Microsoft Word 05 Kishlok xujalik mahsulotlar sifati va marketingi


Nazorat va mulohaza uchun savollar



Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/350
Sana31.12.2021
Hajmi5,14 Mb.
#204702
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   350
Bog'liq
cpPTWtFav2vFhtne6h38LfMOjUEQtiBCVqaLTMI4

Nazorat va mulohaza uchun savollar 
1. Marketing deganda nimani tushunasiz? 
2. Marketingni oʻrganish zaruriyatining sabablari nimada? 
3. Marketing paydo boʻlishining asosiy sabablari? 
4. Marketingni fan sifatida shakllanishiga taʻsir qilgan omillar? 
5. Nima uchun marketingni qatʻiy bir taʻrifi yoʻq? 


6. Marketing fanining hozirgi zamon taʻriflarini aytib bering. 
 
 
11-Mavzu: Marketing va uni rivojlanishini asosiy bosqichlari. 
Reja: 
 
1.  Marketing nazariyasi konsepsiyasi va uning evolyusiyasi. 
2.  Marketing elementlari tarkibi va jarayoni. 
3.  Marketing – “miks” tushunchasi. 
4.  Marketingning asosiy rivojlanish boskichlari.  
 
1.  Marketing nazariyasi konsepsiyasi va uning evolyusiyasi. 
 
Marketing konsepsiyasining shakllanishiga ilmiy-texnik taraqqiyot, ularning tez surʻatlar bilan 
yangilanib  turishi,  ishlab  chiqarishni  samarali  boshqarish  va  hokazolar  katta  taʻsir  koʻrsatdi. 
Marketing  evolyusiyasining  birinchi  bosqichi  XX  asrning  boshidan  30-yillarning  oʻrtalarigacha, 
ikkinchi bosqichi esa 30 yillarning oʻrtalaridan 80-yillarning oʻrtalarigachani, uchinchi bosqichi esa 
80-yillarning oʻrtalaridan to hozirgi kungacha boʻlgan davrni oʻz ichiga oladi. 
  Marketing  evolyusiyasining  birinchi  bosqichida  ketma-ket  ikki  konsepsiya  paydo  boʻldi: 
ishlab chiqarishni takomillashtirish va tovarni takomillashtirish konsepsiyalari. 
  Ishlab  chiqarishni  takomillashtirish  konsepsiyasini  qoʻllash  ikki  holatda  oʻrinli  boʻladi. 
Birinchisi,  talab  taklifdan  yuqori  boʻlgan  holatda.  Bu  holatda  korxona  rahbariyati  asosiy  eʻtiborni 
ishlab chiqarishni yuksaltirishga qaratadi. Ikkinchisi, tovarning tannarxi yuqori boʻlganda, chunki uni 
kamaytirish uchun ishlab chiqarish samaradorligini oshirish talab etiladi. Demak, bu konsepsiyada 
tovar  ishlab  chiqarilsa  bas,  hyech  qanday  marketing  tadbirlari  qoʻllanmasa  ham  tovarning 
xaridorlarga sotilishi taʻminlanadi. 
  Tovarni takomillashtirish konsepsiyasining mohiyati shundan iboratki, isteʻmolchilar yuqori 
sifatli, yaxshi ekspluatasion xususiyatlarga va tavsiflarga ega boʻlgan tovarga nisbatan hayrihoxlik 
bilan  qaraydilar.  Demak,  firma  yoki  korxona  boshqaruvchilari  tovar  sifatini  yaxshilashga, 
ekspluatasion  xususiyatlarini  oshirishga,  oʻrab-joylash,  baho  va  dizayn  yordamida  tovarning 
xaridorgirligini  oshirishga,  umuman  bu  tovarning  sifati  aʻlo  darajada  ekanligiga  isteʻmolchini 
ishontirishga  oʻz  kuch-qudratini  sarflamogʻi  zarur.  Boshqacha  aytganda  bu  konsepsiya  “uzoqni 
koʻrolmaydigan  marketing”ga  olib  kelishi  mumkin.  Masalan,  “Oʻzbekiston  havo  yoʻllari” 
kompaniyasining  rahbariyati  mijozlarga  faqat  samolyot  kerak  deb  oʻylab,  boshqa  qulayliklar  va 
xizmatlarni tashkil etishni oʻylashmasa, u holda mijozlarini yoʻqotib qoʻyishi ham mumkin. 
  Marketing  evоlyusiyasining  ikkinchi  bosqichida  tijorat  faoliyatini  jadallashtirish  va 
marketingning umumiy konsepsiyalari (marketing-miks) vujudga keldi. Bu konsepsiyalarda asosiy 
eʻtibor tovarni sotishga va isteʻmolchilarga qaratilgan. 
  Tijorat  faoliyatini  jadallashtirish  konsepsiyasi  tovarni  siljitish,  sotish  va  sotilishlarini 
ragʻbatlantirish sohasida yetarli darajada, hatto agressiv harakatlar amalga oshirilmasa, isteʻmolchilar 
korxonaning  tovarlarini  kerakli  miqdorda  sotib  olmaydilar  –  deb  hisoblaydi.  Koʻpgina  firmalar 
sotishda  qiyinchiliklar  tugʻilsa,  ortiqcha  ishlab  chiqarish  belgilari  koʻrina  boshlasa,  mazkur 
konsepsiyani moʻljal qiladilar. Bunday firma va kompaniyalarning maqsadi - bozor talab qilayotgan 
tovarlarni ishlab chiqarish emas, balki ishlab chiqarilgan tovarlarni sotishdan iboratdir. 
  Koʻpchilik  hollarda  tijorat  faoliyatini  jadallashtirish  va  marketing  konsepsiyalarini  bir-biri 
bilan  chalkashtiradilar.  Marketing  sohasi  boʻyicha  yirik  mutaxassis  T.Levitt  ularni  bir-biridan 
quyidagicha farqlaydi: tijorat faoliyatini jadallashtirish konsepsiyasi - bu  diqqat-eʻtiborni sotuvchi 
zaruriyatiga  qaratish,  marketing  konsepsiyasi  esa  butun  diqqat-eʻtiborni  xaridorga  qaratishdan 
iboratdir. 
  Quyidagi 1-chizmada bu ikki konsepsiya taqqoslanadi. 


Bu  chizmada  keltirilgan  maʻlumotlardan  shuni  anglash  mumkinki,  tijorat  faoliyatini 
jadallashtirish  va  marketing  konsepsiyalari  eʻtibor  berilayotgan  asosiy  obyekt,  maqsadga  erishish 
vositalari va nihoyat soʻnggi maqsadlari boʻyicha bir-biridan maʻlum darajada farq qilar ekan. 
  Keltirilgan  1-chizma  maʻlumotlaridan  koʻrinib  turibdiki,  marketing  konsepsiyasida  eʻtibor 
berilayotgan  asosiy  obyekt  isteʻmolchilar  zaruriyati,  yaʻni  ularning  ehtiyojlarini  toʻlaroq  va 
samaraliroq  qondirish  hisoblanadi.  Bu  yerda  firmaning  koʻzlangan  maqsadga  erishishi  uning 
qanchalik  darajada  isteʻmolchilar  talabini  oʻrganganligi  va  raqobatchilarga  nisbatan  qanchalik 
darajada ularning talabini samaraliroq qondirganligiga bogʻliq boʻladi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Download 5,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   350




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish