Boshlangʻich nuqtasi
Vositalar
Bozordagi faoliyatning
maqsadlari
Xaridorlarning, maqsadli
guruhlarning ehtiyojlari,
afzal koʻrgan narsalari
Marketing sohasidagi
tadqiqotlar (marketing-
miks)
Xaridorlar ehtiyojlarini barqaror
qondirish evaziga foyda olish
2-chizma. Zamonaviy marketing konsepsiyasining chizmasi
Qoʻyilgan maqsadlarga erishishda firma dastlab oʻzining resurs potensialining bozor
imkoniyatlaridan kelib chiqishi kerak, yaʻni ishlab chiqarish, texnologiyalar darajasi, moliya, sotish
kabi hal qiluvchi sohalarda oʻzining kuchli va kuchsiz tomonlarini hisobga olishi kerak.
Oxirgi paytlarda marketing yordamida yechiladigan mdsalalarning murakkablashuvi sharoitida
uning baynalmilallashuvi bilan bogʻliq boʻlgan global marketing haqida tobora koʻproq gapira
boshladilar. Bu jarayon, ayniqsa, transmilliy kompaniyalar uchun xosdir. Ular tomondan bozor
alohida segmentlar kabi emas, koʻproq ehtiyojlarning gomogenizasiyasi jarayoni va
isteʻmolchilarning mashhur va tanilgan tovar markalarini olishga juda ishtiyoqmandligiga koʻra
yagona bozor sifatida qaraladi. Shuni taʻkidlash joizki, global marketing asosida innovasion tovarni
ehtiyojlarni qondirishning standartlashgan va isteʻmolchilarning keng segmentlari uchun qulay va
arzon boʻlgan usuliga aylantirish gʻoyasi yotadi.
Bozorning globallashuvi mamlakatlar va ayrim hududlarning oʻz chegaralaridan tashqarida
faoliyat koʻrsatishga intilishiga aytiladi. Bu haqda savdoning liberallashuvi, investision toʻsiqlarning
olib tashlanishi, erkin tadbirkorlikning paydo boʻlishi va boshqalar dalolat beradi. Yirik korxonalar
doirasida esa globallashuv ichki bozor chegaralaridan chiqish va jahon bozorini oʻzlashtirishga
umumiy yondashuvning shakllanishini bildiradi. Bularning hammasi shunday xulosaga olib keladiki,
zamonaviy marketing yoʻnalishlari va tendensiyalari korxona darajasida muvaffaqiyatli amalga
oshirish uni boshqarish konsepsiyasi sifatida qabul qilish, funksiyalararo koordinasiyaning
rivojlanishi va qarorlarni qabul qilish, korporativ madaniyatni takomillashtirish boʻyicha
funksiyalararo guruhlarning yaratilishini talab qiladi.
Ishonchimiz komilki, marketing kelajagi aynan ana shu konsepsiya bilan bogʻliq. Baʻzi
bozorlarda esa u allaqachon ustunlik qilmoqda. Dorilar, oʻyinchoqlar, oziq-ovqat mahsulotlari, sport
jihozlari, kompyuterlar va boshqalarni ishlab chiqarishni misol sifatida keltirishimiz mumkin.
Bundan buyon isteʻmolchilar bozorda uyushgan kuch tarzida namoyon boʻladilar. Bu esa tovar
ishlab chiqaruvchilar faoliyatida ancha qiyinchiliklarga olib keladi. Konsyumerizm, qisqacha qilib
aytganda, isteʻmolchilarning oʻz huquqlarini himoya qilishi yoʻlidagi harakati deb tushuntiriladi.
Bunda isteʻmolchilarning harakati iqtisodiy evolyusiyaning mahsuli sifatida, ishlab chiqaruvchilar
iqtisodiyotidan isteʻmolchilar iqtisodiyotiga, sotuvchilar bozoridan xaridorlar bozoriga oʻtish sifatida
qaraladi. Konsyumerizm marketing konsepsiyasiga ishonchsizlik bildirmaydi, balki uning amaliyotda
real tadbiq etilishini talab qiladi.
Tabiiy resurslarning cheklanganligani anglab olish va isteʻmol va marketingning atrof-muhitga
taʻsiridan tashvishlanishni ifodalovchi environmentalistik harakat rivojlanib bormoqda. Shu bilan
birga ekologik muammolarga eʻtibor kuchaymoqda. Ekologiya firma tashqi muhitining omili sifatida
qaralmoqda. «Yashil marketing» harakati rivojlanmoqda, bu esa ekologik jihatdan toza boʻlgan
mahsulotni ishlab chiqarishni kengaytirishga koʻmaklashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |