Iqtisodiy risklar mamlakatdagi umumiy iqtisodiy vaziyatdan kelib chiqadi. Tuzilish
belgilariga ko‘ra iqtisodiy risklar mulkiy, tarmoq va moliyaviy risklarga bo‘linadi.
Mulkiy risklar o‘g‘rilik, diversiya, terrorchilik harakati, ekologik tanglik va boshqa
sabablarga ko‘ra mulkni yo‘qotish ehtimoli bilan bog‘liq. Tarmoq risklari iqtisodiyot
tarmoqlaridagi ahvolning o‘zgaruvchanligi tufayli yuzaga keladi. Moliyaviy risklar
pulning xarid quvvati o‘zgarishi natijasida pul mablarlarini yo‘qotish ehtimoli bilan
bog‘liq. Unga pulning qadrsizlanishi va deflyasiya risklari kiradi.
2-jadvalda
maqsadning funksionalligi, vazifalarning umumiyligi, operatsiyalar
o‘xshashligining darajasi va boshqa omillarga qarab risklarni iqtisodiyotning makro,
mezo va mikro darajada tasniflanishi ko‘rsatilgan.
2-jadval: Risklar tasnifi.
Do'stlaringiz bilan baham: |