Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari


 -§ .  «Xalqaro  tashkilotlar  huquqi»  tushunchasi



Download 8,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet194/379
Sana31.12.2021
Hajmi8,46 Mb.
#216417
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   379
Bog'liq
Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari (I.Lukashik, A.Saidov)

2 -§ .  «Xalqaro  tashkilotlar  huquqi»  tushunchasi
Xalqaro  tashkilot  a ’zo davlatlar shartnom asi  asosida  ta’sis  etilgan  va 
xalqaro  tashkilot  m aqom ini  olgan  tashkilotdir.
D avlatlararo  tashkilotlar  bilan  nohukum at  xalqaro  tashkilotlarni 
o'rtasida  katta  farq  mavjud  bo'lib,  nohukumat  xalqaro  tashkilotlarni 
turli  m am lakatlam ing  jism on iy  va  yuridik  shaxslari  tuzadi  va  davlat
www.ziyouz.com kutubxonasi


ichki  huquqiga  muvofiq  ravishda  bitta  yoki  bir  nechta  davlatlarda  yu­
ridik shaxs sifatida  ro'yxatga  olinadi.  Bunday tashkilotlar xalqaro  huquq 
subyekti  hisoblanmaydi.
Xalqaro  tashkilotlar  tashkilot,  ittifoq,  jam g'arm a,  bank,  agentlik, 
markaz va  shu  kabi  boshqa  nom lar bilan  ataladi.  M a ’ lumki,  B M T  ayrim 
tillarda «Birlashgan  M illatlar»  deb yuritiladi.  Bularning barchasi  tashkilot 
maqomiga  ta’ sir  qilmaydi.
X alqaro tashkilot  xalqaro  huquqning  ikkilamchi  subyekti  hisoblana­
di,  ya’ ni  u  mustaqil  ravishda yuzaga  kelm aydi  va shu  bois uning  xalqaro 
munosabatlardagi  maqomi  va  ichki  huquqiy  tartiboti  to 'lig'ich a  tashkil 
etuvchi  davlatlar  ixtiyorida  b o ‘ ladi.
T a ’ kidlash  joizki,  xalqaro  tashkilotlar  davlatlardan  butunlay  farq 
qiladi.  Xalqaro  tashkilotlarning  huquqiy  asosi  «tashkilotlar  to'g'risidagi 
qoidalar»dan  iboratdir.  1986-yil  21-m artdagi  Davlatlar va xalqaro tashki­
lotlar yoki xalqaro tashkilotlar o'rtasidagi  shartnom alar to'g'risidagi Vena 
konvensiyasining 2-m oddasiga  muvofiq,  ular,  xususan,  tashkilotning ta’sis 
hujjatlari  (ustavi),  shu  asosda  qabul  qilingan  q aro rlarva  rezolyutsiyalar, 
shuningdek,  tashkilotning  tegishli  am aliyotidan  tashkil  topadi.
Xalqaro  tashkilotlarning  ta ’sis  hujjatlari  ham  aslida  shartnom alar 
hisoblanadi,  am m o  ular o'ziga xosligi  bilan  farqlanib  turadi.  Bu,  aw a lo , 
shartnomada  ishtirok  etish  va  ishtirok  etishni  to'xtatish  bo'yicha  belgi­
langan  alohida  tartibga  taalluqlidir.  M asalan,  xalqaro  tashkilotga  faqat 
qabul  qilish  protsedurasi  asosidagina  a'zo   bo'lish  m um kin.  Xalqaro 
tashkilot  qarori  bo'yicha  a ’ zolik  to'xtatilishi  ham  mumkin.
Ularning  ustavlari  boshqa  shartnom alarga  nisbatan  m azmunan  an- 
chagina  o'zgaruvchan  bo'ladi.  X alqaro  tashkilot  ustavi  uning  o 'z  vazi­
fasini  bajarish  borasidagi  talablardan  kelib  chiqib  kengayib  boradi. 
O 'zgarishlar a ’ zo davlatlar e ’tiro f etadigan  am aliyot  asosida  kiritib  bori- 
ladi.  Shunday yo'l bilan yuzaga  keladigan odatiy normalar har bir tashkilot 
huquqining  uzviy  qismini  tashkil  etadi.  Misol  uchun  B M T   Xavfsizlik 
Kengashi  1994-yili  B M T   Ustavining  «Tinchlikka  tahdid,  tinchlik-oso- 
yishtalikning  buzilishi  va  agressiya  aktlariga  nisbatan  harakatlar»  nomli 
V I 1  bobini  asos  qilib,  o'zining  955-rezolyutsiyasi  bilan  Ruanda  uchun 
xalqaro  jinoiy  tribunalni  ta ’sis  etdi.  Am m o  aslida  ushbu  bobda  bunday 
xalqaro  tashkilot  ta’sis  etish  mumkinligi  haqida  ishorat  ham  qilinm a- 
gan.  Shunga  qaram ay,  B M T   Xavfsizlik  Kengashi  qarori  davlatlarning 
qo'llab-quw atlashi  yoki  sukut  saqlab  tan  olishi  natijasida  huquqiy  nor­
mativ  mazmun  kasb  etdi.
Xalqaro  tashkilotlarning  vazifalari  va  vakolatlari  ularning  ustavlari- 
da  m ustahkamlab  qo'yiladi.  Shu  bilan  birga,  ustav  bu  holatlam i  tegishli 
ko'lam larda  va  xalqaro  hayotning  barcha  rang-barangliklarini  to'lig'ich a 
qamrab  ololm asligi  m um kin.  Shu  bois,  «anglashiladigan  vakolatlar»
www.ziyouz.com kutubxonasi


nazariyasini  e ’tiro f  etishga  to ‘g ‘ ri  keldi.  1996-yili  Xalqaro  Sud  jo riy  
xalqaro  am aliyotga  tayangan  holda  belgilab  qo'yganki:  «Xalqaro  hayot 
talablari  tashkilotlar  o ‘ z  maqsadlariga  erishishi  borasida  ularning  fao li­
yatini  tartibga  solib  turadigan  asosiy  hujjatlarda  bevosita  nazarda  tutil- 
magan  qo'shim cha  vakolatlarga  ham  ega  bo'lishi  zarurligini  taqozo  eti­
shi  mumkin».

Download 8,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   379




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish