Microsoft Word 05 Kishlok xujalik mahsulotlar sifati va marketingi


 Oʻsimlik moylari. Ishlab chiqarish texnologiyasi, assortimentining tavsifi



Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/350
Sana31.12.2021
Hajmi5,14 Mb.
#204702
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   350
Bog'liq
cpPTWtFav2vFhtne6h38LfMOjUEQtiBCVqaLTMI4

2. Oʻsimlik moylari. Ishlab chiqarish texnologiyasi, assortimentining tavsifi 
 
Baʻzi oʻsimlik urugʻlarida, mevalarida, ildiz mevalarida, umuman boshqa aʻzolarida koʻproq 
darajada yogʻ toʻplanganligi uchun yogʻ beruvchi oʻsimliklar deb ham yuritiladi. Baʻzi yogʻ beruvchi 
oʻsimliklar  urugʻida  yogʻning  miqdori  50-70  %  gacha  yetadi.  Masalan,  kungaboqarning  yuqori 
darajada  moy  toʻplovchi  navlarida  yogʻning  miqdori 70  %  gacha  boradi.  Lekin,  moy  olish  uchun 
tarkibida bundan ancha kam miqdorda moy toʻplovchi urugʻlar ham ishlatiladi. Kam moy beruvchi 
oʻsimliklar koʻpchilik hollarda xalq xoʻjaligi uchun katta ahamiyatga ega boʻlgan boshqa mahsulotlar 
olishda ishlatiladi. Masalan, gʻoʻza asosan paxta tolasi olish uchun ekilsa, soya oʻsimligi esa asosan 
ozuqaviy oqsil olish uchun va hayvonlarga  oqsilga boy ozuqa sifatida ekiladi. 
Hozirgi kunda moy beruvchi oʻsimliklarga 100 dan ortiq oʻsimlikni kiritish mumkin. Lekin, 
ularning  koʻpchiligida  yogʻning  miqdori  uncha  koʻp  boʻlmaganligi  tufayli  moy  ishlab  chiqarish 
sanoatida ishlatilmaydi. 
Oʻsimlik moylaridan moy  ishlab chiqarish asosan uch bosqichni oʻz ichiga oladi: urugʻlarni 
moy  ishlab  chiqarishga  tayyorlash,  moy  ishlab  chiqarish  va  olingan  moylarni  tozalash.  Moy 
toʻplovchi urugʻlar xoʻjaliklardan, omborxonalardan, paxta tozalash zavodlaridan har xil transport 
vositalari yordamida yogʻ zavodlariga tashib keltiriladi. 
Yogʻ  zavodlariga  keltirilgan  xom  ashyo  tezda  sifati  aniqlanib,  tortiladi,  tushiriladi  va 
omborxonalarga saqlash uchun joʻnatiladi. Moy toʻplovchi urugʻlarni qabul qilishda avval namunalar 
olinib, ifloslanganlik darajasi, namligi, yogʻ miqdori va boshqa koʻrsatkichlari aniqlanib, ular standart 


