Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari


 -§ .  Xalqaro  tashkilotlarni  tasniflash  (klassifikatsiyalash)



Download 8,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet195/379
Sana31.12.2021
Hajmi8,46 Mb.
#216417
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   379
Bog'liq
Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari (I.Lukashik, A.Saidov)

3 -§ .  Xalqaro  tashkilotlarni  tasniflash  (klassifikatsiyalash)
Xalqaro  tashkilotlarni  bir  qancha  m ezonlar  asosida  turlicha  tasnif- 
lasa  (klassifikatsiya  qilsa)  bo'ladi.
A ’zolarining  doirasi  bo yicha  xalqaro  tashkilotlarni  quyidagi  turlarga 
bo'lish  mumkin:
birinchidan, um um iy (universal),  y a ’ni barcha davlatlar ishtirok etishi 
uchun  ochiq  bo'lgan   xalqaro  tashkilotlar.  Bugungi  kunda  ayrim   m am - 
lakatlar  turli  sabablarni  ro'kach  qilib,  hatto  B M T   va  uning  ixtisoslash­
gan  muassasalari  faoliyatida  ishtirok  etm ayotganini  kuzatish  m um kin;
ikkinchidan,  cheklangan  tarkibli,  aytish  mumkinki,  m intaqaviy  — 
muayyan ju g 'ro fiy  hududdagi  davlatlar uchungina ochiq  bo'lgan  tashki­
lotlar,  m asalan, Afrika  Birdam lik Tashkiloti,  Arab  Davlatlari  ligasi,  Y e v ­
ropa  Ittifoqi  va  boshqalar.
Cheklangan  tarkibli  xalqaro  tashkilotlar  boshqa  m ezonlar  asosida 
ham  tashkil  etilishi  mum kin.  M asalan,  Iqtisodiy  hamkorlik  va  taraqqi- 
yot  tashkiloti  ishida  faqat  sanoati  taraqqiy  etgan  m amlakatlargina  ishti­
rok etadi.  Neft  eksport  qiluvchi  m am lakatlar tashkiloti  (O P E K )  a ’zolari 
esa  asosiy  darom ad  m anbayi  neft  eksporti  hisoblanadigan  m am lakat- 
lardan  iborat.
Tashkilotlar  o'zin in g  vakolatlari  m azm unidan  kelib  chiqib  quyi- 
dagilarga  bo'linadi:
birinchidan,  um um iy  vakolatga  ega tashkilotlar;  bu  vakolatlar ham - 
korlikning  m uayyan  bir  sohasi  bilan  cheklanib  qolmasligini  bildiradi. 
Bunga  B M T n i  misol  keltirish  mumkin,  u  am alda  har  qanday  xalqaro 
muam m o  bilan  shug'ullanadi.  U m um iy  vakolatga  ayrim  m intaqaviy 
tashkilotlar,  m asalan,  M ustaqil  D avlatlar H am do'stligi  ham  ega bo'lishi 
mumkin;
ikkinchidan,  maxsus  vakolatga  ega  tashkilotlar,  m asalan,  Xalqaro 
dengiz  tashkiloti.
Aksariyat  xalqaro  tashkilotlar  davlatlararo  tashkilot  hisoblanib,  dav- 
latlardan  yuqori  turuvchi  hokimiyatga  ega  emas,  a ’zo  davlatlar  bunday 
tashkilotlarga  o'z  hokimiyatiga  tegishli  vakolatlarni  bermaydi.  Shu  bilan 
birga,  bugungi  kunda shunday xalqaro tashkilotlar ham borki,  ularga dav­
latlar  bir  qator  suveren  vakolatlarni  amalga  oshirish  huquqini  bergan. 
U lar muayyan  m asalalar yuzasidan jism oniy va  yuridik shaxslar zimmasi-
www.ziyouz.com kutubxonasi


ga  bevosita  majburiyatlar  yuklovchi  qarorlar  qabul  qila  oladi.  Bundan 
tashqari,  bunday  qarorlar  ko'pchilik  ovoz  bilan  qabul  qilinishi  mumkin.
Ixtisoslashgan  xalqaro  tashkilotlar  um um an  olganda  davlatlardan 
yuqori  turuvchi  tashkilotlar  hisoblanm asa-da,  ularga  xos  bo'lgan  ayrim 
jihatlarga  ega.  M asalan,  Xalqaro  elektr  aloqasi  ittifoqi  yoki  Fuqarolik 
aviatsiyasi  xalqaro  tashkiloti  o'ziga  tegishli  norm alarga  amal  qilinishini 
nisbatan  qat’ iy  ta’ minlamoqda.  Bu  norm alarning  buzilishi  jiddiy  ra­
vishda  bu  boradagi  faoliyatning  xalqaro  m iqyosdagi  talablarga  muvofiq 
kelm asligini  bildiradi.
Ju d a   ko 'p   hollarda  yuristlar  «xalqaro  tashkilotlar»  atamasini  keng 
m a’ noda,  davlatlararo,  hukumatlararo  tashkilotlarga nisbatan  ham,  n o­
hukum at  yo'nalishdagi  tashkilotlarga  nisbatan  ham  qo'llayveradilar. 
A m m o  ularning  yuridik  tabiati  xilm a-xildir.
Davlatlararo  tashkilotlar  quyidagi  belgilari  bilan  ajralib  turadi: 
birinchidan,  davlatlarning  a ’zoligi; 
ikkinchidan,  xalqaro  ta’sis  shartnom asining  mavjudligi; 
uchinchidan,  doim iy  organlarining  m avjudligi;  a ’zo  davlatlar  su- 
verenitetini  hurmat  qilish.
A n a shu belgilarni  inobatga olib,  shuni qayd etish  mumkinki,  xalqaro 
hukum atlararo tashkilot  —  xalqaro shartnom a  asosida umum iy maqsad- 
larga  erishish  uchun  ta’sis  etilgan,  a ’zo  davlatlarning  umum iy  m anfaat- 
lari  y o 'lid a ,  ularning  suverenitetini  hurm at  qilgan   holda,  faoliyat 
ko'rsatadigan  davlatlararo  birlashma.  Ayni  shu  tashkilotlar xalqaro  hu­
quq  subyektlari  hisoblanadi.
Xalqaro  hukumatlararo tashkilotlarning asosiy belgisi  shundaki,  ular 
davlatlararo  shartnom a  asosida  tashkil  etiladi  ham da  jism oniy  va  y u ­
ridik  shaxslarni  birlashtiradi.

Download 8,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   379




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish