IV bob. 0 ‘rta asrlar davri.
109
ilgari suradilar. Eftaliylar tarixiga oid m aium otlar rimlik tarixchi
Ammian Marsellin (IV asr), vizantiyalik tarixchi Prisk Paniyskiy (V
asr), Prokopiy Kesariyskiy (VI asr), Feofan Vizantiyskiy (VI asr),
suriyalik yozuvchi Zenob Glak (V II-VIII asrlar), armanistonlik
tarixchilar Lazar Parbski (V asr), Favsto Buzanda (IV asr), Yerishe
(V asr) asarlarida berilgan. Birmuncha keyinroq yozilgan Xitoy
solnomalari «Vey-Shu» (VI asr) va «Мап-shu» (IX -X asr)da ham
eftaliylar to‘g ‘risida qimmatli manbalar bor.
Eftaliylar tarixi bilan rus sharqshunos olimlari P.I.Lerx,
N.I. Veselovskiy,
V.V.Bartold,
A.Y. Yakubovskiy,
S.P.Tolstov,
A.N. Bemshtam, chet ellik tarixchilardan Shnext, Druen, Markvart
Xermman, Mak Govyem va boshqalar ham shug'ullanganlar va
qimmatli asarlar yozganlar. Eftaliylar turli tillarda, turlicha nomlarda
talqin qilinganlar. Xitoylarda E-da yoki I-da, armanlarda — Xental,
yunonlarda abdel.
Tarixiy manbalaming guvohlik berishicha «eftaliylar» degan
nomning o ‘zi V asming ikkinchi yarmidan e ’tiboran paydo b o ‘lgan.
Feofan Vizantiyskiyning m aium otlariga qaraganda eftaliylar shohi
Vaxshunvor Eftalon deb nomlangan. Arman tarixchilaridan biri esa
eftaliylar degan nom «xaft» (yetti), y a’ni massagetlaming yettinchi
qabilasi nomidan olingan deb hisoblaydi.
Tarixiy manbalaming guvohlik berishicha 457-yildan e ’tibo
ran eftaliy podshosi Vaxshunvor Chog‘oniyon, Tohariston va
Badaxshonni o ‘ziga bo‘ysundiradi. Eftaliylaming kuchayib ketayot-
ganligidan xavfsiragan sosoniylar shohi Peroz eftaliylarga qarshi
yurish qiladi. Ammo u yengilib asirga tushadi va yordam so‘rab
Vizantiyaga murojaat qiladi. Vizantiyadan yuborilgan pul evaziga
asirlikdan ozod qilingan Peroz eftaliylarga ilgari bosib olingan
Taliqon shahrini qaytarib berish va Varaxran V tomonidan
belgilangan chegaradan nariga o ‘tmaslik majburiyatini oladi. Taliqon
shahrida o ‘matilgan chegara minorasi fillar yordamida ko‘chiriladi.
Ammo Peroz o ‘z va’dasini bajarmaydi va eftaliylar ustiga ikkinchi
marta qo‘shin tortib keladi. Ikkinchi marta ham m ag‘lubiyatga
uchrab, Suriya manbalarida ta ’kidlanishicha, u ikkinchi marta
asir tushadi. Sosoniylar shohi eftaliylarga kumush dirhamlar bilan
to ‘ldirilgan qoplar ortilgan 30 ta xachir berish majburiyatini oladi.
Lekin u faqat yigirmata xachir va shunga loyiq tangalar topa oladi,
xolos. Majburiyatning qolgan qismi evaziga Peroz o ‘zining go‘dak
o ‘g ‘li Kubodni (488-531) garovga qoldiradi va ikki yil davomida
eftaliylarga katta hiroj to ia b turishga majbur b o iad i. Bu xirojni
110
V A TA N T A R IX I
Peroz aholiga og‘ir jon boshi soliqlarini solish yoii bilan to iayd i.
Shu munosabat bilan arman tarixchisi Lazar Perbskiy Peroz Eronni
eftaliylarga sotganligini va uning hech qachon bu qullikdan qutula
olmasligini zorlanib yozgan edi. Majburiyatdagi qarzni to ‘lab
b o ‘lgan Peroz o ‘zini eftaliylarga do‘st qilib k o ‘rsatmoqchi b o ia d i va
o ‘z singillaridan birini eftaliylar podshosi Vaxshunvorga xotinlikka
taklif qiladi. Biroq Peroz singlisini o ‘miga boshqa qizni yuborib
Vaxshunvomi aldaydi. Vaxshunvor bunga javoban eftaliylaming
iltimosiga ko‘ra Erondan kelgan harbiy maslahatchilami kaltaklat-
tiradi va oidiradi.
Peroz Vizantiya yordamida uchinchi marta eftaliylar ustiga
yurish qiladi. Bu yurishda eftaliylar chegarasidan o ‘tgan Peroz
o ‘z askarlari bilan ular uchun maxsus, ataylab tayyorlab qo‘yilgan
b o ‘ri uyalariga tushib qoladi va halok bo iad i. Perozni tor-mor
keltirgan eftaliylar Eronga juda katta o ip o n soliqlar soladilar va
Marvni egallaydilar. Sug‘dni esa ular allaqachon o ‘zlariga qaratgan
edilar, So‘ngra eftaliylar Kobul va Panjob vodiysini, Qarashar,
Urumchi (490), Qoshg‘ar (497-509) va X o‘tonni ham zabt
etadilar. Umumiy xulosa shundan iboratki, eftaliylar massagetlar
avlodidir, ular kushonlar siyosatini davom ettiradilar va 0 ‘rta
Osiyoda yagona markazlashgan davlatni barpo etdilar. Eftaliylar
q o ii ostida tarbiyalangan Perozning o ‘g i i Kubod davrida Eron
eftaliylarga hiroj to iash d a davom etdi, Kubod hukmronligi davridagi
(488—5 3 1-yillar) tengsizlik va ekspluatasiya zulmiga qarshi xalq
ommasi o ‘rtasida norozilik qo‘zg‘olonlari b o igan . Bu davrda barcha
yerlar jam oa q o iid a n tortib olinib «dehqon mulki»ga aylantirilgan.
Barcha boylik va hokimiyat boylar q o iid a b o ig an . Ayollar huquqi
poymol qilingan. Boylar ko‘ngil xushi uchun istagancha xotinlar
olganlar. Bu hoi Mazdak boshchiligida qo‘zg‘olon kelib chiqishiga
sabab b o ig an . Mazdakchilar
«Z» harfi bilan boshlanadigan to ‘rt
narsaning aholi o ‘rtasida teng b o iish n i talab qilganlar: 1) Zamin
Do'stlaringiz bilan baham: