2. T U R K X O Q O N L IG I
VI
asrning o ‘rtalariga kelib Oltoy, Yettisuv va 0 ‘rta Osiyodagi
turli qabilalar va xalqlar birlashib katta Turk xoqonligi davlatini
tashkil qildilar. Lekin bundan turkiy xalqlar va ulaming davlatga
uyushuvi VI asrning o ‘rtalariga qadar boim agan, degan xulosa kelib
chiqmasligi kerak. I.Bichurin, N .Gumilev va boshqa turkshunos
olimlaming bergan m a’lumotlariga ko‘ra, eng qadimgi turkiyzabon
xalq xitoy solnomalarida miloddan aw alg i 1756-yildan boshlab tilga
olinadi.
Turk turkiylar — jahondagi qadimgi va yirik etnoslardan birining
nomi. So‘nggi davrda jahon olimlari, jumladan, o ‘zbek olimlari
tomonidan amalga oshirilgan tadqiqotlar natijasida va qadimgi Xitoy
manbalaridagi m a’lumotlarga ko‘ra, ushbu atama bundan 3,5—4 ming
yil muqaddam rasmsimon iyerogliflar bilan yozilgan bitiklarda «tiek»
va «tiauk» shaklida uchraydi. Turk so‘zi baquw at, barkamol, odillik
kabi m a’nolami anglatadi, degan fikrlar mavjud. Qadimgi Xitoy
manbalarida turklar qiyofosi chuqur ko‘zli, qirra bumnli, basavlat va
sersoch deb ko‘rsatiladi.
1 Наршахий. Бухоро тарихи. - Т., «Камалак». 1991 йил. 100-бет.
114
VATAN TARIXI
Bir necha ming yilliklar davomida turkiy qabilalar ko‘p marta
birlashgan va parchalanganligi tufayli ulaming qabilaviy tarkibi
o‘zgarib turgan.
Miloddan aw alg i II asrdan — milodiy III asrgacha bo‘lgan
davrda turklar Xunn xoqonligi tarkibida b oig an lig i sababli Xitoy
manbalarida shyunno, xunnu deb ham atalgan. Mazkur xoqonlik
yemirilgandan keyin 300 yilga yaqin davr davomida xitoylar turklami
tiekle (zamonaviy tilda tele) deb atashgan1.
Turkiy xalqlar to‘g‘risida turlicha afsonalar tarqalgan. Ulardan
birida aytilishicha, G ‘arbiy dengiz sohilida yashagan turkiy laming
ota-bobolari qo‘shni qabilalar tomonidan qirib tashlangan. 0 ‘n yoshli
bola yashirinib, favqulodda tirik qolgan. 0 ‘sha yerda yashaydigan
urg‘ochi bo‘ri unga xotin bo‘ladi. Ochlikdan va dushmanlardan
qutqarish uchun o ‘sha bolani b o ‘ri olib, Turfon tog‘lari tomon ketadi.
T og‘da bir g ‘or bor edi. U yerda urg‘ochi b o ‘ri o ‘nta bola tug‘adi.
Bolalaming otasi o ‘sha qutqarilgan turk edi. Bo‘ri bolalari Turfondagi
ayollarga uylanadilar. Har bir boladan bir urug‘ kelib chiqadi.
0 ‘g ‘illardan birining ismi Ashin edi. Uning nomi hamma qabila
nomini anglatadigan b o iad i. U o ‘z aka-ukalariga nisbatan aqlliroq
boiganligidan qabilaning yetakchisi b o iib oladi. U rug‘ asta-sekin
bir necha yuz kishiga yetadi. Ashinning merosxo‘rlaridan biri qabila
b o sh lig i Asan Shad b o ‘ri avlodlarini Turfondan Jujan qabilalari
yerlariga olib keladi, ular fuqarolarga aylanib, temir qazib olish bilan
shug‘ullanadilar. Oltoyda ular turk nomini oladilar. Afsonaga ko‘ra,
«Turk» so‘zi Oltoy to g in in g eng qadimgi nomidir. Ikkinchi afsonaga
k o ‘ra, turk qabilasining ota-bobolari So saltanatiga borib taqaladi.
Bu saltanat Oltoyning shimolida joylashgan edi. Qabila b o sh lig i
Abanbuning o ‘n oltita ukasi bor edi. Shulardan biri Ichasin Ishid
«Bo‘ri o ‘g ii» deb nom olgandi. So saltanati dushmanlar tomonidan
tor-mor qilinadi. Omon qolganlari tarqalib ketadilar. B o‘ri o ‘g i i juda
tadbirkor b o ig an . Shu bois imkoniyat topib, u u ru g in i qiyin ahvoldan
olib chiqadi. Uning o ‘g ‘illaridan biri Oqqush b o iib , Abakan daryosi
b o ‘ylarida hukmronlik qiladi. Ikkinchi o ‘g ‘li esa Sig‘u saltanatiga
asos soladi. Bu saltanat Kama daryosi bo‘ylarida edi. Uchinchi
o ‘g i i Chjuchje daryosi b o ‘ylarida hukmronlik qiladi. Katta o ‘g ‘li
Nudulu Shad G ‘arbiy Sayanga o ‘mashadi. Nudulu Shadning o ‘nta
xotini bo ig an . Uning o ‘g‘illari onasining qabilasi nomini oladilar.
1 Узбекистан миллий энциклопедияси. 8-жилд. «Узбекистон миллий энциклопедияси»
Давлат илмий нашриёти. Тошкент, 2004. 640-бет.
IV bob. O 'rta asrlar davri.
115
Eng kichik xotinining o ‘g ‘li Ashin edi. Nudulu Shad vafotidan keyin
taxtga o ‘g ‘illaridan birontasi o ‘tirishi kerak edi. Shunda aka-ukalar
kimki kuchli bo‘lsa, o ‘sha urug‘ boshlig‘i b o ia d i, deb qaror qiladilar.
Musobaqada Ashin g ‘alaba qozonadi. U Asan Shad nomini olib, urug‘
boshlig‘i bo‘ladi. Uning vafotidan keyin esa uning o ‘g ‘li Tuu taxtga
o ‘tiradi. Tuuning o g ii Tumin (Bumin) turk xoqonligiga asos soladi.
Tuba qabilasi Shimoliy Xitoyni bosib oladi. U yerdagi qabilalar
orasida Ashinning beh yuz oilasi bor edi. Shu paytda Ashin urug‘i
Xunn hokimi Muganga qaram edi. 439-yilda tubalar xunnlar
ustidan g ‘alaba qozonadi. Shundan keyin xunnlarga tobe b o ig a n
Ashinning besh yuz qabilasi jo ‘janlar huzuriga k o ‘chib boradi.
Oltoy togiarining janubida o ‘mashib, jo ‘janlarga temir qazib bera
boshlaydilar. Ashin urug‘i qayerda, kimning hukmronligi ostida
boim asin, o ‘z tilini saqladi. Albatta bu afsonadan turkiy xalqlar bo‘ri
uru gid an tarqalgan, degan xulosa chiqmaydi.
Taniqli olim Ashraf Ahmedovning yozishicha V asrning
ikkinchi yarmida Xun davlati parchalanib ketgan. Xunnlaming
uncha katta boim ag an bir toifasi o ‘z atrofiga qisman m o‘g ‘ul va
xitoy muhojirlarini birlashtirib, hech qanday hokimiyat va’ davlatga
b o ‘ysunmasdan ko‘chmanchilik qilib kun kechirganlar. Ana shu
toifani ularga qo‘shilgan m o‘g ‘ullar «Turk-utu», y a’ni «bo‘ri
u r u g i1» deb atagan ekanlar. Ammo bu degan so‘z turklar bo‘ri
u ru gidan degan m a’noni bildirmaydi. Balki barcha xalqlaming ham
uzoq o ‘tmishida b o ig a n i singari har bir qabilaga go‘yo homiylik
qilgan hayvon, daraxt va jism lar nomi bilan atalgan. Jumladan,
arab qabilalaridan birining nomi «B anu qalb» «it o‘g ‘illari» degan
m a’noni bildiradi. Biz bundan shu arab qabilasi itdan tarqalgan
deb tushunmasligimiz kerak, albatta. It qachonlardir o ‘sha qabilani
himoya qilgan, yoki ular itga topingan deb tushunmoq kerak b o iad i.
Xuddi shuning singari xunnlaming bir urug‘i ham o ‘zlarini bo‘ri
u ru g ig a mansub bilib, «Bo‘z q u rt» deb atashgan. Lekin atrofdagi
qabilalarga bu so‘zning m o‘g ‘ulcha atalishi «turk-utu» ko‘proq qulay
b o ig an . VI asming boshlariga kelib, o ‘sha qabilalar uyushmasi son
jihatdan osha borgan. Nomlanishdagi ikkinchi so‘z tushib qolib turk
deb atalavergan. Ana shu tariqa VI asming o ‘rtalariga kelib 0 ‘rta
Osiyoda Turk xoqonliga tarkib topadi. Shunisi diqqatga sazovorki,
bu xoqonlikka asos solgan kishining ismi Ashin b o iib , uning
m o‘g ‘ulcha m a’nosi ham b o ‘ri ekani ta’kidlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |