiron Amir Temur T o‘xtamishxonni tor-mor keltirgach Saroy
Berkadan boshqa o ija la r qatorida M us’hafi Usmon Q ur’oni Karimini
ham Samarqandga olib keladi. Ikkinchi rivoyat: Bu «Talfik ul-axbor
fi Tarixi Qozon va Bulg‘or» («Qozon va Bulg‘or haqida haqiqiy
xabarlar) kitobining muallifi Shayx Muhammad Murod ibn Abdul
loh Ar-Ramziyga tegishlidir. U M us’hafi Usmon Q ur’oni Karimi
0 ‘rta Osiyoga qanday kelib qolganligi haqida quyidagilami yozadi:
«Samarqanddan Peterburgga olib ketilgan va hozirda imperator
kutubxonasida saqlanib turgan M us’hafi Usmon deb tanilgan Q ur’oni
Karim saroyda saqlanib, uni zabt qilgan Amir Temur olib ketgan
nusxa shu b o ‘lishi kerak. Bu haqiqatga yaqin taxmindur. Buni inkor
qiluvchilaraing hech bir qat’iy dalillari y o ‘qdur» (28-bet). Uchinchi
rivoyat: Bu rivoyat «Golos» gazetasining 1870-yil 243-sonida
bosilgan. Unda hikoya qilinishicha salkam 400 yil avval Baxovuddin
Naqshbandiy diniy jamoasining piri X o‘ja Ahrorning muridlaridan
biri hajdan qaytayotib Rumda, y a ’ni Konstantinopolda to ‘xtaydi.
Bu vaqtda Rum hukmdori og‘ir dardga chalingan edi. X o‘ja Ahror
muridi uni bu og‘ir darddan forig1 etadi. Hukmdor agar shifo topsam,
u nimani talab qilsa, shuni so‘zsiz bajaraman, deb ont ichgan ekan.
Murid esa Q ur’oni Karimni berishni so‘rabdi. Noiloj qolgan hukmdor
vaziri va boshqa yaqin a ’yonlari bilan maslahatlashib, Q ur’oni
Karimni muridga berishga majbur bo‘libdi. Murid bu noyob asami
darhol Turkistonda istiqomat qilayotgan piriga yuboribdi. Q ur’oni
Karim ana shu tariqa X o‘ja Ahror masjididan joy olgan ekan. Taniqli
tarixchi olim Hamid Ziyoyev bu m a’lumotni «...afsonaga o ‘xshaydi,
chunki Qur’onning asl nusxasini qandaydir muridga berilishiga
ishonish qiyin, uni faqat zo‘ravonlik bilangina qo‘lga kiritish
mumkin edi»1, deydi. Hamid Ziyoyev shu munosabat bilan to‘rtinchi
rivoyatga qo‘shilganligini bildiradi. T o‘rtinchi rivoyat: Bu rivoyatga
k o ‘ra Q ur’oni Karimni Sohibqiron Amir Temur Turkiya sultoni
saroyidan keltirgan. U Sulton Boyazid ustidan g ‘alaba qozongach,
uninig kutubxonasida saqlanayotgan Q ur’oni Karimni o ‘z davlati-
1 «Шарк Юлдузи». 1991, 1-сон, 130-бет
V bob. Arab xalifaligi davrida Movarounnahr va Xuroson
141
ning poytaxti Samarqandga olib kelgan. Bu nusxa Temuriylar
saltanati ag‘darilgandan keyin — Xo‘ja Ahror masjidiga berilgan
bo‘lishi mumkin. Beshinchi rivoyat: Asli toshkentlik, biroq ko‘p
vaqtlar Iroqda istiqomat qilgan imom Abu Bakr Qaffol Ash Shoshiy
o‘z vataniga qaytishga qaror qiladilar va Bag‘dod shahridan Mus’hafi
Usmon Qur’oni Karimni o‘zlari bilan birga olib keladilar. Xullas,
boshqa rivoyatlar ham bo‘lishi mumkin. Nima bo‘lganda ham
muqaddas Qur’oni Karim kitobi 1869-yilga qadar Samarqanddagi
Xo‘ja Ahror masjidida saqlangan. Samarqand shahrini egallagan
general fon Kaufman buyrug‘iga asosan kufa yozuvidagi Qur’oni
Karimni q o ig a tushirish harakati boshlanadi. 1869-yil 24-oktabrda
fon Kaufman imzosi bilan bu muqaddas kitob Samarqanddan
Peterburgga olib ketiladi. 1917-yil oktabr to‘ntarishiga qadar
Mus’hafi Usmon Peterburgda saqlangan. Ko‘p vaqt o‘tmasdan
Butun Rossiya musulmonlar jamiyatining raisi Usmon Turkumbayev
muqaddas kitobni o‘z egalariga qaytarishni so‘rab RSFSR xalq
komissarlari sovetiga murojaat qiladi. RSFSR XKS 1917-yil
9 (22)-dekabrda muqaddas «Usmon Qur’onini musulmonlar syezdiga
qaytarib berish to‘rg‘isida»gi hujjatni tasdiqlaydi»1.
Mus’hafi Usmon Qur’oni shu yili katta tantana bilan Ufa
shahriga keltiriladi. Lekin bu bilan Turkiston musulmonlari
tinchimadilar. Toshkent, Ufa va Moskva o‘rtasidagi bir qancha o ‘zaro
bordi-keldi va yozishmalardan so‘ng markaziy hukumatning 1923-
yil 25-iyundagi qarori bilan Qur’on kitobi o‘zining haqiqiy vorislari
bo‘lgan Turkiston musulmonlariga beriladi.
Usmon Qur’onini Ufadan Toshkentga olib kelish uchun
Toshkent shahar va Sirdaryo viloyati islom jamiyati tomonidan
jamiyat raislari shayx Muhammadxo‘ja boshchiligida o‘bro‘li hay’at
tuziladi. Bu hay’atga Zahirutdin A’lam va 0 ‘zbekiston hukumati
vakili Qosimxo‘jayevlar kiradi.
1924-yil 18-avgust kuni Tatariston, Boshqirdiston va Turkiston
ulamolaridan tashkil topgan sharafli soqchilar kuzatuvida maxsus
poyezd Mus’hafi Usmonni Ufadan Toshkentga olib keladi. U bir
qancha vaqt Toshkentdagi masjidlardan birida saqlanadi, so‘ngra
xavfsizlik maqsadlarini ko‘zlab 0 ‘zbekiston xalqlari tarixi muzeyiga
topshiriladi. 1989-yil 14-mart kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan umumiy
Musulmonlar to‘rtinchi qurultoyida 0 ‘zbekiston hukumatining qarori
1 Декрет Советской власти. Том 1. Москва, 1957. № 136. стр. 195.
142
VATAN TARIXI
bilan Mus’hafi Usmon musulmonlar ixtiyoriga qaytarib berilganligi
e’lon qilindi. Hozirda bu muqaddas Mus’hafi Usmon Qur’oni
Movarounnahr musulmonlari Diniy idorasi qoshidagi «Mo‘yi
Muborak» kutubxonasida saqlanmoqda.
Muqaddas Qur’oni Karim kitobi 114 suradan iborat: har bir sura
oyatlarga bo‘lingan. Suralaming har biri nomlangan. Qur’oni Karim
o‘ttiz juz, ya’ni qismga bo‘linadi. Buni, odatda, o‘ttiz pora deydilar.
Qur’oni Karim hidoya kitobi bo‘lib, ilm-ma’rifatni ulugiaydi.
Darvoqe, unda 750 marta «ilm» so‘zi takrorlanadi. Islom olamida
barcha fanlaming taraqqiyoti Qur’on bilan bog‘lab o‘rganiladi.
Qur’on nafaqat falsafiy, huquqiy yozma yodgorlik bo‘lib qolmay,
balki unda axloq-odob, ota-ona va qarindosh-urug‘larga hurmat,
halollik, poklik, to‘grilik, yetim-yesir, kambag‘al, miskinlarga
muruvvat, birovning haqini yemaslik, omonatga xiyonat qilmaslik,
do‘stlik, birodarlik kabi juda ko‘p g‘oyalar o‘zining mujassam
ifodasini topgan. Qur’on poraxo‘rlik, o‘g‘rilik, ichkilikbozlik, zino
(fohishalik), yolg‘onchilik, g ‘iybat, nohaq qon to‘kish kabi juda
ko‘plab illatlami nihoyatda qattiq qoralaydi.
Vatanimiz hududida islomning tarixi va musulmon dunyosining
juda ko‘p qirrali tarixiy taraqqiyoti jarayonini tushunishda Qur’oni
Karimning o‘mi beqiyosdir. 0 ‘z vaqtida Qur’on 0 ‘rta Osiyoda feodal
tarqoqlikka qarshi kurashda, markazlashgan feodal davlatlaming
vujudga kelishida so‘zsiz ijobiy o‘rin tutgan. Bugungi kunda ham
xalqimizning o ‘zini anglashida, milliy o‘tmish qadriyatlarimizni
tiklanishida va 0 ‘zbekistonning davlat mustaqilligini mustah-
kamlashda Qur’oni Karimning ahamiyati nihoyatda kattadir.
Xususan Qur’on yosh avlodning axloqiy-g‘oyaviy dunyoqarashini
shakllantirishda va oiliyjanob insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalashda
bebaho o ‘rin tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |