Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari


-§.  Xalqaro  tashkilotlarning  paydo  bo'lishi  va  yuridik xususiyat­



Download 8,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet193/379
Sana31.12.2021
Hajmi8,46 Mb.
#216417
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   379
Bog'liq
Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari (I.Lukashik, A.Saidov)

1-§.  Xalqaro  tashkilotlarning  paydo  bo'lishi  va  yuridik xususiyat­
lari
2 -§ .  «Xalqaro  tashkilotlar  huquqi»  tushunchasi
3 -§ .  Xalqaro  tashkilotlarni  tasniflash  (klassifikatsiyalash)
4 -§ .  Xalqaro  tashkilotlar  xalqaro  huquqning  subyekti  sifatida
5 -§ .  Xalqaro  tashkilotlarning  funksiyalari
6 -§ .  Xalqaro  tashkilotlarga  a ’zolik
7 -§ .  Xalqaro  tashkilotlarning  organlari
8 -§ .  Xalqaro  tashkilotlarning  hujjatlari
9 -§ .  Birlashgan  Millatlar  Tashkiloti  —  universal  xalqaro  tashki­
lot
10-§. Yevropada  Xavfsizlik  va  Hamkorlik  Tashkiloti
11-§. Mustaqil  Davlatlar  Hamdo‘stligi
12-§. Xalqaro  konferensiyalar
l - § .  Xalqaro  tashkilotlarning  paydo  bo‘Iishi 
va  yuridik  xususiyatlari
X IX   asrning  yarm idan  boshlab  dunyo  xaritasida  birinchi  nosiyosiy 
xalqaro  tashkilotlar tuzilgan.  M asalan,  1865-yili  Xalqaro  telegraf ittifo­
qi,  1874-yili  X alqaro  pochta  ittifoqi,  1865-yili  Y e r  o'lchash  xalqaro 
ittifoqi,  1890-yili  Bojxona  tariflarini  nashr  qilish  xalqaro  ittifoqi  tuzil­
gan.  Birinchi  universal  siyosiy  xalqaro  tashkilot  —  M illatlar  Ligasi  —
1 9 1 9-yiIda  tuzilgan.  Uning  Statuti  Parij  tinchlik  konferensiyasida  qabul 
qilingan  bo'lib,  Versal  shartnom asining  tarkibiy qismi  bo'lgan.  M illatlar 
Ligasi  o'z  faoliyatini  am alda  1940-yilda,  rasman  1946-yilda  tugatgan.
1  0 ‘z b e k i s t o n   R e s p u b l i k a s i   V a z i r l a r   M a h k a m a s i n i n g   « O ' z b e k i s t o n   R e s p u b l i k a s i d a   A d l i y a  
v a z i r l i g i   f a o l i y a t i n i   y a n a d a   t a k o m i l l a s h t i r i s h   c h o r a - t a d b i r l a r i   t o ‘g ‘ r i s i d a »   2 0 0 3 - y i l   2 7 -  
a v g u s t d a   q a b u l   q i l g a n   q a r o r i .
www.ziyouz.com kutubxonasi


1939-yilda  dunyoda  48  ta  hukumatlararo  xalqaro  tashkilot  bo'lgan.
X alqaro  tashkilotlar  taraqqiyotining  tarixida  burilish  nuqtasi  1945- 
yili  Birlashgan  M illatlar  Tashkilotining  tuzilishi  hisoblanadi.  X X   asr- 
ning  ikkinchi  yarmida  xalqaro  tashkilotlarning  soni  juda  tez  o ‘sgan  va 
yangidan-yangi  xalqaro  tashkilotlar  paydo  bo'lgan.
X alqaro  tashkilotlarning  o 'ziga  xos  yuridik  xususiyatlari  quyida- 
gilardan  iborat:
1)  xalqaro  tashkilotni  davlatlar  ko'p  tom onlam a  shartnom a  negi­
zida  tuzadi  va  shu  shartnom alar  (ustavlar)  asosida  faoliyat  ko'rsatadi;
2)  xalqaro  tashkilot  m a’lum  m aqsadlarda  tuziladi;
3)  xalqaro  tashkilot  m uayyan  tashkiliy  tuzilishga  ega  bo'ladi;
4)  xalqaro  tashkilotlar  o'z  ustaviga  ko'ra,  m a’ lum  xalqaro  huquq 
layoqatiga,  y a ’ ni  mustaqil  huquq  va  majburiyatlarga  ega  bo'ladi;
5)  xalqaro tashkilotlar xalqaro  huquq  norm alariga asosan  tuziladi  va 
xalqaro  huquqning  ikkilam chi  subyekti  hisoblanadi.  U lar  suverenitetga 
ega  emas;
6)  davlatlar xalqaro  huquqning  subyekti  sifatida  xalqaro  tashkilotlar 
faoliyatida  davlatlarning  suveren  tengligi  prinsipi  asosida  qatnashadilar 
va  xalqaro  tashkilotga  a ’ zolikdan  ixtiyoriy  ravishda  chiqish  huquqiga 
ega;
7)  xalqaro  tashkilotlarning  qarorlari  tavsiyaviy  xususiyatga  ega;
8)  xalqaro  tashkilotlar  hudud  va  aholiga  ega  emas;
9)  xalqaro tashkilotlar  B M T  Xalqaro  sudida tom onlar b o 'la olmaydi 
va  ularning  vakilligi  doim o  bir  tom onlam a  bo'ladi;
10)  xalqaro  tashkilotlar va  ularning  mansabdor  shaxslari  diplomatik 
imtiyoz  va  immunitetga  egadirlar;
1 1 )   xalqaro tashkilotlarda  ularning a ’zolarini  doim iy vakillari  bo'ladi 
(B M T ,  Y U N E S K O   huzurida);
12)  xalqaro  tashkilotlar  xalqaro  shartnom alar  tuzish  huquqiga  ega;
13 )  xalqaro  tashkilotlar  xalqaro-huquqiy  javobgarlikning  subyekti 
bo 'la  oladi.
Shunday  qilib,  xalqaro  tashkilot  maxsus  xalqaro  shartnoma  (ustad) 
asosida  tuzilgan,  xalqaro-huquqiy  layoqatga  va  muayyan  tashkiliy  tuzi­
lishga  ega  bo'lgan  ham da  xalqaro  huquq  norm alari  asosida  faoliyat 
ko'rsatadigan  xalqaro  huquq  subyektidir.

Download 8,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   379




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish