presslab olingan kungaboqar moyining tozalangan dezodoratsiya qilinmagan, gidrotatsiya qilingan
oliy va I-nav va tozalanmagan oliy va I-navlari ham ishlatilishi mumkin.
Paxta moyi. Bu moy paxta chigitidan olinadi. Tozalanmagan paxta moyi oʻziga xos hidi va
achchiq taʻmga ega boʻlib, rangi qora-qoʻngʻir tusda boʻladi.
Tozalanganlik darajasiga qarab paxta moyi tozalangan va tozalanmagan turlariga boʻlinadi.
Moylarning bu ikki turi ham oliy, I, 2 navlarga boʻlinadi.
Oshpazlikda presslash yuli bilan olingan tozalanmagan paxta moyning uchala navi ham
tozalangan paxta moyining 2-navlari ishlatilmasdan, faqatina texnik maqsadlariga ishlatiladi.
Bundan tashqari, salat paxta moyi ham ishlab chiqariladi. Salat paxta moyi tozalangan paxta
moyining oliy va I-navlarini 7,5-8
0
C haroratgacha sovutib olinadi. Bu haroratda moy suyuq va quyuq
fraksiyalarga boʻlinadi. Moyning ana shu suyuq fraksiyasi salat paxta moyi hisoblanadi. Bu moyda
hech qanday begona hid va taʻm sezilmaydi, tiniq, rangi sal sariq, tez hazm boʻladi.
Soya moyi soya dukkagidan olinadi. Yuqorida qayd qilganimizdek, soya qimmatbaho
ekinlardan biri hisoblanadi. Buning boisi shundaki, soya dukkagida 20 foizga yaqin moy boʻlishi
bilan bir qatorda 40 foizdan oshiqroq miqdorda toʻliq qiymatli oqsil moddasi boʻladi. Soya oqsili
inson organizmi uchun zarur boʻlgan hayvon oqsilining oʻrnini almashtira olishi mumkin. Chunki,
soya oqsilining aminokislota tuzumi hayvon goʻshti oqsilining aminokislota tuzumiga juda yaqindir.
Keyinga paytlarda, avval aytganimizdek, Oʻzbekiston Respublikasida soya yetishtirishga alohida
eʻtibor berilmoqda. Shu bilan bir qatorda, Oʻzbekiston Respublikasida baʻzi moy-ekstraksiya
zavodlari chet eldan keltirilayotgan soya dukkaklaridan moy ishlab chiqarishni allaqachon yoʻlga
qoʻyganlar. Savdo tarmoqlarida soya moyining koʻplab aholiga sotilayotganligi bundan dalolat
beradi.
Tozalaganlik darajasiga qarab soya moylari gidrotatsiya qilingan I va 2-nav, tozalangan
oqartirilmagan, tozalangan oqartirilgan, tozalangan dezodaratsiya qilingan moylar holida sotuvga
chiqariladi.
Soya moylaridan toʻgʻridan-toʻgʻri isteʻmolga yaroqlisi tozalangan dezorodatsiya qilingan va
gidrotatsiya qilingan I-nav moylari hisoblanadi.
Yer yongʻoq moyi yer yongʻoq mevasidan presslash yoki ekstraksiya usuli yordamida ajratib
olinadi. Yer yongʻoq tarkibida yogʻ miqdori 40-60 foizni tashkil etadi. Shuningdek yer yongʻoq
mevasi tez hazm boʻladigan oqsil moddalariga ham boy hisoblanadi (30-35 %). Shu sababli yer
yongʻoqdan moy ajratib olingandan keyin hosil boʻladigan kunjara qandolatchilik va non sanoatida
boyituvchi xom ashyo sifatida ishlatiladi.
Ishlov berish usuliga qarab yer yongʻoq moyi tozalanmagan va tozalangan turlarda ishlab
chiqariladi.
Oziq-ovqat sifatida foydalaniladigan tozalanmagan yer yongʻoq moyi oliy va 1-chi navlarga
boʻlinadi. Tozalangan yer yongʻoq moyida taʻm va hidlar yaqqol sezilmaydi.
Yer yongʻoq moyi tarkibida 20 % ga yaqin toʻyingan yogʻ kislotalarining (palmitat, stearinat,
araxinat) trigleseridlari mavjud boʻladi. Shu sababli ham bu moy 0
0
C va undan past haroratda quyqa
hosil qiladi.
Kunjut moyi tarkibida 60 % ga yaqin moy saqlovchi kunjut urugʻidan ajratib olinadi. Oziq-
ovqat sohasida ishlatiladigan kunjut moyi asosan sovuq presslash usuli bilan ishlab chiqariladi.
Bunday moyda fizik-kimyoviy oʻzgarishlar juda kam boʻlib, moyning tabiiyligi saqlanib qoladi.
Oziq-ovqat sohasida ishlatish uchun kunjut moylari tozalangan va tozalanmagan turlarda ishlab
chiqariladi. Tozalanmagan kunjut moylari oliy va 1-chi navlarga boʻlinadi. Tozalangan kunjut moyi
esa tovar navlariga boʻlinmaydi.
Makkajoʻxori moyi presslash yoki ekstraksiya usuli bilan kraxmal va un-yorma sanoatining
mahsuli hisoblanadigan makkajoʻxori donining murtagidan ishlab chiqariladi. Makkajoʻxori
murtagida yogʻ miqdori 50 % gachani tashkil etadi. Savdo tarmoqlariga joʻnatish uchun makkajoʻxori
moyi toʻliq tozalangan holda ishlab chiqariladi. Tozalangan makkajoʻxori moyi E – vitaminlik
xususiyatiga ega boʻlgan tokoferol moddalariga boyligi bilan ham qadrlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: