Bobur n o m id a g ia n d ijo n davlat universiteti ru stam bek shamsutdinov, shodi k a rim o V


 TURK XOQONLIGIDA IJTIMOIY-IQTISODIY



Download 11,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/253
Sana31.12.2021
Hajmi11,52 Mb.
#219543
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   253
Bog'liq
2 5467894839875994463

3. TURK XOQONLIGIDA IJTIMOIY-IQTISODIY 

VA MADANIY HAYOT

Turk  xoqonligi  q o ii  ostida  birlashgan  xalqlar  taraqqiyotning 

turli  bosqichlarida  boiganlar,  aholining  bir  qismi  o ‘troq  dehqon­

chilik  bilan,  qolgan  bir  qismi  esa  ko‘chmanchi  chorvachilik  bilan 

shug‘ullanganlar.  Sug‘diyona,  Xorazm va Toharistonda dehqonchilik 

qiluvchi  aholining  kattagina  qismi  patriarxal  oila  sifatida  yashar 

edilar.  Erkin  dehqon  bilan  bir  qatorda  kashovarzlar  ham  bor  b o iib , 

ular  iqtisodiy  jihatdan  boy  yer  egasiga  va  hatto  o ‘z  mustaqilligini 

saqlab  qolgan  dehqonga  ham  qaram  boiganlar.  Kashovarzlar 

jamiyatdagi  asosiy  kuch  hisoblangan.  V I-V II  asrlarda,  qishloq, 

qo‘rg ‘on  va  shaharlarda  mustahkam  o ‘mashib  olgan,  yer  egasi 

b o ig a n   zodagonlaming  iqtisodiy  va  siyosiy  q u w ati  kuchaya 

boshlaydi.  Bu  zamindor  zodagonlar  yozma  manbalarda  «dehqonlar» 

deb  yuritilgan.  Xususan  konlarda  va  yer  ishlarida  qul  mehnatidan 

k o ‘proq  foydalanilgan.  Bu  davrda  Xorazmda  va  ayniqsa,  Sug‘dda 

savdogarlar  jamiyatda  yetakchi  o ‘rinni  egallaganlar.  K o‘chmanchi




120

VATAN  TARIXI

turk  qabilalari  V I-V II  asrlarda  o ‘tovlarda  yashaganlar  va  to ‘rt 

g ‘ildirakli  aravalarda ko‘chib yurganlar.  Aholining mehnatkash qismi 

«budun»  yoki  «qora  budun»  deb  atalgan.  Urug‘-qabilaning  yirik 

vakillari  esa  «beklar»  nomi  bilan  yuritilgan.  Jamoani  «xoqon»  va 

zodagonlar  kengashi  —   «qurultoy»  boshqargan.  Patriarxal  oilalarga 

oila  boshliqlari  —  «kadxudotlar»  bosh boiganlar.  Kadxudot  atamasi 

sug‘diylarga  xos  so‘z  b o iib ,  ko‘chmanchi  hayot  kechiruvchi  turklar 

esa  «Kadxudot»  so‘zi  o ‘miga  «Arxaun»  atamasini  ishlatar  edilar. 

G ‘arbiy  Turk  xoqonligida  markazlashgan  davlat  boim agan.  U 

o ‘nlab  turkiy  qabilalardan  tashkil  topgan  uyushma-ittifoq  b o iib , 

ulaming  har qaysisini  alohida  xonlar  idora  qilganlar.  Bu mulklaming 

o ‘z  podshochalari  bor  edi.  Ulaming  nomlari  har  vohada  har  xil 

b o ig an .  Jumladan,  Buxoroda  —   buxorxudotlar,

 

Chog‘aniyonda —  



chog'anxudolar,

 

Dabusiyada  —   dabusshohlar,



 

Vardanzida  —  



vardonxudotar,

 

Toshkentda — tudunlar,



 

Samarqand va Farg‘onada —  



ixshidlar,

 

Osrushonada 



 

afshiniylar,

 

Xorazmda 



 

xorazmshohlar, 

Toharistonda 

 



malikshohlar,

 

Iloqda 



 

dehqonlar

 

kabi.  Dehqonlar 



bu  hukmdorlami  kashovarzlar  va  qaram  kishilardan  b o ig a n   kadi- 

varlar,  yaxshi  ta iim   olgan  harbiy  qo‘shinlar  —   chokarlari

 

bilan 


quvvatlab  turganlar.  Dunyoning  boshqa  q it’alaridan  farqli  o ia ro q  

0 ‘rta  Osiyo  hududidagi  dehqonchilikning  o ‘ziga  xos  xususiyati 

shundaki,  bu  yerda  cheklanmagan  mustabid  sharqona  ko‘rinishdagi 

markazlashgan  kuchli  hokimiyatga  intilish  ustuvor  ahamiyat  kasb 

etgan.  «Тап-Shu»  nomli  Xitoy  yilnomasi  bergan  m aium otlarga 

qaraganda  Zarafshon,  Qashqadaryo  va  Amudaryo  bo‘yida  mustaqil 

to ‘qqizta  hokimlik  b oig an :  Samarqand,  M aymurg‘,  Kesh,  Naxshob, 

Ishtixon,  Kushoniya,  Buxoro,  Amul  va Andxoy shular jumlasidandir.

Ulaming  eng  kattasi  Samarqand  hokimi  edi.  Kan  hokimi 

mahalliy  suloladan  b o ig an .  Sug‘diyona  shohi,  Xorazm  va  Choch 

hokimlari m a iu m  darajada o ‘z mustaqilliklarini  saqlab  qolganlar.

Sug‘diyona  shohligi  o ‘sha  davrda  Panjikentdan  Karmanagacha 

b o ig a n   uncha  katta  bo im agan   hududni  egallar  edi. 

Ichki 


boshqamvda  b a’zi  erkinliklami  saqlab  qolgan  bo isa-d a,  xoqonga 

doimo o ip o n  to ia b  turardi.  Turk xoqonligi hududida yashovchi aholi 

bug‘doy,  аф а,  sholi,  tariq,  beda  va  boshqa  mahsulotlami  yetishtirish 

bilan  band  b o ig an .  Eftaliylar  davriga  nisbatan  sug‘orish  tizimi  bu 

davrda  birmuncha  ko‘payadi,  Xorazm  vohalarida  esa  aksincha, 

kamayadi.  Aholi  uzumchilik  va  bog‘dorchilik  bilan  shug‘ullangan.




IV bob.  0 ‘rta asrlar davri.

121


Paxta,  beda,  tut  daraxti  ekishga  va  uy  hayvonlarini  boqishga  katta 

e ’tibor berilgan.

Farg‘ona  va  Sug‘dda  aholi  kon  ishlari  bilan  shug‘ullanib,  oltin, 

mis  va  temir;  Iloqda  qo‘rg‘oshin,  kumush;  Shahrisabzda  tosh,  qizil 

tuz qazib olingan.

V I-V II  asrlarda  harbiy  to‘qnashuvlar  tez-tez  bo‘lib  turgan- 

ligidan  shaharlar  unchalik  rivojlanmagan.  Bu  davrda  qo‘rg ‘on- 

qa’la  qurish  avj  olgandi.  Boy  yer  egalari  ana  shunday  qo‘rg ‘on- 

qal’alarda  yashaganlar.  Xorazm  vohasidagi  bunday  qal’alar  ancha 

keng  o ‘rganilgan.  Birgina  Berqutqal’a  mavzeyida boy  va  zodagonlar 

yashaydigan  96  ta  shunday  qo‘rg ‘onchalar  b o ig anlig i  aniqlandi. 

Tarixchi  arxeologlar  Sug‘dda  ham  bunday  qal’achalar  boiganligini 

isbotlamoqdalar.  Q o‘rg ‘onchalar  atrofi  devor  bilan  o ‘ralgan.  Uning 

o ‘rtasida  minorasi  b o ig an .  Bu  minoralar  mudofaa  inshootlari 

vazifasini o ‘tagan.

VIII 


asrda  shaharlar,  odatda,  unchalik  katta  boim asdi. 

Masalan,  Afrosiyob  xarobalari  216  gektar  atrofida  bo ig an .  Eski 

Paykent  devorining  umumiy  uzunligi  2  km  atrofida,  Chochdagi 

asosiy  shahar  Binkent  chegarasi  5,  Koson  2,  Termizning  umumiy 

doirasi  7-10  km  atrofida  bo ig an.  Turk  xoqonligida  ichki  va  tashqi 

savdo  ancha  rivoj  topgan.  Ayniqsa,  Buxoro  hududi  savdoning 

markazlaridan  hisoblanardi.  Paykent  «Savdogarlar  shahri»  deb  nom 

chiqargan.  Savdo-sotiqda,  xususan,  Xitoy  bilan  munosabat  yetakchi 

o ‘rinni  egallagan.  Faqat  627  -647-yillar  mobaynida  Samarqanddan 

Xitoyga  to ‘qqizta  savdo  elchiligi  yuborilgan.  Turk  xoqonligidagi 

har  bir  hokimlikda  bir  necha  yuzdan  tortib,  bir  necha  ming  sonli 

o ‘z  qo‘shinlari  b o ig a n .  Q o‘shin  to ‘plashda  ham  sinfiy  tabaqalanish 

asosiy  rol  o ‘ynagan.  Jumladan,  otliq  askarlar  urug‘  zodagonlari 

vakillaridan  tanlanib,  o ‘q-yoy,  dubulg‘a,  qilich  va  shamshir  bilan 

qurollangan.  Piyoda  askarlar  esa  yollangan  fiiqorolar  va  qullardan 

iborat bo igan.

Xoqonlikda  yashagan  aholi  asosan  matodan,  jundan  va  teridan 

kiyim kiyganlar.  Erkaklar chakmon kiyib  sochlarini oldirib yurganlar, 

«xotinlar  esa  sochlarini  boshlariga  o ‘rab,  zarg'ul  solingan  qora 

ro ‘mol bilan b o g ia b  yurardilar»,  deb yozadi  Syuan  Szyan.

Turk  xoqonligi  davrida  madaniyat  o ‘z  davriga  nisbatan  yuksak 

taraqqiyot  darajasida  b oig an .  Juda  qadim  zamonlardan  beri  odat 

b o iib   kelgan  tantanali  bayramlar  bu  davrda  ham  davom  etgan  va 

yangi  mazmunlar  bilan  boyigan.  Masalan,  Navro‘z  (Yangi  yil) 

tantanalarida yakkama-yakka kurashlar va kuch sinashlar boigan.



122

VATAN  TARIXI

Avlod-ajdodlarimiz  sho‘x,  xushchaqchaq  bo‘lganlar,  o ‘yin- 

kulgi,  ashula  va  musiqani  yaxshi  ko‘rganlar,  qilli  asboblar,  do‘mbi- 

ra,  kam ay-sum ay  kabi  asboblami  ishlatganlar.  Turkiy  xalqlar 

dunyodagi  qadimiy  yozma  madaniyatga  ega  b o ‘lgan  xalqlardan 

hisoblanadi.  Turk  hukmronligi  davrida  sug‘d  yozuvi,  oromiy 

yozuvi,  xorazm  yozuvi  bilan  bir  qatorda  qadimiy  turkiy  xalqlaming 

yozuvi  «Turk-Run  yozuvi»,  « 0 ‘rxun-Enasoy  yozuvi»,  «Ko‘k 

Turk  yozuvi»  nomalarda  keng  ishlatilgan.  Yaqinlarga  qadar  (ya’ni 

1970-yillargacha)  turkiy  yozuv  milodimizning  V I-V II  asrlarida 

shakllangan  degan  fikr  yetakchi  b o ‘lgan.  Lekin  1970-yilda  Almati 

yaqinidagi  Issiq  nomli  qadimgi  qo‘rg‘on-qabrda  arxeologiyaga 

oid  tadqiqot  ishlari  o ‘tkazilganda  miloddan  aw alg i  birinchi 

mingyillikning  o ‘rtalariga  oid  ko‘plab  buyumlar  qatori  kumush 

kosacha  ham  topildi.  Uning  sirtida  chizma  shakllari  qadimgi  turkiy 

yozuvga o ‘xshash bitik b o ‘lib, u fanda «Issiq» yozuvi nomini oldi.  Bu 

turkiy yozuvni taniqli olim  A.S.Omonjo‘lov o ‘qib talqin etdi.  Demak, 

qadimgi  turkiy yozuvning  ildizlarini  ancha  uzoq  o ‘tmishdan  izlamoq 

kerak.  Bu  fikmi  A fg‘onistonning  Dashti  Navur,  Surxondaryoning 

Xolchayon,  Dalvarzintepa,  Fayoztepa  kabi  yodgorliklaridan  topilgan 

miloddan  aw alg i  II—I,  milodimizning  I-II  hamda  V -V II  asrlariga 

oid  yodgorliklaridagi  «Issiq»  yozuviga  o'xshash  bitiklar  ham 

tasdiqlamoqda.  Bitik  yozuvlar  avvalo  turkiylar  tarixi  uchun  asosiy 

manba bo‘lsa, undan keyin yozma adabiyotning  ilk namunasi  hamdir. 

Yosh  va  iqtidorli  olim  Nasimxon  Rahmonning  fikricha  turkiylar 

qanchalik  katta  hududni  egallagan  bo‘lsalar,  ular  yaratgan  yodnoma 

bitiklar ham  shunchalik  katta  hududga yoyilgan.  Ular  quyidagilardan 

iborat:

1.  Shimoliy M o‘g ‘uliston yodnomalari.

2.  Lena-Boyko‘lbo‘yi yodnomalari.

3.  Oltoy yodnomalari.

4.  Sharqiy Turkiston yodnomalari.

5.  0 ‘rta Osiyo guruhi  yodnomalari.

6.  Sharqiy Yevropa yodnomalaridir.

Har  bir  bitiktosh  Vatan  va  xalq  taqdiridan  ogoh  etib  turadi. 

Ayniqsa,  Turk  xoqonlari:  Kultigin,  Bilga  xoqon,  Tunyuquq  shara- 

figa  o ‘matilgan  bitiktoshlarda  el  va  budun  (xalq)  taqdiridan 

xavotirlik  bosh  masala  qilib  ko‘tarilgan.  Vatan  mustaqilligi  uchun 

kurash,  xalqni  asoratdan  olib  chiqish,  mustaqil  mamlakatda  qonun- 

qoida joriy  qilish,  Bumin.  Istami  va  Eltarish  xoqonlar,  Eltarishning 

o ‘g ‘illari  Bilga  xoqon  va  lashkarboshi  Kultigin,  dono  maslahatchi




IV bob.  0 ‘rta  asrlar davri.

123


Tunyuquq  zimmasiga  tushdi.  Bitiktoshlarda  ana  shu  shaxslaming 

qahramonliklari,  fidoyiliklari  haqida  hikoya  qilinadi.  Bilga  xoqonga 

ko‘proq  e ’tibor  berilgan.  Bu  bejiz  emas,  albatta.  Bitiktoshlaming 

aksariyati  ana  shu  Bilga  xoqon  davrida  yaratilgan,  Bilga  xoqon 

turkiylar  tarixida  adolatparvar,  elparvar  xoqon  sifatida  nom 

qozongan.  Bilga  —   dono  degan  m a’noni  anglatadi.  Bilga  xoqon 

turk  xalqining  Vatani  abadiy  b o ‘lishi  uchun  kurashgan.  U  xalqqa 

qarata  shunday nasihat  qiladi:  «Falakday  xudodan b o ig a n  turk  dono 

xoqoni  bu  dunyoga  keldim.  So‘zimni  tugal  eshitgin,  keyinimdagi 

ini,  jiyanim,  o ‘g ‘illarim,  ittifoq  u ru g im ,  xalqim,  o ‘ngdagi  shadapit 

beklar, chapdagi tarxonlar, buyruq beklar,  o ‘ttiz to ‘qqiz o ‘guz beklari, 

xalqi  bu  so‘zlarimni  yaxshilab  eshit,  diqqat  qilib  tingla!  Oldinga—  

kunchiqarga,  o ‘ngga  —   janubga,  orqaga  —   kunbotarga,  chapga—  

shimolgacha  b o ig a n   yer  ichidagi  xalq  menga  qaraydi.  Shuncha 

xalqni  mamnun  qildim.  U  endi  yovuz  em as»1.  Xalqni  birlashtirish, 

Vatan mustaqilligini ta’minlash, Bilga xoqonning ezgu niyati b o igan. 

U  o ‘z  so‘zini  davom ettirib,  o ‘git  qiladi:  «Vatanni  saqlab  qolish  faqat 

xoqonning  o ‘ziga  emas,  xalqqa  ham bo g iiq .  Ajdodlaming yutuqlari- 

yu  xatosi  buni  tasdiqlaydi.  Xalq  o ‘z  xoqonining  y o i-y o ‘riqlarini 

amalga  oshirishi  lozim,  aks  holda  uning  boshiga  k o ‘p  kulfatlar 

keladi.  0 ‘ta  ishonuvchan boim aslik,  boshqalaming  gapini  mulohaza 

qilgandan  keyin  ish  yuritish  kerak.  Samimiylik  bilan  yolg‘onni 

farqlay  bilish  kerak.  Samimiylikning  ortida  ko‘pincha  yolg‘on 

b o iad i.  Qattiq  gapirgan,  qattiqqoi  xoqon  o ‘z  xalqiga  yomonlikni 

ravo  k o ‘rmaydi.  Odamni  ajrata  bilmay,  to ‘kis  ishonuvchan  b o isa , 

fojiaga ko‘ra y o i  ochiladi,  darbadarlik  shundan boshlanadi:  «Ey turk 

xalqi,  to ‘kis  ishonuvchan  samimiy,  nosamimiylikni  ajratmaysan,  kim 

qattiq gapirsa,  samimiylikni ham tanimaysan.  0 ‘shandayliging uchun 

tarbiyat  qilgan  xoqoningni  so‘zini  olmayin.  har  qayerga  ketding  u 

yerlarda  butunlay  g o y ib   boid in g ,  nom-nishonsiz  ketding.  0 ‘sha 

yerda qolganing har joyda zo‘rg‘a oiib-tirilib yurgan eding»2.

Iste’dodli  Bilga xoqon tarqoq,  darbadar xalqni  bir yerga to ‘pladi. 

U  xoqon  b o iib   o ‘tirgach:  «Yo‘q  qashshoq  xalqni  yaxshilab  oyoqqa 

turg‘azdi.  Qashshoq  xalqni  boy  qildi,  oz  xalqini  ko‘paytirdi».  Bilga 

xoqon  bek  va  xoqonlarga  ulaming  xato  va  kamchiliklarini  ro ‘yirost 

aytib  nasihat  qildi:  «Turk  beklari,  xalqi,  buni  eshiting!  Turk  xalqini 

to ‘plab  davlat  tutishingizni  bu  yerda  toshga  o‘yib  yozdim.  Adashib 

ayrilganmgizni  ham bu yerda yozdim».

Насимхон Рщмон.  Турк хокошшгн. —  Т.,  1993.  71-бет.

; O'sha manba.  72-бет.




124

VATAN  TARIXI

Turk  xoqonligidagi  xalqlaming  bir  qismi  eftaliylar  singari 

«J»  lovchi  shevalarda  so‘zlashganlar.  VI  asrga  kelganda  u  «У» 

lovchi  lahjaga  aylanib,  davlat  tili  b o iib   qolgan.  Turk  yozuvi  bilan 

bir  qatorda  sug‘d  va  xorazm  yozuvi  ham  keng  qoilanilganligini 

yuqorida  ta ’kidlagan  edik.  Sug‘d  yozuvi  25  ta  belgidan  iborat 

b o iib ,  chapdan  o ‘ngga  qarab  yozilgan.  Ulaming  taqvimi  b o igan. 

Bunday 

taqvimlar 

Tojikiston 

togiarid an  

topilgan. 

Mirsodiq 

Is’hoqovning fikriga k o ‘ra  sug‘d tilining  amaliy k o ia m i  shu  darajada 

keng  bo iganki,  0 ‘rta  Osiyo  va  Yettisuv  viloyati  hamda  Sharqiy 

Turkistonning  k o ‘p  yerlarida  aholi  sug‘d  va  turkiy  tillarda  bemalol 

so‘zlashavergan.  Shaharlarda  sug‘d-turk  ikki  tilliligi  rasmiy  holat 

b o iganligi  Mahmud  Qoshg‘ariyning  «Devonu  lug‘otit  turk»  asarida 

ham  qayd  etilgan.  Xullas,  o ‘tmish  avlodlarimiz  yuksak  darajada 

qadimiy  yozma  madaniyatga  ega b o ig a n   deb  qat’iy xulosa chiqarish 

uchun  hamma  asoslarga  egamiz.  Bu  yozuv  madaniyat  durdonalari 

keyinchalik  arablar  va  m o‘g ‘ullar  bosqini  davrida  yo 'q   qilib 

yuborilgan.

Daliliy  ashyolar  VII  asrda  mamlakatimiz  hududida  savodxonlik 

kuchli  boiganligidan  guvohlik  beradi.  5  yoshga  to ig a n   bolalar 

yozish  va  hisob-kitobga  o ‘rgatilgan.  20  yoshga  to ig an d a  esa  savdo- 

sotiq  bilan  shug‘ullanish  uchun  savdo  karvonlariga  qo‘shib  chet 

davlatlarga yuborilganligini  tasdiqlovchi m aium otlar bor.

V I-V II  asrlarda Turk xoqonligi  hududida yashagan  xalqlar diniy 

nuqtayi  nazardan  turli-tuman  g ‘oyalar  ta ’sirida  boiganlar.  Deyarli 

har  bir  urug‘  qabila  va  xalqning  o ‘z  diniy  e ’tiqodi  b o ig an.  Shu 

boisdan  turk  qabilalarida  ko‘pxudoIilik  keng  tarqalgan.  Jumladan, 

buryatlar  99  tangriga  topinganlar  va  bu  tangrilar  dunyoni  boshqaradi 

deb  tushunganlar.  Bundan  tashqari,  tabiat  jism lariga  sajda  qilish  va 

topinish  xalqning  kundalik  odatiga  aylangan.  Jumladan,  xoqon  va 

amaldorlar quyosh,  osmon,  oy mhiga sig in ib  qurbonliklar keltirsalar, 

kam bag‘al  oddiy  xalq  yer-suv,  osmon,  oy  va  quyosh  mhiga,  hay von 

va qumlarga ham sajda qilib topinaverganlar.

0 ‘rta Osiyoda Animizm ko‘pchilik turkiy xalqlar uchun umumiy 

din  b o ig an .  Bu  diniy  g ‘oya bo‘yicha odamlar  hamma narsaning  mhi 

bor,  deb  bilganlar.  Shunga  muvofiq  tabiat  hodisalari,  turli  ofatlami 

jonli  deb  qaraganlar va unga sajda qilganlar.

Turkiy  xalqlar  o ‘zlaricha  biror  hayvonga  topingan  va  uni 

o ‘zining xudosi  deb bilgan.

Ota-bobolar  mhiga  sig‘inish  ham  turkiy  xalqlar  o ‘rtasida  X 

asrga  qadar  keng  tarqalgan  diniy  e ’tiqodlardan  bo ig an .  Bu  hoi  mh



IV bob.  O 'rta asrlar davri.

125


oim aydi,  u  narigi  dunyoda  ham  yashaydi,  degan  tasavvurlardan 

paydo bo‘ladi.  576-yilda Istami xoqonni dafn qilish marosimida uning 

o ‘g ‘li  otasining  minib  yurgan  otlarini,  shu  bilan  birga  to ‘rt  harbiy 

asimi  otasining  arvohiga  qurbon  qilgan.  Shu  bilan  birga  Istamining 

o ‘gli  dunyodan  o ‘tgan  otasiga  yetkazish  uchun  haligi  asir  qullarga 

qandaydir  topshiriqlar  bergan  ekan.  Demak,  turkiylar  u  dunyodagi 

hayotni  bu  dunyodagi  hayotning  davomi  deb  bilganlar.  Bu  jihatdan 

u  ko‘pchilik  ruhni  tan  olishga  asoslangan  animizmdan  farq  qiladi  va 

tanho  ruh  g ‘oyasi  ilgari  suriladi.  Bu  degan  so‘z  tangri  turkiylaming 

bosh xudosi,  hamma turkiy qabilalar tangriga topinganlar.

V -V II  asrlarda  turkiy  xalqlar  o ‘rtasida  otashparastlik,  buddizm 

va xristian dini ham rivojlana bordi.

Turk  xoqonlari  davriga  oid  manbalar,  tarixiy  obidalar  nisbatan 

kam  saqlangan.  Ammo  Xitoy  manbalarida  ta ’kidlanishicha  V I-VII 

asrlarda Turk xoqonligida tasviriy san’at,  haykaltaroshlik  ancha keng 

taraqqiy  etgan.  Ustrashona,  Xolchayon,  Dalvarzintepa,  Fayoztepa, 

Panjikent  harobalaridan  topilgan  naqshlar  va  suratlar  bu  fikrimizni 

yorqin  ifoda  etadi.  Buxoro  hokimining  ko‘hna  Varahshadagi  saroy 

binolaridagi suratlar diqqatni jalb etadi.

Oq  fil  mingan,  nayza,  qilich  va  arqonlar  bilan  qurollangan 

askarlar  hayvonlar  va  qanotli  ajdaholar  bilan  jang  qilmoqdalar. 

Fillar,  beligacha yalang‘och  askarlar  oltin  va  qimmatbaho  toshlardan 

yasalgan  har  xil  bezaklar  bilan  bezatilgan.  Boshqa  bir  katta  xonada 

esa  podsho  o ‘z  saroy  ahlini  tantanali  suratda  qabul  qilayotganligi 

manzarasi aks ettirilgan.  Podsho qanotli,  ikki tuyaning surati  solingan 

taxtda  o ‘tiradi.  Taxtning  ikki  tomonida  esa  juda  qimmatbaho 

kiyimlar  kiygan,  qilich  va  xanjar  taqqan,  qo‘llarida  qadahlar 

ko‘targan  erkaklar,  taxt  yonida  ustida  olov  yonib  turgan  idishning 

surati  solingan.  Bu  davrda  kulolchilik  san’ati  ham  rivoj  topgan. 

Turli  idishlar,  uy-ro‘zg ‘or  anjomlari,  hayvon,  meva-cheva,  odamlar 

tasviri  bilan  bezatilgan  va  sirtiga  sirli  shaffof mineral  ishlatilganligi 

uchun ular yaltirab  turgan.  Turk xoqonligi  davrida yaratilgan  moddiy 

madaniyat  yodgorliklaridan  biri  loydan  yasalgan  har  xil  tasvirdagi 

haykalchalardir.  Bu  haykalchalar  q o iid a   kosa  yoki  qurol-yarog‘ 

ushlab  turgan  kishi  shaklida  bo‘iib,  odatda,  ular  qo‘rg ‘oncha  yoki 

marhumlar qabrlariga qo‘yilgan.

Vizantiyalik  tarixchi  Menondr  turk  xoqoni  Istami  Dizovul 

chodirlaridan  oltindan  ishlangan  taxt,  yotoq,  ko‘za,  ko‘vachalar, 

kumush  idishlar,  hayvonlar  shaklida  ishlangan  buyumlar  topilgan- 

ligini  aytib,  bu  san’at  asarlari  Vizantiyada  ishlangan  shu  xildagi




126

VATAN  TARIXI

buyumlardan  qolishmaydigan va kishini  hayratga  soladigan  darajada 

go‘zal  boiganligini  yozadi.  Shunday  qilib,  IV  asming  oxiri  va  V 

asming  boshlaridan  e ’tiboran  mamlakatimiz  hududida  feodal 

tuzumning  ilk  kurtaklari  namoyon  b o ia   boshladi.  Asta-sekinlik 

bilan  feodal  taraqqiyoti  tomon  rivoj lanib  borgan  sari,  mamlakatimiz 

xalqlari  jahon  taraqqiyotida  o ‘ziga  xos  o ‘ringa  ega  b oidilar, 

jahon  davlatchiligi,  sivilizatsiyasi  va  madaniyatiga  o ‘z  hissalarini 

qo‘shdilar.




Download 11,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish