«Men borliqning Qo ‘riqchisiman,
Nomdir menga tag ‘in Himoyat.
Yana bir nom Bilguvchilikdir,
Voqiflikdir yana bir tarzim.
Mening nomim Haqgo ‘ylik erur,
M ening nomim Aldovsizlikdir.
M ening nomim Asraguvchidir,
M ening nomim erur Qaqshatqich,
Ostin-ustun qilguvchi ham men.
Barchani vayron etguvchi ham men,
Yo ‘qlikdan bor etguvchi ham men,
Yana bir nomim Ezgu fa ro g 'at,
H aqqoniyatyana bir ismim'».
«Avesto» kitobida materialistik dunyo, borliq muqqadaslashti-
riladi. Yer, suv, havoni bulg‘ash, ifloslantirish eng og‘ir gunohlar
1 «Фан ва турмуш». 1993-йил, № 3-4, 23-бет.
I l l bob. 0 ‘rta Osiyodagi qadim gi davlatlar
99
qatoriga qo‘shiladi. Oxuramazda «...yerga yaxshi, sog‘lom urug‘lar
sepishdan ortiq savob ish yo‘q...» deydi. Olloh taoloning bu ayt-
ganlariga amal qilish, 10 ming marta ibodat etish yoki yuzlab
jonivomi xudo y o ‘liga qurbonlikka so‘yishdan afzalroq hisoblangan.
Oxuramazda yerga ekin ekishni yerdagi yovuzliklarga barham
berishdan iborat, deb hisoblaydi. Bashoratlardan birida: «Olam
go‘zalligi dehqondan, dehqonchilikdan, kimki yerga urug‘ qadabdi,
u odamiylikka iymon keltiradi, yagona shu yo‘lgina haqiqat b o iib ,
qolgani sarobdir», deyiladi. Bohqa bir bashoratda esa quyidagi
jumlalami o ‘qiymiz: Bug‘doy o ‘stirila boshlasa, devlarni ter bosadi,
sovrilgan bug‘doy tayyor b o isa , devlar zaiflashib qoladi. Un tayyor
boig ach , devlar nola-yu fig‘on chekishadi... Devlarni m ag iu b etish
uchun xonadonda hamisha unli ovqat b o iish i lozim. Bu ovqatni
odam yegandan so‘ng, devlar juda qizishib ketishadi va qocha
boshlashadi».
Oxuramazda qonunlarida qo‘riq va bo‘z yerlami o ‘zlashtirish,
uni jam oa o ‘rtasida adolatli taqsimlash eng savobli ishlardan
hisoblangan. Undan keyingi savobli ish esa oziq-ovqat tayyorlash,
uy hayvonlari va chorva mollarini ko‘paytirishdan iborat boigan.
Zardusht xudo nomidan hukmdorlarga qarata bunday deydi:
«Yomon ovqatlangan xalq na yaxshi, kuchli ishlovchilarga va na
sogiom , baquvvat bolalarga ega bo iad i. Yomon ovqatlanishdan
odob-axloq ham aynib ketadi. Agar non m o i- k o i b o is a muqaddas
so‘zlar ham yaxshi qabul qilinadi». Bir qarashda oddiygina
ko‘rinadigan bu so‘zlarda juda katta falsafiy m a’nolar, tarbiyaviy
o ‘gitlar borligiga amin boiam iz. Zardushtiylik o ‘gitlarida ona
zaminga, dehqonchilikka, hunarmandchilik hamda chorvachilikka,
Vatan va xalqqa ulug‘ muhabbat mhi markaziy o ‘rinni egallaydi.
Buni biz zardushtiylikning N avro‘z, R o‘za, Mehr va boshqa barcha
marosimlarida ochiq-oydin ko‘ramiz.
Yosinning 29-bashorat 5-hikmati va 50-bashorat 8-hikmatida
ibodatdan so‘ng ikki kaftni oldinga ochiq holda yozib k o ‘targan holda
Ollohdan o‘z talablarini qondirishni iltijo qilish rasm-rusmi haqida
gap boradi. Undagi bashoratlarda yer, osmon, ummon boshlanishi,
jannat haqida fikrlar bayon qilinadi.
Bashoratlardagi birinchi odam haqidagi fikrlar o ‘ziga xos bir
tarzda bayon etiladi. Unda ta’kidlanishicha, lyima nomi bilan atalgan
birinchi odam Oxuramazda irodasiga ko'ra 900 yil yashaydi va u
shu davrda odamlami, hayvon va qushlami parvarish qiladi, qizil
100
V A TA N T A R IX I
shu’lali olovni ko‘paytiradi. Oxuramazda Iyimaga oltin nayza bilan
oltin qamchi sovg‘a qiladi. Yer odamlar yashashi uchun torlik qilib
qolganda u nayzani yerga sanchib yemi kengaytirishni iltijo qilib
xudodan so‘raydi va unga erishadi. Oxuramazda Iyimaga yerga
sovuq ofat kelayotganligini va uni oldini olish lozimligim aytadi.
Iyim o ‘ziga bir uy qurib, hayvonot va o ‘simlik zotlarining eng
yaxshilaridan bir juftdan olib, bu uyda ulami saqlab qoladi va shu
tariqa tirik tabiatni ofatdan saqlab qolishga erishadi.
Ammo Iyimaga o ‘z qilgan ishlaridan ortiqcha m ag‘rurlanib
ketadi va xudo tomonidan taqiqlangan ne’mat — qoramol go‘shtidan
iste’mol qilib qo‘yadi. U xudoning qahriga uchraydi va abadiylikdan
judo b o iad i. Odamzod hayotning bu birinchi bosqichidan so‘ng
ikkinchi bosqich boshlanadi. Ikkinchi davr Zardusht faoliyati va
uning diniy islohoti bilan bo g iiq . Bu davr din va imon uchun kurash
bilan xarakterlanadi. Olib borilgan uch mingyillik kurashlardan so‘ng
Zardusht farzandi boshchiligida dunyoda tinchlik, osoyishtalik va
farovonlik yuzaga keladi. Yomonlik va yovuzlik kuchlari timsoli
b o ig a n dev — Axriman yengiladi. Uchinchi davrda qiyomat qoyim
b o ia d i. Barcha o ig a n lar tirilib xudo oldiga keladilar va o ‘z qilmish
kechirmishlari bo‘yicha unga hisobot beradilar. Olloh taolo hamma
ishlardan voqif va uni ko‘rib turibdi. Xudoni aldab boim aydi.
Zardushtiylik dini bo‘yicha odamzod olamdan o ‘tgach uch kunga
qadar joni uning tanasida saqlanadi. T o‘rtinchi kunida har bir odam
zoti go‘zal qiz qiyofasidagi o ‘z mahrami — farishta y o i boshchiligida
narigi dunyodagi qilko‘prik — «Chinvot»dan o ‘tadi. Yaxshi, ezgu
ishlar qilgan insonlarga bu ko‘prik kengayib turadi va y o i beradi.
Undan omon o ‘tgan har bir zot abadiy rohat-farog‘atda — jannatga
y o i oladi va o iik la r tiriladigan kunda o ‘z tanasiga jon kirishini kutib
yotadi. Yomon va yovuz ishlar bilan sh ug‘ullanganlarga «Chinvot»
qilday torayadi va ular jahannam azoblariga mahkum boiadilar,
do‘zahga tushadilar.
«Avesto»ning uchinchi kitobi «Vasparat» deb ataladi, Bu
kitobda olamni, hamma narsani bilishga oid pand-u nasihatlar o ‘rin
olgan. Kitob asosan ibodat namozlari yig in d isi b o iib , 25 qismdan
iboratdir. Bu kitob «Bundaxash», Qadimiy Eron tili paxlaviy tilidan
yozilgan.
Eshtlar va Yosinlar uch qatlamdan iborat: birinchisi xalq epos-
larining Zardushtgacha b o ig a n qo‘shiqlari (she’rlari), ikkinchisi Zar
dusht xat (noma)lari va uchinchisi Zardusht halok b oigandan keyin
I l l bob. O 'rta Osiyodagi qadim gi davlatlar
101
kitob holiga keltirilgan va «Kichik Avesto» nomi bilan yuritiladigan
qismi hisoblanadi. Shuning uchun «Avesto»ning dastlabki ilk va
kichik (so‘nggi) qismlarida uning asosiy qismi Zardushtnomalarini
bir-biridan farq qila bilish kerak. Zardushtnomalar ko‘pxudolikni,
o ‘tga va tabiatning stixiyali kuchlariga sajda qilib sig‘inishni
qoralaydi va yakkaxudolikka da’vat qiladi. Shu paytga qadar ilmiy
adabiyotlarda bildirilgan fikrlar asosan «Kichik Avesto»ga asoslangan
g ‘oyalar bo ig an. Bunda ko‘pxudolilik bilan yakkaxudolilik g ‘oyasi
aralashib, qorishib ketganligidan zardushtiylikni ko‘pxudolilik va
yakkaxudolilik dini sifatida qarab kelganlar. Bu yakkaxudolikka
asoslangan Zardushtiylikning asosiy y o ‘nalishi ko‘pxudolikdan iborat
b o ig a n mazdaniyliq bilan aralashtirish oqibatidir. Zardushtgacha
ham Oxuramazda, Mitra, va boshqa xudolar haqida fikrlar b o igan.
Ammo u xudolar xuddi odamlardek hayot kechirganlar. Zardusht
talqinidagi Xudo Oxuramazda esa Oliy ibtido b o ig an , uning xotin,
bola-chaqalari yo‘q. U hamma narsani, butun borliqni yaratuvchi Oliy
ruh b o iib , barcha ezguliklar va yaxshiliklar bilan odamlar qalbini
munavvar qiladi. Zardusht asos solgan yakkaxudolik dini Eronda
ahamoniylar hokimiyat tepasiga kelib, ular 0 ‘rta Osiyoni bosib
olgach zavolga uchraydi. To‘g ‘ri, Eron shohlari o ‘z saltanatlarini
barqaror qilishda zardushtiylik dinining ahamiyati va o ‘miga yetarli
darajada baho berganlar. Ammo bu dindagi o ‘rtahol, dehdonchilik
m o‘tadil, kamtarona hayotdan iborat turmush tarzini ilohiylashtirib,
quldorlik munosabatlarini qoralash Eron shohlariga yoqmaydi.
«Kichik Avesto»da Oxuramazda olamni yaratuvchi va tartib
o ‘matuvchilikdan ko‘ra ko‘proq qabilaviy xudolami birlashtiruvchi
bosh xudoga aylanib qoladi; ahamoniylar Yunonistonni bosib olish
uchun olib borgan urushlari hamda yunonlaming Eron va Turonni
ishg‘ol qilishlari oqibatida Oxuramazda Yunonistonda bosh xu
do — Zevs sifatida talqin etiladi. Ahamoniylar zardushtiylikni o ‘z
e ’tiqodlariga bo‘ysundirgan bo isalar, makedoniaylik Aleksandr bu
dinni butunlay yo‘q qilib tashlamoqchi b o id i, bu dinga oid kitoblami
butunlay yoqtirib yubordi.
«Avesto» haqida Abu Rayhon Bemniyning « 0 ‘tmish xalqlardan
qolgan yodgorliklar» nomli asarida yozib qoldirgan m aium otlari
diqqatni tortadi. Bemniy bunday yozadi: «Podshoh Doro ibn Doro
xazinasida o ‘n ikki ming qoramol terisiga tillo bilan bitilgan bir
nusxasi bor edi, Aleksandr otashxonalami vayron qilib, ularda xizmat
etuvchilami o id irg an vaqtda uni kuydirib yubordi. Shuning uchun
102
V A TA N T A R IX I
«Abisto»ning beshdan uchi y o ‘qolib ketdi. «Abisto» uttiz nask (qism)
edi. Majusiylar q o iid a o‘n ikki nask chamasi qoldi».
0 ‘lkamiz arab xalifaligi qo‘shinlari tomonidan fath etilib, islom
dinining tarqalishi davrida ham zardushtiylik va uning muqaddas
kitobi «Avesto» qattiq taqib ostiga olindi.
Zardushtiyning 0 ‘rta Osiyoda vujudga kelganligi va uning
jahon madaniyatiga ko‘rsatgan ijobiy ta’sirini inkor etib bo‘lmaydi.
«Avesto»ning bizgacha yetib kelganligi uchun, eng avvalo, ingliz va
fransuz olimlaridan minnatdor b oiishim iz kerak, chunki 1755-yilda
fransuz olimi A.Dyupperon Hindistonga ilmiy safar qilib, u yerdagi
zardushtiy (mazdaiy)lar orasida uch yil yashadi, ulaming ibodatlari,
urf-odatlari bilan yaqin tanishdi va «Avesto»ni fransuz tiliga tarjima
qildi. «Avesto» G ‘arbiy Yevropa, Eron va Hindiston orqali bizga
yetib kelganligidan undagi nomlar, ismlar va terminlar asliga to‘g ‘ri
kelmaydi.
Bemniy yozgan rivoyatlarga qaraganda Zardusht Baqtriya
podshohi Vishtasp (Gushtasp) huzuriga kelib, «Avesto»ni unga tortiq
qiladi. 0 ‘ng va so‘l tomonlari kesilgan k o ‘ylak kiygan, yuziga parda
tortilgan, qo‘lida bir eski qog‘ozni ko‘kragiga mahkam bosganicha
Zardusht kunduz kuni Gushtasp qasriga tushadi. Shunda tom ochilgan
va Gushtasp kunduzgi uyqudan uyg‘onib ketgan. Zardusht «Avesto»
kitobini Gushtasp oldiga qo‘ydi va xudoga iltijo qildi. «Avesto» kitob
agar shu daqiqadan seniki b o ‘Isa, sen shu kitob bilan meni podshoh
huzuriga yuborgan b o ‘lsang, meni misning zararidan saqlagin»,
deydi. So‘ng uning iltijosiga ko‘ra, qizdirib eritilgan mis keltirildi,
uni Zardushtning ko‘kragiga va qomi ustiga qo‘ydilar. Mis tanasi
ustidan oqib tuklarga donachalar b o iib yopishdi, lekin kuydirmadi.
Shu mahaldan e ’tiboran Gushtasp Zardusht e ’tiqodini qabul qildi va
o ‘ziga tobe o ik a larg a bu e ’tiqodni qabul qilishni buyurdi.
Tarixdan m aium ki, zardushtiylik miloddan oldingi VII asrdan
milodiy VII asrigacha qariyb ming yil 0 ‘rta Osiyo, Eron, Ozarbayjon
va boshqa o ik alard a diniy e ’tiqod sifatida yashadi.
Zardusht yashagan va «Avesto» kitobi yozilgan davrda 0 ‘rta
Osiyoda aholining asosiy qismi o ‘troq hayotga, dehqonchilik va
hunarmandchilikka o ‘ta boshlagan, ko‘chmanchi chorvachilikka
e ’tibor kuchaygan, qadimgi shaharlar va dehqonchilik viloyatlari
(Sug‘diyona, M argiyona, Baqtriya, Parfiya, Xorazm)ning shakl-
lanish jarayoni kechayotgan palla. Ajdodlar hayotida yuz berayotgan
bu ijtimoiy iqtisodiy o ‘zgarishlar uning taraqqiyot y o iig a g ‘ov
I l l bob. 0 ‘rta Osiyodagi qadim gi davlatlar
103
boiayotgan mafkuralarini yangilashni, yangi jam iyat talablariga
javob bera oladigan diniy islohotlami amalga oshirishni talab etar
edi. «Avesto»da ana shu islohiy talab o ‘z ifodasini topdi.
«Avesto» asarida patriarxal urug‘ jamoasi haqida, uning so ‘nggi
qismi «Videvdot»da iqtisodiy tengsizlik sinfiy tabaqalanish haqidagi
muammolar ochiladi. Jamiyatning ijtimoiy tarkibi va undagi sinfiy
tabaqalanish jarayoni to ‘g ‘risida qimmatli m a’lumotlar beriladi.
Shunday qilib «Avesto» miloddan aw algi IX VII asrlar ijtimoiy-
iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayot haqida g ‘oyatda muhim
m a’lumotlar beruvchi xalqimizning boy m a’naviy merosidir.
«Avesto»da keltirilgan jamiyatning ijtimoiy tarkibi haqidagi
m a’lumotlarga suyanib fikr yuritadigan bo‘lsak, miloddan aw algi
I mingyillikning birinchi choragida 0 ‘rta Osiyo hududida ibtidoiy
jam oa tuzumi yemirilib, yangi, ilk sinfiy jam iyat tarkib topayotgan
jarayonning guvohi b o ‘lamiz.
«Avesto»ning tub m a’no-mohiyati belgilab beradigan «Ezgu fikr,
ezgu so‘z, ezgu amal», degan tamoyilda hozirgi zamon uchun ham
behad ibratli b o ig a n saboqlar borligini ko‘rish mumkin. «Ezgu niyat,
so‘z va ish birligini jam iyat hayotining ustuvor g ‘oyasi sifatida talqin
etish bizning bugungi m a’naviy ideallarimiz bilan naqadar uzviy
bo g iiq , n ech og ii mustahkam hayotiy asosga ega ekani, ayniqsa,
e’tiborlidir»1, deb yozdi Islom Karimov.
Do'stlaringiz bilan baham: |