Hozirgi zamon xalqaro ommaviy huquqida hukumatlararo tashki
lotlar davlatlar ishlab chiqqan va ma’qullagan xalqaro bitim yoki boshqa
ta’sis hujjati asosida, hukumatlarning muayyan xalqaro muammolarini
hal etish hamda turli ijtimoiy qurilish yo'lini tanlagan davlatlar o'rtasida
har tomonlama hamkorlikka ko'maklashish maqsadida tuzilgan doimiy
davlatlararo tuzilma, deb qaraladi.
X alqaro hukumatlararo tashkilotlar xalqaro huquqning ushbu nis
batan yangi institutini ajratib ko'rsatadigan bir qator xususiyatlarga ega:
birinchidan, bunday tashkilotlar organlari faoliyatda hukum atlar
rasm iy tayinlaydigan vakillar ishtirok etadi, ushbu organlam ing o'zlari
esa davlat ichkarisida tegishli hukumat muassasalari va tashkilotlari va-
kolati bo'lgan siyosiy, iqtisodiy, ijtim oiy va m adaniy mazmundagi turli
xil m uam m olarni hal etishda ko'm aklashish yuzasidan davlatlarning sa’y-
h arakatlarin i m uhokam a qilish ham da b ir-b irig a kelishtirish bilan
shug'ullanadi;
www.ziyouz.com kutubxonasi
ikkinchidan, tashkilot hamda uning organlari faoliyati va vakolat
lari, odatda, davlatlarning xalqaro nazariyada ushbu tashkilotning kon
stitutsiyaviy hujjati deb ataluvchi bitim lar (ustav, statut, konvensiya,
bitim va boshqalar) b o ‘ yicha belgilanadi;
uchinchidan, barcha a ’zo davlatlar vakillarini, ijro organi (kengash,
ijroiya qo‘ mita va boshqalar), shuningdek, doim iy kotibiyat vakillarin
ing davriy chaqirib turiladigan yig‘ ilishlar ko'rinishidagi o'ziga xos tuz-
ilmasi mavjud;
to'rtinchidan, doim iy yoki muntazam mazmundagi faoliyat, faoliy
at yuritish uslubi (k o ‘ p tom onlam a m uzokaralar, m asalalam i och iq
muhokama qilish), qarorlar ishlab chiqish va qabul qilish (m uhokam a
qilish va ovoz berish) ham da, odatda, majburiy kuchga ega bo'lm agan
va «bir tom on-bir ovoz» prinsipiga yoki tegishli a ’zo davlatlarning m oli
yaviy badaliga va iqtisodiy ahvoliga asoslangan holda qabul qilinadigan
qarorlarning mazmuni ko 'zd a tutiladi.
Xalqaro huquq nazariyasida xalqaro tashkilotlarni tasniflash uchun
turli mezonlardan foydalaniladi.
U lar a ’zolik m azm uniga binoan davlatlararo va nohukumat tashki
lotlarga bo'linadi.
Davlatlararo tashkilotlar ishtirokchilar doirasiga ko'ra universal-
dunyoning barcha davlatlari ishtirok etishi uchun ochiq (B M T , uning
ixtisoslashgan m uassasalari) hamda m intaqaviy-bitta mintaqa davlatlari
a ’zo bo'lishi m um kin bo'lgan (Afrika Birdamligi tashkiloti, Am erika
davlatlari tashkiloti, M ustaqil Davlatlar H am do'stligi) tashkilotlaridan
iborat.
Um um iy va alohida vakolatlarga ega davlatlararo tashkilotlar farq
lanadi. Um um iy vakolatlarga ega tashkilotlar faoliyati a ’ zo davlatlar
o'rtasidagi m unosabatlam ing barcha: siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy
va boshqa sohalarni qam rab oladi. Alohida vakolatga ega tashkilotlar
maxsus bir soha doirasidagi hamkorlik bilan kifoyalanadi (m asalan, J a
hon sog'liqni saqlash tashkiloti, Xalqaro mehnat tashkiloti va hoka
zolar) hamda ular siyosiy, iqtisodiy, ijtim oiy, m adaniy, ilm iy, diniy va
shu kabi boshqa sohalar b o'yicha taqsimlanishi mumkin.
Vakolatxonalaming mazmuniga ko'ra, davlatlararo va davlatdan ustun
turuvchi tashkilotlar bir-biridan ajralib turadi. Birinchi guruhga m aqsa
di davlatlararo ham korlikni tashkil qilish hamda qarorlariga qaratilgan
aksariyat ko'pchilik xalqaro tashkilotlar kiradi. Davlatdan ustun turuv
chi tashkilotlarning m aqsadi integratsiyaga xizmat qilishdir. U lam ing
qarorlari bevosita a ’zo davlatlar fuqarolariga va yuridik shaxslarga taal
luqli hisoblanadi.
Xalqaro tashkilotga a ’ zo bo'lib kirish tartibiga ko'ra, ochiq (har
qanday davlat xohish-ixtiyoridan kelib chiqib a ’zo bo'lishi mumkin
www.ziyouz.com kutubxonasi
bo'lgan) va yopiq (a’zolikka dastlabki m uassislar taklifi asosida qabul
qilinadigan) tashkilotlar farqlanadi.
X alq aro tashkilotlarni xalqaro huquqning ikkilamchi (hosila)si si
fatida davlatlar tashkil (ta’sis) etadi.
X alq aro am aliyotda allaqachon shakllanib ulgurgan quyidagi vazi-
yat e ’tiro f etiladi: davlatlar xalqaro tashkilotlarni tuzar ekan, ularning
huquq va majburiyatlarga ega b o ‘ lish, xalqaro huquq normalarini yara
tish va q o'llash , xalqaro huquq norm alariga rioya etish him oyasida tu
rish borasidagi layoqatini e ’tirof etgan holda, ushbu tashkilotlarni m uay
yan huquq va layoqatdorlik bilan ta ’ minlaydi. O 'zlarining bunday e ’tirofi
bilan d avlatlar xalqaro huquqning yangi subyektlarini yaratadilarki, bu
subyekt an a shu davlatlar bilan bir qatorda turib, xalqaro hamkorlik
sohasida huquq ijodkorligi, huquqni qo'llash va huquqni m uhofaza qi
lish vazifalarini am alga oshiradi.
X a lq aro tashkilot vazifalari deganda, ushbu tashkilotlar zim m asiga
yuklatilgan yum ushlarni bajarish b o 'y ich a ular faoliyati jarayon lari-
ning tashqi jihatdan nam oyon b o 'lish i anglanadi (m asalan, tartibga
solish, nazorat qilish va boshqalar). Bunda tashkilot faqat o 'z vak o la
tiga kiradigan vazifalar yuzasidan faoliyatini am alga oshirish huquqiga
egadir.
X alq aro tashkilot muayyan muassis — davlatlar zimm asiga yuklay-
digan ham da ta’sis hujjatida qayd etiladigan vakolatlar doirasida aniq
maqsad va vazifalam i bajarish uchun tuziladi.
Y an gi xalqaro tashkilotni tuzish jarayon i quyidagi uch bosqichni
qamrab oladi:
birinchi bosqich — ta’sis hujjatining qabul qilinishi;
ikkinchi bosqich — tashkilotning m oddiy tuzilmasini yaratish;
uchinchi bosqich — asosiy organlar yig'ini (chaqirig'i) tashkilot faoli
yat boshlaganidan dalolat beradi.
D avlatlarning suveren tengligi prinsipi xalqaro tashkilotlar tuzilishi-
da yetakchi o'rin da turadi. Uning nam oyon bo'lishi quyidagi jihatlarda
ko'rinadi:
birinchidan, xalqaro tashkilotning shartnom aviy asosi;
ikkinchidan, a ’zolikning ixtiyoriyligi;
uchinchidan, tashkilot qarorlarining asosan tavsiyaviy m azm unga
egaligi;
to'rtin chidan, uning davlatlararo m azm unga egaligi;
beshinchidan, davlatlar suverenligi va teng huquqliligining tashkilot
ichkarisida ham , uning tashqarisida ham saqlab qolishi.
Davlatlarning xalqaro tashkilotni yaratish borasidagi o'zaro kelishib
olgan xohish-irodasi quyidagi ikki usulda m ustahkamlab qo'yilishi m um
kin:
www.ziyouz.com kutubxonasi
birinchi usul — xalqaro shartnom ada;
ikkinchi usul — endilikda mavjud b o ‘lgan xalqaro tashkilot qarori-
da.
Tashkilot faoliyatini tugatish ham xuddi shu tartibda, a ’zo davlat
larning o'zaro kelishib olingan xohish-irodasi asosida am alga oshiriladi.
Shunday qilib, xalqaro tashkilotlarning huquqiy tabiati negizida a ’zo
davlatlar um umiy maqsad va manfaatlarining mavjudligi yotadi. Xalqaro
tashkilotning huquqiy tabiati uchun eng muhim jihat shuki, uning maqsad
va prinsiplari, vakolatlari, tuzilishi va hokazolar o 'zaro kelishib olingan
shartnom aviy asosga ega bo'ladi.
X alqaro tashkilotlarning shartnom aviy huquqiy layoqatga qodirligi
ta’sis hujjatlarida, um um iy qoidaga ko'ra, ikki xil usul bilan mustahkam
lanadi:
b irin c h id a n , ta sh k ilo t o 'z v a z ifa la rin i b a ja rish g a q o d irlig in i
ta’m inlaydigan har qanday shartnom alam i im zolash huquqini ko'zda
tutuvchi umum iy qoida bo 'yich a;
ikkin ch idan , tashkilotnin g m uayyan toifaga m ansub bitim larni
m uayyan tom onlar bilan (har qanday davlat bilan yoki faqat a ’zo dav
latlar bilan, har qanday xalqaro tashkilot bilan yoxud ulardan ayrimlari
bilan) tuzish im konini belgilab beradigan alohida qoida yoki qoidalar
bo'yicha.
X alqaro tashkilotlar shartnom a (kontrakt) asosida xodim larni ishga
olish huquqiga ega bo'ladi. Bunday xodim lar davlatlar vakillari emas,
balki xalqaro darajadagi mansabdor shaxslar hisoblanib, tam om an xalqaro
tashkilotga bo'ysunadi hamda uning nomidan va uning manfaatlari yo'lida
ish ko'radi.
Xalqaro tashkilotlar diplom atik aloqalarda ishtirok etish layoqatiga
egadir.
H ar qanday xalqaro tashkilotning aksariyat qismi a ’zo davlatlar badal-
laridan tashkil topadigan va faqatgina tashkilotning um um iy m anfaat
lari uchun sarflanadigan o 'z m oliyaviy m ablag'lariga ega bo'ladi.
Xalqaro tashkilotlarning o'ziga xos va o'ziga m os tom oni shundaki,
ular davlatlar ichki huquqi bo'yicha yuridik shaxsga mansub bo'lgan
barcha huquqlar asosida faoliyat yuritadi.
Xalqaro huquq subyektlari sifatida xalqaro tashkilotlar o 'z faoliyati
bilan ziyon yetkazadigan huquqbuzarlik sodir etgani uchun javobgar
hisoblanadi hamda lozim bo'lganda javobgarlik d a’vosi bilan chiqishi
mumkin.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |