1-chizma. Tijorat faoliyatini jadallashtirish va marketing
konsepsiyalarining qiyosiy tavsifi
Hozirgi kunda marketing amaliyotida ijtimoiy va axloqiy masalalarni hisobga olish zaruriyati
ijtimoiy-axloqiy marketing konsepsiyasining rivojlanishini keltirib chiqardi. Bugungi kunda atrof-
muhitning ifloslanishi, aholi sonining tez surʻatlar bilan oʻsishi marketingning ana shu
konsepsiyasidan foydalanishni taqozo etadi. Bu konsepsiya firmaning foydaliligi, isteʻmolchilar
ehtiyojlarini qondirish darajasi va jamiyat manfaatlari kabi uch omilning oʻzaro uygʻunlikda
boʻlishini talab qiladi.
Ijtimoiy-axloqiy marketing konsepsiyasi u nafaqat bitta shaxsning, balki butun jamiyat
extiyojlarini qondirishga qaratilgan. Korxona foydasi, xaridor ehtiyojlari va jamiyat manfaatlarining
oʻziga xos muvofiqlashuvi va oʻzaro bogʻlanishi sodir boʻladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |