Bohiliyni
tayinlab, o ‘zi Buxoro tomon ilgari yurishni davom ettiradi.
Baykandda hukmron bo‘lib qolgan Varqo shahar xalqiga jabr va zulm
o ‘tkazadi, axloqiy buzuq ishlar bilan shug‘ullanadi. Bunga javoban
shahar fuqarolari qo‘zg‘olon ko‘taradilar. Qutayba bu xabami
eshitib, tezda orqasiga qaytadi va qo‘zg ‘olonni shafqatsizlik bilan
bostiradi. Uning buyrug‘i bilan arab sahroyilari shahami talaydilar
va xarob qiladilar. Rivoyat qilishlaricha, Qutayba Baykandni fath
qilganda bir butxonadan og‘irligi to ‘rt yuz dirham (bir dirham —
3,186 gr.) keladigan bitta kumush but, ko‘plab kumush jomlar, har
biri kabutar tuxumidek keladigan marvaridlar topiladi. O ija olingan
barcha boyliklami tarozida tortganlarida bir yuz ellik ming misqolni
(I misqol — 4,240 gr) tashkil etadi. Xalqdan talab olingan barcha
oltin va kumushlami sovg‘a o ‘laroq Hajjojga yuborganlarida u
Qutaybaga xat yozib, minnatdorchilik bildirgan va «...Xudo senga
barakat bersin!» degan.
Qutayba Baykandni batamom o ‘ziga tobe etgach, uning atrofidagi
barcha qishloqlami ham egallaydi va 707-yilda Kesh, Naxshabni fath
qiladi. 708 (90)-yilda Vardan (hozirgi Vardonze) ustiga yurishga
tayyorgarlik ko‘rayotganda kutilmagan qarshilikka duch keladi. Turk
xonlari Qutaybaga qarshi ittifoq tuzib Torob, Xunbun va Ramiton
oralig‘ida uni ko‘p lashkar bilan o ‘rab oladilar. Xitoy podshosining
jiyani Ko‘rm ag‘onun ham bu ittifoqqa qo‘shiladi. Natijada Qutayba
o ‘ir ahvolga tushib qoladi. Qutaybaning yaqin kishilaridan b o ‘lgan
Xayyoni Nabatiy ishlab chiqqan reja asosida musulmon arablar og‘ir
vaziyatdan eson-omon qutuladilar.
Marvda biroz muddat dam olib, 709 (91)-yilda Narshaxiy bergan
m a’lumotlarga qaraganda Iraq va Xurosondan yordam kuchlari
olib Buxoro ustiga yurish boshlaydilar. Bu Qutaybaning to ‘rtinchi
safar Buxoro ustiga lashkar tortib kelishi edi. Buxoro aholisi har
safar islom lashkari kelganda musulmon bo‘lar, qaytib ketgach esa
dindan chiqar edi. Bu paytda Xotun juda qarib qolgan edi, davlatni
endi uning o ‘gli Tog‘shoda boshqarardi. Qutayba qattiq jangdar
136
VATAN TARIXI
so‘ng Buxoroni egallaydi. Tog‘shoda islom dinini qabul qilgach,
Qutayba uni Buxoro taxtida hukmron sifatida qoldiradi. Tog‘shoda
o ‘ttiz ikki yil Buxoroni boshqaradi. Tog‘shoda islom dinini qabul
qilgandan keyin tug‘ilgan farzandiga Qutaybaga b o ‘lgan hurmat va
e ’tiqodi ramzi sifatida Qutayba deb ism qo‘yadi. Qutayba otasidan
so‘ng Buxoro taxtiga o ‘tiradi. U Abu Muslim davrida dindan
qaytadi. Shu bois Abu Muslim Qutayba ibn Tog‘shodani oidiradi.
Qutaybaning serdaromad va g ‘allakor yerlari uning birodari Bunyod
ibn Tog‘shodaga beriladi. Bu yerlar Ismoil Somoniy davriga qadar
Bunyod hukmronligi ostida b o ‘ldi. Qutayba ibn Muslim shimoliy
sharq tomon g ‘olibona bosqinchilik yurishlarini davom ettirdi.
U 710-yilda Shuman, Nasaf, Keshni zabt etadi. 71 1-yilda aka-uka
Chag‘on va Hurzod janjalidan foydalanib Xorazmni bosib oladi.
Shundan so‘ng Qutayba endi asosiy zarbani kuchli raqib, lekin
laqma siyosatdon Sug‘d hokimi Tarxunga qarshi qaratadi. C)‘rtada
tuzilgan sulh shartnomasiga qaramasdan; o ‘zaro kelishuv asosida
Samarqanddagi masjid qurilishini tezlashtirish bahonasida shaharga
g ‘isht teruvchilar o ‘miga 4000 qurollangan arab kiritiladi. Shahar
talanib, aholi xarob qilinadi. Tarxun ham qatl etiladi. Sosoniylaming
eng so‘nggisi Yazdigaming qizi ham asir olinadi va u xalifa Validga
yuboriladi. Samarqandda q o ig a olingan oltin butlar va ulaming
jihozlari 50 ming misqolni tashkil etadi. Samarqandni egallashda 300
ta devorbuzar moslamalar ishlatilib, arablar Samarqandni batamom
vayron etadilar. Nihoyat Samarqandning yangi hokimi G ‘urak (709
738)
bilan Qutayba o ‘rtasida sulh bitimi imzolanib, bu bitimga ko‘ra
u arablarga yiliga 200 ming dirham tovon to iash i kerak b o ia d i.
Yana arablarga 30 ming so g io m kishini qul o ‘mida berish sharti
ham bor edi. Shartnomaga asosan shahar markazi arablarga b o ‘shatib
beriladi. Qutayba u yerda masjid qurdiradi (Afrosiyobda).
713-715-yillarda u Toshkent, Xo'qand, Turkiston Chini (Sharqiy
Turkiston) yerlarini to Qashg‘argacha b o ig a n yerlami egallaydi. Ana
shu tariqa Qutayba ibn Muslim 0 ‘rta Osiyo yerlarini zabt etibj Xitoy
hududigacha cho‘zilgan o ik a d a yashayotgan xalqlami islom diniga
kiritadi.
Farg'ona orqali Qutayba Marvga y o i oladi. Marvda xalifa
Valid vafot etgan b o iib , xalifalik taxtiga uning raqibi Sulaymon ibn
Abdumalik o iirg a n edi. Qutayba undan xavotirlanar va Sulaymonga
ishonmas edi. Shu sababdan u Sulaymonga qarshi ochiq isyon
ko‘taradi. Ammo isyonchi sifatida o ‘z askarlari tomonidan o id i-
V bob. A rab xalifaligi davrida M ovarounnahr va X uroson
137
riladi. Bu voqea Vamberi bergan m a’lumotlarga ko‘ra 714 (96)-yilda
Qutayba ibn Muslim 47 yoshida ekanida sodir b o ig a n edi, Boshqa
manbalarda esa 715-yilda arab askarlari tomonidan oidiriladi,
deyiladi.
Shunday qilib sahroyi arablar dunyoning eng qadimiy va
madaniyat oikalaridan biri b o im ish Movarounnahmi o'Z m us-
tamlakalariga aylantiradilar. Movarounnahr hududida yashagan
ajdodlarimiz ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy taraqqiyotda
sahroyi arablarga qaraganda anchagina oldinda edilar. Nima sababdan
ulami arab istilochilari nisbatan tez va oson bosib ololdilar? Buning
sabablari — birinchidan, o ik a xalqlari o ‘rtasida ijtimoiy-iqtisodiy
va siyosiy birlikning boim aganligi va tarqoqlikning mavjudligidir.
Arablar Movarounnahr yerlariga bostirib kelgan paytda o ik a d a
bir-biriga dushman b o ig a n 15 dan ortiq kichik-kichik feodal
davlatchalar bor edi. Bu holdan arablar ustalik bilan foydalandilar.
Ikkinchidan, arablar ko‘chmanchi turk qabilalari bilan mahalliy
o ‘troq xalqlar o ‘rtasida mavjud b o ig a n qarama-qarshiliklardan
ham foydalandilar. Uchinchidan, arablar Movarounnahrga qadar
juda ko‘plab boshqa mamlakatlar va aholi hududlarini bosib olgan
edilar. Ular bu mamlakatlaming aholi kuchlari, moddiy boylik
imkoniyatlaridan ona tuprogim iz hududlarini bosib olish chog*ida
foydalandilar. To‘rtinchidan, arablar Movarounnahr hududlariga
bostirib kelganlarida bu yerda korpdinlilik hukm surardi. Bu hoi
arablarga qarshi o ik am iz hududi xalqlarining birlashuviga to ‘sqinlik
qildi va arab bosqinchilarining g ‘alabasini yengillashtirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |