Bobur n o m id a g ia n d ijo n davlat universiteti ru stam bek shamsutdinov, shodi k a rim o V



Download 11,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/253
Sana31.12.2021
Hajmi11,52 Mb.
#219543
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   253
Bog'liq
2 5467894839875994463

IV 

B O B  

O'RTA  ASRLAR  DAVRI

O'RTA  OSIYO  XALQLARI  ILK O'RTA  ASRLAR  DAVRIDA

(V—VIII  asrlar).

YERGA EGALIK  MUNOSABATLARINING  RIVOJLANISHI. 

EFTALIYLAR  VA  TURK  XOQONLIGI  DAVRI 

(V-VII  asrlar)

I.  E FT A L IY L A R   D A V L A T I

0 ‘zbekiston  hududida  yerga  egalik  munosabatlari  m a’lum 

darajada  o ‘ziga  xos  xususiyatlarga  ega  bo‘lgan.  Soliqni  m a’lum 

hududdagi  jamoaga  uyushgan  erkin  dehqonlar  to ‘laganlar.  Bu  erkin 

dehqonlar  «kashovarzlar»  deb  atalganlar.  Yer  egasi  b o iib   qolgan 

harbiy  zodagonlar  esa  «dehqon»  deb  atalgan.  «Dehqon»  qishloq 

xo‘jayini  m a’nosini  anglatadi. 

Kashovarzlar  jam oa  b o sh lig i 

«dehqon»ga  soliq  toiaganlar.  X  asr  tarixchisi  Tabariy  shu  m a’noda 

bunday  dehqonlaming  qayerdan  kelib  chiqqanligini  tushuntiradi. 

G o‘yo  afsonaviy  podsho  Monuchehr  har  bir  qishloqqa  bir  dehqonni 

boshliq  qilib  tayinlab,  bu  qishloq  aholisiga  shu  dehqonga  bo‘ysunish 

va  uning  uchun  ishlashni  buyurgan  ekan.  Bu  hoi  quldorlikka 

asoslangan  eski  shaharlami  tushkunlikka  uchrashiga  sabab  b o id i 

va  dehlaming  mulklari  yonida juda  ko‘p  may da  xo‘jalik  markazlari 

vujudga  kela  boshladi.  Kushon  davlati  inqirozga  uchrab  tarqab 

ketgach,  ayrim vohalarda mustaqil mulklar paydo b o id i.

IV 


asrning  o ‘rtalarida  kushon,  eftaliy  va  yana  bir  massaget 

qabilalari  boshqa  bir  qabila  bilan  birlashgan.  Arman  tarixchilari 

bu  qabilani  «xonlar»,  vizantiyalik  tarixchilar  esa  «xioniylar»  deb 

ataganlar.  Arman  va  suriyalik  tarixchilar  «xonlar»ni  kushonlar  bilan 

bir xil bilishgan, vizantiyaliklar esa ulami «oq xunnlar» deb atashgan. 

Bu  yerda  xionitlar  badanining  oqligi,  o ‘troq  turmush  sharoiti  va 

boshqa  ko‘chmanchi  xunnlarga  nisbatan  ancha  yuqori  madaniyat 

darajasiga egaligi e ’tiborga olingan.

Birinchi  marta  xioniylar  Ammian  Marsellin  asarida  qalamga 

olingan.  356-yilda  xioniylar  begi  Gmmbat  o ‘z  o ‘g ‘li  bilan  Eron 

sosoniylari  podshosi  S ho p u r  I I   (309-379-yillar)  tomonida  turib 

Amida  (Suriya)  shahrini  qamal  etgan  paytda  ittifoqchi  sifatida




108

V A TA N   T A R IX I

qatnashadi.  Sosoniylar  podshosi  Varaxran  V  (4 1 8 ^3 8 -y illar) 

xioniylarga  qarshi  qattiq  kurashlar  olib  borgan.  Bu  davrda 

xioniylar  Amudaryo  havzasini  egallab  olib,  o ‘z  hududlarini  yanada 

kengaytirishga  harakat  qilayotgan  edilar.  Marv  atrofida  olib  borilgan 

jangda  xioniylar  ustidan  g ‘alaba  qozongan  Varaxran  V  o ‘z  davlati 

chegaralarini  Talqon  (Marv  bilan  Balx  oralig‘i)gacha  kengaytirdi 

va  bu  yerda  toshdan  chegara  minorasi  qurdirdi.  Undan  keyingi 

sosoniylar  podshosi  Yazdigard  II  (4 3 8 -457-yillar)  xioniylaming 

to ‘xtovsiz  b o iib   turadigan  hujumlaridan  himoyalanib,  qarorgohini 

shimolga  tomon,  Shahriston— Yazdigard  shahriga  ko‘chirdi.  Bu 

davrda  u  xioniylaming juda ko‘p  qishloq  va  shaharlarini  vayron  qildi 

hamda  Balxan  tog‘i  yaqinidagi  C h o i  shahrida  (hozirgi  Krasnovodsk 

shahri yaqinida) o ‘mashib olgan xioniylar podshosini oid ird i.  Ammo 

ikkinchi  yurish  paytida  (453-454)  Yazdigard  qo‘shini  xioniylar 

tomonidan tor-mor keltirildi va uning o ‘zi  qatl etildi.

asr  boshlarida  massaget  qabilalari  ittifoqidan  yana  bir 



qabilaviy  gumh  ajralib  chiqdi.  Ular kidariylar  deb  atalib,  Tohariston 

hududlarida joylashgan  edilar.  Bu  nom  qabila  boshlig‘i  va  podshosi 

Kidar  nomidan  olingan.  Kidariylar  bir  necha  marta  sosoniylar 

Eroniga  hujumlar  uyushtirganlar.  Ammo  456-yildagi  b o ig a n  jangda 

sosoniylar  kidariylami  tor-mor  qiladilar.  Kidariylar  halok  b o ig a n  

o ‘z  podsholari  Kidaming  o ‘g ‘li  Kungas  («Skuxa»  deb  ataluvchi  sak 

nomi  bilan  taqqoslang)  boshchiligida  Hindikush  orqali  Qandahor 

(Peshovar)ga ketadilar va Shimoliy Hindistondagi Gupta podsholigini 

o ‘zlariga b o ‘ysundiradilar.

Kidariylar  bu  yerda  75  yil  mobaynida  hukmronlik  qilganlar. 

V -V I  asrlardagi  tarixshunos  olimlaming  asarlarida  (masalan, 

suriyalik Ieshu  Stilit,  vizantiyalik Prokopiy Kesariskiy,  armanistonlik 

Sebeos  va  boshqalar)  xioniylar  eftaliylar  bilan,  ba’zilarida  kushonlar 

bilan  aynan  bir  b o ig a n   deb  yuritiladi.  Bu  hoi  bizga  bu  qabilalar 

o ‘rtasidagi  farq  etnik  xarakterda  boim asdan  sulolaviy  jihatdan 

farqlanadi,  deb xulosa chiqarishga asos b oiad i.

Ilk  o ‘rta  asrlar  davrida  tashkil  topgan  yirik  davlatlardan  biri 


Download 11,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish