O o ’ ’ z z b b e e



Download 1,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/66
Sana28.01.2022
Hajmi1,33 Mb.
#214514
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   66
Bog'liq
bank risklari

Iqtisodiyotni 
boshqarish 
darajasi 
Boshqarish sohasi 
Risklar nomi 
Iqtisodiyotni umumiy tartibga solish, 
ichki raqobat qonunlari va boshqalar.
Iqtisodiy
I. 
Makrodjarajada 
Siyosiy barqarorlik, davlatning etakchi 
roli va boshqalar. 
Ijtimoiy-siyosiy 
Davlatning byudjet yoki moliyaviy 
siyosati. 
Fiskal-monetar 
Mulkchilikning korporativ shakllari, 
to‘la xo‘jalik mustaqilligi, firmalarning 
tarmoqqa kirish va undan chiqish xuquqi 
Sanoat 
II. 
Agrar 


19
Mezodarajada 
va boshqalar 
Xizmat 
ko‘rsatish soxasi 
III. 
Mikrodarajada 
Namoyon bo‘lish bosqichi bo‘yicha - 
sub’ektlarning xo‘jalik faoliyati riski va 
loyixa riski. 
I. Tadbirkorlik 
Funksional maqsadi - moliyaviy va 
tijorat operatsiyalarini boshqarish. 
Funksional maqsadi - anik loyixa 
turlariga bog‘lash. 
II. Investitsiya 
Tadbirkorlik 
riski uchun:
1.Moliyaviy. 
2.Tijorat. 
Moliyaviy 
bank riski uchun:
1.1.Valyuta. 
1.2.Kredit.
1.3.Foiz.
1.4.Bozor 
(portfel). 
1.5.Marketing.
1.6.Ishbilarmonlik. 
Xo‘jalik sub’ektining xo‘jalik faoliyati 
Valyuta riski
Kredit riski. 
 


20
Iqtisodiy risk Makrodarajada iqtisodiy risk tashqi va ichki, oldindan aytib 
bo‘ladigan va aytib bo‘lmaydigan, mezodarajada – sanoat, agrar va xizmat ko‘rsatish 
sohasi risklariga bo‘linadi. Mikrodarajada sanoat riski, firmaning xo‘jalik faoliyati riski 
– tadbirkorlik va investitsiya riski va boshqalarga bo‘linadi. 
Mamlakat miqyosida makrodarajada iqtisodiy risklarni aniqlash juda muhim bo‘lib, 
boshqa mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalar o‘rnatish, chetdan investitsiyalar, kreditlar va 
boshqa moliyaviy qo‘yilmalar jalb qilishda katta ahamiyatga egadir.
Har bir mamlakatning rivojlanish mavqei bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy risklar, 
halqaro bank amaliyotida pul oqimi, kredit va xisob operatsiyalari soxasida bo‘lgan 
risklar bilan bevosita bog‘liq. Bu risklarning bo‘lishi va ularning darajasi esa importchi 
yoki eksport davlatga yoki kontragent mamlakatlardagi siyosiy-iqtisodiy barqarorlikka 
bog‘liq. Har bir mamlakatda iqtisodiy yoki siyosiy barqarorlikka asoslanib, shu 
mamlakatdagi iqtisodiy risk darajasini baholay olish chet el kapitali ishtirokida tashkil 
topgan qo‘shma banklar va bosh litsenziyaga ega bo‘lgan bank tashkilotlari uchun 
dorlzarbdir. Bank amaliyotida uning raxbariyati chet el kontragentlarining moliyaviy 
barqarorligiga noto‘g‘ri baho berish natijasida ancha xatolarga yo‘l qo‘yishlari mumkin. 
SHuning uchun biror davlat bilan uzviy iqtisodiy aloqani o‘rnatishda, ayniqsa kredit va 
xisob-kitoblar bilan bog‘liq munosabatlarni olib borishda, undagi iqtisodiy-siyosiy 
barqarorlikni tahlil qilib risk darajasini aniqlash lozim. Jaxon amaliyotida shu maqsadda 
tavsiya etiladigan yo‘llardan biri bu mamlakat iqtisodiy risklari hajmini taxlil qiluvchi 
BERI indeksidan foydalaniladi. Uning yordami bilan oldindan mamlakat iqtisodiy 
risklarining hajmi belgilanadi.
Mamlakat iqtisodiy riskini bashorat qilish davlat qurilmasining tarkibi va sifat 
darajalarini tahlil qilishga, shuningdek amaliy ma’lumotlar va nisbatlarni o‘rganishga 
asoslangan miqdor ko‘rsatkichlariga tayanishi kerak. 
Taxlilning ikki turi (sifat va miqdor)ning uyg‘unlashuvi aniq va ravon bo‘lishi barcha 
jadvallar va taqqoslangan ma’lumotlar taxlilni engil qilish va uning samaradorligini 
oshirish uchun qisqartmalarni ochib berilishini o‘z ichiga olishi kerak.


21
Shu asosiy tamoyillar mamlakat riskini aniqlashda taxlil qilinayotgan statistik va 
analitik yo‘nalishlarning ikki pog‘onali tizimini tashkil qilishga olib keladi. Birinchi 
pog‘onada o‘lkadagi holat to‘g‘risidagi xisobot tashkil kilinadi (qiskacha iqtisodiy ahvol 
ta’rifi). Eng avvalo tahlilning muhim bo‘limi keltiriladi, ya’ni mamlakat iqtisodiy 
riskining darajasi haqida xulosa, ya’ni mamlakatning iqtisodiyoti bilan bog‘liq bo‘lgan 
asosiy ma’lumotlar va asosiy xulosalar tahlil qilinadi.
Tahlilning ikkinchi pog‘onasida aniq iqtisodiy-siyosiy vaziyat taxlil qilinadi, 
marketing tadqiqining natijalari ko‘rib chiqiladi va omillar riski chizmasi bo‘yicha 
davlatning iqtisodiy riski darajasi aniqlanadi.
Makrodarajada mamlakat iqtisodiy riskini baholashda asosiy ko‘rsatkichlar sifatida 
quyidagilar tahlil qilinishi mumkin: 
- iqtisodiyotning samaradorligi (bunda YAMMning o‘rtacha yillik o‘sishi 
hisoblanadi); 
- siyosiy risk darajasi; 
- jahon banki ma’lumotlariga asosan olingan kreditlar miqdori, ular bo‘yicha 
qarzdorlik darajasi, kreditni qaytib tulash jarayonining amalga oshirilish sifati, eksport 
xajmi, tashqi qarzlar, tashki savdo oboroti va boshqalar; 
- bank kreditlarini olish imkoniyati; 
- qisqa muddatli kreditlash imkoniyati; 
- uzoq muddatli kreditlash imkoniyati; 
- fors-mojor xolatlarining yuzaga kelishi; 
- mamlakatning kreditga layoqatlilik darajasi; 
- tashki karzlar bo‘yicha to‘lanmagan majburiyatlar. 
Iqtisodiyotning mezo va mikrodarajalarida risklarning turlari va ta’sirchanlik darajasi 
turlicha bo‘lishi mumkin. Bu o‘z navbatida risklarga ta’sir etuvchi omillarga bog‘liq 


22
bo‘ladi. Xo‘jalik sub’ektlari faoliyatida mavjud risklarga ta’sir etuvchi barcha omillarni 
shartli ravishda ikki guruhga: ob’ektiv va sub’ektiv yoki boshqarilmaydigan va 
boshqariladigan omillarga bo‘lish mumkin. Birinchi guruhga korxona yoki firmaga 
bevosita bog‘liq bo‘lmagan omillar (inflyasiya, raqobat, iqtisodiy inqirozlar, ob-havo 
sharoitlari) kiradi. Ikkinchi guruhga muayyan korxona yoki firmaning faoliyatiga 
bevosita bog‘liq bo‘lgan omillar (ishlab chiqarish – texnikaviy imkoniyati, ishlab 
chiqarish va mehnatni tashkil etish, texnika havfsizligi darajasi va h.k.), shuningdek 
firmaning xo‘jalik-moliyaviy faoliyatida juda muhim xisoblangan kontragent firmalar 
(mol etkazib beruvchilar, subpudratchilar, loyixalashtiruvchilar) va raqobatchi firmalarni 
tavsiflovchi omillar kiradi.
Iqtisodiyotning mezodarajadagi risklarining salmoqli turi - sanoat riski ma’lum 
tarmoqning ichida ham, boshqa tarmoqlarga nisbatan ham alohida olingan tarmoq 
iqtisodiy ahvolning o‘zgarishi, uning rivojlanishi va amal qilishining o‘ziga xosligi bilan 
bog‘liq. 
Xo‘jalik tarmog‘iga nisbatan soliq me’yorlaridagi, tarmoq yo‘riqnomalari, kredit 
olish shartlari va boshqalardagi o‘zgarishlar risk manbai bo‘lib xisoblanadi. Sanoat 
riskini baholashda quyidagilarni e’tiborga olish kerak: 
- alohida olingan tarmoqning bir-biriga bog‘liq tarmoqlar bilan o‘zaro aloqada 
ma’lum vaqt mobaynidagi faoliyati (tarmoqning hayotiy davri); 
- bir-biriga bog‘liq tarmoqlar faoliyati mamlakat iqtisodiyotiga nisbatan qanchali 
barqaror bo‘lishi; 
- korxona yoki firmalarning o‘z kapital qo‘yilmalarini boshqa tarmoqlarga o‘tkazish 
imkoniyati; 
- firmalarning bajarayotgan ish xajmi, ishlaydiganlar soni, tarmoq ichidagi ularning 
xo‘jalik faoliyati moliyaviy natijalari bo‘yicha qay darajada tasnif qilinganligi va h.k. 

Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish