Kafillik. Kredit oluvchi to‘lov qobiliyatini yo‘qotgan taqdirda uning qarzlarini
to‘lashga roziligi to‘g‘risidagi uchinchi shaxslarning majburiyati (kafilligi) - kredit
ta’minoti sifatida qabul qilinishi mumkin. Bunday majburiyat - kafillik shartnomasi
tarzida rasmiylashtiriladi.
Kafillik shartnomasida, kafillik beruvchi ssuda oluvchining kredit bo‘yicha bank-
benefitsiar oldidagi majburiyatlarini kredit shartnomasida belgilangan muddatda
bajarmagan taqdirda, uni bajarish bo‘yicha majburiyatni o‘z zimmasiga olishi
ta’kidlanadi.
Kafillik beruvchining majburiyati qarzdorning kredit summasi va unga hisoblangan
foizlar (shu jumladan hisoblangan penya summalari) miqdori bilan chegaralanadi.
To‘lovga qobiliyatli, obro‘li yuridik hamda jismoniy shaxslar kafillik beruvchi
bo‘lishlari mumkin. Quyidagi jismoniy va yuridik shaxslarni kafilligi bank tomonidan
ta’minot sifatida qabul qilinmaydi:
- oylik ish xaqi maoshidan ijro hujjatlariga asosan majburiy tarzda 20 va undan ortiq
foiz miqdorida (fuqarolik sudlari qarorlariga muvofiq, aliment to‘lovchilar va boshqa
shunga o‘xshagan toifadagi fuqarolar) ushlab qolinadigan jismoniy shaxslar;
- yangidan ish boshlagan yuridik shaxslar;
45
- yangidan ish boshlagan yoki depozit hisobvag‘i bo‘yicha oylik debet (kredit)
aylanmasi eng kam ish xaqining 1000 (ming) barobaridan kam miqdorda bo‘lgan yakka
tartibdagi tadbirkorlar.
Kafillik shartnomasiga quyidagilar ilova qilinadi:
- kafillik beruvchining bankdagi hisobraqami bo‘yicha debet va kredit aylanmalar
to‘g‘risida ma’lumotnoma;
- kafillik beruvchining boshqa banklardagi barcha hisobraqamlari (ulardagi mablag‘
qoldiqlarni ko‘rsatgan holda) to‘g‘risida ma’lumot,;
- kafillik beruvchining o‘z banki oldida ssuda yoki boshqa qarzlari yo‘qligi xaqida
ma’lumotnoma;
- kafillik beruvchining №2 kartoteka bo‘yicha xech qanday qarzlari yo‘qligi
to‘g‘risida ma’lumotnoma.
Yuqoridagi ma’lumotnomalar kafillik beruvchining asosiy “talab qilib
olinguncha” depozit hisobraqami ochilgan bank muassasasining rahbari va bosh
buxgalteri tomonidan imzolanadi hamda dumaloq muhr bilan tasdiqlanadi. Qayd etilgan
barcha ma’lumot va ma’lumotnomalar umumlashtirilgan holda, bitta xujjat ko‘rinishida
taqdim etilishi mumkin.
Bundan tashqari kafillik beruvchi tomonidan:
mustaqil auditorlik tashkiloti yoki auditorning kafil tashkilotning qoniqarli
moliyaviy ahvolini tasdiqlovchi xulosasi (tekshirilganligi 1 yildan oshmagan muddatda
bo‘lishi lozim);
shaxsning kafil nomidan kafillik to‘g‘risidagi shartnomani imzolash xuquqini
tasdiqlovchi hujjatlar (Nizomi, ta’sis shartnomasi nusxalari olinadi va ushbu nusxalarning
har bir varagi mijoz muhri va imzosi bilan yoki notarial idoradan asliga to‘g‘riligi
tasdiqlanadi.);
aksiyadorlik jamiyatlari ko‘rinishida tashkil etilgan bo‘lsa, aksiyadorlarning
kafillik berilishiga roziligi to‘g‘risidagi majlis bayoni;
qo‘shma korxona ko‘rinishida bo‘lsa, chet el sherigining kafillik berilishiga
roziligi to‘g‘risidagi majlis bayoni;
sho‘‘ba korxona ko‘rinishida bo‘lsa, chet el sherigining yoki yuqori organining
kafillik berilishiga roziligi to‘g‘risida majlis bayoni;
fermer xo‘jaligi yoki shirkat xo‘jaligi shaklida bo‘lsa, fermer xo‘jaligi yoki
shirkat xo‘jaligi a’zolarining kafillik berilishiga roziligi to‘g‘risida majlis bayoni;
mas’uliyati cheklangan jamiyat yoki xususiy korxona (firma) ko‘rinishida bo‘lsa,
ta’sischilarning kafillik berilishiga roziligi to‘g‘risida majlis bayoni taqdim etiladi.
46
Kreditni qaytarish muddati etib kelganda qarzdorning mablag‘i bo‘lmagan taqdirda,
kreditni bergan bankning yozma xabarnomasi asosida, kafillik beruvchi o‘zining “talab
qilib olinguncha” depozit hisob raqamidan to‘lov topshiriqnomasi bilan bevosita
qarzdorning ssuda hisob raqamiga qaytarilmagan kredit hamda, u bo‘yicha hisoblangan,
lekin to‘lanmagan foizlar summasini o‘tqazib beradi.
4. VALYUTA RISKLARI VA ULARNI XEDJIRLASH.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarda tovar va xizmatlarning almashinuvida ularning
aniq bir ekvivalent qiymatlarini aniqlash ba’zi qiyinchiliklar tug‘diradi. Xalqaro savdo va
to‘lov munosabatlanri har doim valyuta harakati bilan bog‘langan va shu bois xalqaro
iqtisodiy aloqalarning har qaysi sub’ekti uchun hisob-kitoblar uchun chet el valyutasida
amalga oshiriladi. Natijada, turli xil iqtisodiy omillar ta’sirida xalqaro shartnoma
amalga oshirilgunga qadar bo‘lgan davr mobaynida bitim imzolangan valyuta kursi
boshqa valyuta kursiga nisbatan tushib ketishi mumkin va bu shartnoma
ishtirokchilaridan birining faoliyatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki egri moddiy yo‘qotishlar
bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
70- yillarning boshida suzib yuruvchi valyuta kursi rejimiga o‘tilishi xalqaro
iqtisodiy munosabatlar uchun jiddiy qiyinchiliklar tug‘dirdi.
Valyuta riski deganda keng ma’noda valyuta kurslarining tebranishi oqibatida
xalqaro iqtisodiy aloqalar ishtirokchilarining xalqaro iqtisodiy aloqalari va xo‘jalik
faoliyati natijalarining o‘zgariщ imkoniyatlari tushuniladi. Valyuta rikiga xalqaro
iqtisodiy operatsiyalarning barcha sub’ektlari duch kelishadi. Bularga davlat, banklar,
savdo va sanoat koipaniyalari, boshqa yuridik va jismoniy shaxslarni misol qilish
mumkin.
Valyuta kurslarini beqaror o‘sishi xalqaro mehnat taqsimotining buzilishiga sabab
bo‘ladi, tovar va xizmatlarning ekvivalent kiymatlarda almashinuvini qiyinlashtiradi,
xalqaro savdo hajmi va uni balanslashtirishga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Valyuta
kurslarining nobarqarorligi eksportyor va importyorlarning chet eldan mahsulot sotib
olish va chet elga mahsulot sotish hajmlarini qisqartirishlariga sabab bo‘ladi. CHunki ular
kelgusida valyuta kurslari qanday o‘zgarishlarini aniq bilishmaydi. Masalan, importyor
valyuta risklariga yo‘liqishdan xavfsirab tovarni chet eldan sotib olishdan ko‘ra o‘z
mamlakatidan sotib olishni afzal ko‘radi.
Valyuta risklariga xalqaro savdo operatsiyalarida eksportyor ham, importyor ham
to‘qnash keladi. Agar shartnoma importyor mamlakat valyutasida yoki uchinchi bir
mamlakat valyutasida tuzilgan bo‘lsa va tovar puli ma’lum muddatdan keyin to‘lanishi
rasmiylashtirilgan bo‘lsa, eksportyor valyuta riskiga yo‘liqadi. SHartnomada ko‘rsatilgan
valyuta kursi eksportyorning milliy valyuta kursiga nisbatan tushib ketganda eksportyor
47
zarar ko‘rishi mumkin. CHunki u milliy valyutasida hisoblab qo‘ygan summani olmaydi
va rejalashtirilgan foydaga ham ega bo‘lmaydi.
Importyor uchun valyuta riski qo‘yidagi paytda namoyon bo‘ladi: ya’ni agar u
bahosi chet el valyutasida fiksatsiyalangan tovarni sotib olayotgan paytda chet el
valyutasining kursi milliy valyuta kursiga nisbatan oshib ketsa. Bunda importyor
shartnoma imzolangan vaqtdagiga qaraganda o‘z milliy valyutasida ko‘proq summa
to‘lashga majbur bo‘ladi.
Shuni alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, shartnoma tuzilgan vaqt bilan uning
bajarilishi o‘rtasidagi muddat qanchalik uzoqlashib borar ekan, valyuta xavf-xatari ham
shunga proporsional ravishda ortib boradi.
Valyuta risklarining yuzaga chiqishi shakli sifatida shartnoma ishtirokchisi bitim
imzolanayotgan vaqtda olishni yoki to‘lashni rejalashtirgan summa bilan kelib tushgan
yoki to‘langan summa orasidagi farqni hisoblashimiz mumkin.
Bozor iqtisodiyoti korxona, jamoa birlashmalari, kooperativlar, banklar va fuqarolar
tashqi iqtisodiy faoliyatini amalga oshirishlari valyuta xo‘jalik mustaqilligi uchun keng
imkoniyatlar yaratib beradi. Lekin, sir emas, jahon kapital bozorida faoliyat yuritish xavf-
xatar bilan bog‘liq bo‘ladi. Ko‘pincha riskdan butunlay qutulib bo‘lmaydi, balki uning
darajasi pasaytiriladi. Valyuta riskini pasaytirishda banklarning o‘rni muhim. Bank
tizimini erkinlashtirish va korporativ banklar faoliyatini universallashtirish sharoitida
bank riskini baholash va nazorat qilish g‘oyatda muhim ahamiyatga ega.
Valyuta riski valyuta bozorlarida operatsiyalar bajarish, bank operatsiyalari
bozorining baynalminallashuvi trans milliy korxonalar tashkil etilishi bilan bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |