Musaylima,
Yamanda — Asvad, Markaziy Arabistonda
—
Sajjoh
V bob. A rab xalifaligi davrida M ovarounnahr va X uroson
129
ismli bir ayol va Tulayxa, Madina (Yasrib)da Ibn Sayyod...»lni
kiritadi. Muhammad alayhissalom y o ‘li g ‘alaba qozongach, faqat
uning nabiyligi (payg‘ambarligi) e’tirof etilib, boshqalari esa
musulmon tarixchiligida, mutanabbiylar (ya’ni soxta payg‘ambarlar)
deb nom oladilar. Islom dinida payg‘ambar hisoblangan Muhammad
alayhissalom
570-yil
27-avgustda
Makka
shahrida
Quraysh
qabilasining Hoshimiylar xonadonida dunyoga keladilar. Hoshimiylar
xonadoni Quraysh qabilasining nufuzli oilalaridan biri bo‘lgan.
Muhammad alayhissalomning bobolari Abdulmutallib Makkadagi
K a’ba ibodatxonasi kalitining nigohboni (saqlovchisi) bo‘lgan.
Ota-onalaridan juda yosh yetim qolgan Muhammad alayhissalom
dastlab bobolari, so‘ng amakilari Abu Tolib q o iid a tarbiya oladilar.
Amakilarining maslahatiga k o ‘ra badavlat savdogar ayol Xadicha
binti Xuvaylidning savdo ishlariga boshchilik qiladilar va 25
yoshlarida unga uylanadilar, Xadicha bu davrda 40 yoshda edilar.
Muhammad alayhissalom bir necha yillar mobaynida diniy
tafakkur va ibodat bilan muttasil shug‘ullanganlar, taqvodorlik bilan
hayot kechirganlar. U kishi har doim Makka yaqinidagi Xiro g ‘origa
borib ibodat qilganlar, oziq-ovqat va suv olib ketib, g ‘orda bir
necha kunlar qolib, ibodat qilish odatlari bo‘lgan. Diniy manbalarda
ta ’kidlanishicha Muhammad alayhissalomga payg‘ambarlik 40
yoshga to ‘lganda nasib etadi. Bu 610-yilga to‘g ‘ri keladi. Vahiyning
boshlanishi to ‘g ‘risida «Sirat ur-Rasululloh» asarida keltirilgan
rivoyatga qaraganda, Muhammad alayhissalom Xiro tog‘ida tunab
qolgan kechalaridan birida osmondan nido kelgan. Farishta Jabroil
« 0 ‘qi» deb buyurgan. «Men o ‘qishni bilmayman», deb javob
berganlar Muhammad alayhissalom. Jabroil u kishini ko‘tarib bir
siqib qo‘yadi-da, yana « 0 ‘qi», deydi. Hech joyda ta ’lim olmagan
Muhammad alayhissalom «Men o ‘qishni bilmayman», deb yana
javob qaytaradilar. Shu holat uchinchi marta takrorlangach, Jabroil
alayhissalom unga ko‘rsatib turgan «Alaq» surasi avvalidagi bir
necha oyatlarini o ‘qib unga eshittiradi va bu oyatlar Muhammad
alayhissalom qalbida o ‘mashib yod b o ‘lib qoladi. Bu holatdan
qo‘rqib vahimaga tushgan M ug‘ammad alayhissalom titragan holda
ayollari Xadicha oldiga keladilar va bo‘lgan voqeani bayon etadilar.
Xadicha u kishini yupatib, taskin beradi: «Sizni hech qachon Alloh
xor etmaydi. Chunki siz qarindoshlarga mehribon, kambag‘alga
1 Хасанов А. Макка ва Мадина тарихи. - Т., «Мехдат», 1992, 65-бет.
5 — Vatan tarixi 1
130
VATAN TARIXI
yordam beruvchi, odamlar mashaqqitini oson qilguvchi kishisiz»,
deydi. U kishi Muhammad alayhissalomni Injil ilmini yaxshi bilgan
nasroniy dinidagi amakisining o ‘g ‘li keksa Varaqa ibn Navfal
huzuriga boshlab boradi. B o‘lgan voqeani unga bayon etadilar.
Shunda Varaqa xursand b o ‘lib, bu Muso alayhissalomga kelgan
farishta ekanligini aytadi.
Muhammad alayhissalom hayotida birinchi ro ‘y bergan vahiy
hodisasining vaqti haqida barcha ilk islom manbalaridagi m a’lu
motlar Q ur’onning 97-«Qadr surasi»dagi m a’lumotga asoslangan.
U «Laylatulqadr» kechasi deb ataladi. Tarixda bu kecha hijratdan
12 yil ilgari, ramazon oyining 26-sidan 27-siga o ‘tar kechasi —
milodiy hisob bilan 610-yil 15-dan 16-avgustga o ‘tar kechaga
to ‘g ‘ri keladi. Dunyodagi barcha musulmonlar bu kechani toat-
ibodat bilan o ‘tkazadilar. Muhammad alayhissalom yakkaxudolikka
asoslangan islom dini g ‘oyasini xalq o ‘rtasida tashviqot va targ‘ibot
qilishni boshlaganda juda katta qarshiliklarga va to ‘siqlarga duch
kelgan. Uning targ'ibotiga ishonib islomni birinchilar qatorida
qabul qilganlardan Xadicha, Abu Bakr, Ali, Zayd ibn-Xorisa, Abu
ur-Rahmon ibn Avf, Zubayr ibn Avom, Amir Hamza, Usmon ibn
Affon va boshqalardir. Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom
ta’limotiga qurayshlaming ummaviylar xonadoniga mansub b o i
gan va Makkada siyosiy hokimiyat tepasida turgan zodagonlar
qattiq qarshilik ko‘rsatganlar. Ikki o ila d a ziddiyat g ‘oyat darajada
keskinlashgach, m a iu m davrlardan beri Muhammad alayhissalom
diniga sodiqlikda b o ig a n va Makka hukmronlari bilan raqobatlashib
kelgan Yasribdagi Avs va Hazraj qabilalari bilan muzokaralar olib
borgan Muhammad alayhissalom u yerga ko‘chib boradilar. Hijrat
(arabcha ko'ch ish — R.Sh. Sh.K.) deb atalgan mazkur voqea 622-
yil 24-sentabrda yuz bergan. Makkadan Yasribga ko‘chib borganlar
islom tarixida «muhojirlar» (ko‘chib kelganlar), islomni qabul
qilgan yasribliklar esa «ansorlar» (yordamchilar) deb nom oladilar.
Shu davrdan e ’tiboran Yasrib shahri Madina (payg‘ambar shahri)
nomi bilan ataladigan b o id i. Musulmon yil taqvimi ham ana shu
sanadan boshlanadi. Keyinchalik islom adabiyotda Makka va Madina
islomning muqaddas markazlari sifatida «Makkayi Mukarrama» va
«Madinayi Munavvara» deb ataladigan b o id i. 623-630-yillarda
Muhammad alayhissalom Makka shahri uchun bir necha bor o ‘z
raqiblariga qarshi urushlar olib bordi. Nihoyat 630-yilda Makkaga
10 ming kishilik qo‘shin bilan bosib borildi va Makka sardori
V bob. A rab xalifaligi davrida M ovarounnahr va X uroson
131
Abu Sufyon nochorlikdan taslim bo‘lib, islom dinini qabul qildi.
Uning o ‘gli Muoviya Payg‘ambaming noiblaridan biri b o id i.
630-yilda Muhammad Arabistonning ayrim mintaqalarida paydo
b o ‘lgan, soxta payg‘ambarlar ustiga yurishlar qilib, butun boshli
Arabiston yarimorolini egallab, kuchli davlatga asos soladi. Bu
davlat Yamandan Sino yarimoroligacha, Qizil dengiz sohillaridan
Markaziy Qum sahrosigacha cho'zilgan yerlami o bz ichiga olar edi.
632-yil 25-yanvarda Makkayi Mukarramaga so‘nggi hajga safar
qilgan Muhammad alayhissalom haj safaridan so‘ng qattiq betob
bo‘lib qoladilar. U kishi betobligida K a’ba masjidiga imomlikni
o ‘tashni qaynotalari Abu Bakrga topshiradilar (622-yilda Xadicha
vafotidan so'ng Abu Bakming qizi Oyshaga uylangan edilar).
Muhammad alayhissalom o ‘limi oldidan quyidagilami aytgan
ekanlar: «Dunyoda barcha insonlar barobardir. Nasab, rang yoki irq
o ‘z-o"zicha insonni yaxshi yoki yomon etolmagay. Men sizga uch
narsani meros qoldirdim: bular — mening oilam, Q ur’oni Karim va
ko‘rsatgan ibratlarimdir. Shulami mahkam tutsangiz, hech qachon
kam b o im ay siz» 1.
Muhammad
alayhissalom
nasroniy yil
hisobida
632-yil
(hijriy yil hisobida 10-yili) 25-mayda o bz uylarida vafot etadilar.
Payg‘ambarimiz vafotidan so‘ng u kishining ishonchli noiblari yoki
o ‘rinbosarlari (arabcha xalifalar) davlatni boshqarganlar. Ana shu
tariqa tarixda «arab xalifaligi» paydo bo'lgan. Islom musulmonlarida
asosan ilk to ‘rt xalifa alohida ahamiyatga ega. Bular — Abu Bakr
Do'stlaringiz bilan baham: |