talabiga javob bersa   toʻgʻridan-toʻgʻri moy ajratib olishga  yoki tegishli standart talablariga javob 
bermasa qayta ishlashga joʻnatiladi. Agar moy toʻplovchi urugʻlar saqlashda yaroqli boʻlsada, lekin 
namligi  va  ifloslanganlik  darajasi  belgilangan  meʻyorlardan  yuqori  boʻlsa,  u  holda  qoʻshimcha 
tozalanib va quritilib, soʻngra saqlash uchun joʻnatiladi. 
Moylarni ajratib olish. Moylarni maydalangan magʻizlardan, urugʻlardan ajratib olish asosan 3 
usul  bilan  olib  boriladi: presslash  (mexanik  kuch  bilan  qisish),  eritish  va kombinatsiyalashtirilgan 
usul. Shulardan, avval presslash usulini koʻrib chiqamiz. 
Presslash  usuli.  Presslash  usuli  bilan  moy  ajratib  olganda  eng  qiyin  jarayonlardan  biri 
maydalangan  xom  ashyoni  presslashga  tayyorlash  hisoblanadi.  Yogʻlar  maydalangan  magʻizlar 
sirtiga katta kuch bilan yopishgan boʻladi. Bu yogʻlarni koʻproq miqdorda ajratib olish uchun mana 
shu yopishqoqlik kuchini susaytirish kerak. Mana shu maqsadda maydalangan xom ashyo namlik-
harorat bilan ishlov beriladi. Maydalangan magʻizga suv bugʻlari bilan namlab ishlov berilganda, ana 
shu  yopishqoqlik  darajasi  pasayib,  yogʻ  erkin  holatga  oʻtadi.  Bugʻlantirilgan  xom  ashyo  maʻlum 
darajada  quritilib,  keyin  esa  qizdiriladi.  Haroratning  koʻtarilishi  yogʻning  yopishqoqligini 
kamaytiradi, bu esa oʻz navbatida toʻqimalardan yogʻning chiqishini tezlashtiradi. Haroratiga qarab 
moy  ajratib  olishda  issiq  va  sovuq  presslash  usullari  qoʻllaniladi.  Agar  maydalangan  urugʻlar 
bugʻlantirilib,  issiqlik  bilan  ishlov  berilsa  (yaʻni  maxsus  qozonlarda  qovurilsa)  bu  usulni  issiq 
presslash  deb  yuritiladi.  Bundan  tashqari,  presslash  qanday  bosimda  olib  borilishiga  qarab 
forpresslash va shnek apparatlarida presslashga boʻlinadi. Forpresslash kichik bosimda olib borilsa, 
shnek  apparatlarida  presslash  katta  bosimda  olib  boriladi.  Bu  esa  albatta  ishlab  chiqarilayotgan 
moyning sifatiga taʻsir koʻrsatadi. 
Presslarda  siqib  chiqarilgan  moylar  maxsus  idishlarda  toʻplanib,  tozalash  uchun  yuboriladi. 
Presslash usulining kamchiligi shundan iboratki, bu usul bilan urugʻ tarkibidagi moyning faqatgina 
80-85 foizinigina chiqarib olish mumkin. Demak, kunjarada 15-20 foizgacha moy qolib ketadi. Shu 
sababli, bu usul bilan moy ishlab chiqarishning samaradorligi uncha yuqori emas. Yana shuni ham 
qayd  qilish  lozimki,  bu  usul  bilan  ishlab  chiqarilgan  moylarning  sifati  eritish  usuli  bilan  ishlab 
chiqarilgan moylarning sifatidan bir muncha yuqori boʻladi. 
Moy ishlab chiqarishning eritish (ekstraksiya usuli). Moy ishlab chiqarishning fizik-kimyoviy 
usullaridan amaliyotda ekstraksiya usuli koʻproq qoʻllaniladi. Buning asosiy sababi shundan iboratki, 
moy  ishlab  chiqarishda  mavjud  boʻlgan  usullar  orasida  ekstraksiya  usuli  urugʻdagi    moylarning 
qariyib  hammasini  ajratib  olishni  taʻminlaydi.  Eritish  (ekstratsiya)  usulining  mohiyati  moylarning 
organik erituvchilarda  yaxshi erishiga  asoslangandir. Ekstraksiya usulida moy  ajratib olishda ham 
xom  ashyoga  maʻlum  darajada  issiq  harorat  bilan  taʻsir  ettiriladi.  Lekin,  ekstraksiya  usulida  moy 
ajratib olish organik erituvchining qaynash temperaturalari atrofida olib boriladi. 
Ekstratsiya jaryoni shundan iboratki, maydalangan urugʻlar maxsus ekstraktorlarga oʻtkaziladi 
va  bu  ekstraktorlar  erituvchilar  bilan  toʻlgʻaziladi.  Erituvchi  sifatida  benzin,  kerosin,  efir,  atseton, 
dixloretan va boshqalar ishlatilishi mumkin. Ekstraksiyalash uchun ishlatiladigan erituvchilar arzon, 
mumkin  qadar  zararsiz,  tez  uchuvchan,  yogʻlar  bilan  reaksiyaga  borib  zaharli  moddalar  hosil 
qilmaydigan, jihozlar devorlariga taʻsir etmaslik kabi talablarga javob berishi kerak. Ekstraktorlarga 
erituvchilar solingandan keyin maydalangan urugʻlar tarkibidagi moy erituvchiga erib oʻtadi. Hosil 
boʻlgan  eritmani  missella  deb  yuritiladi.  Erituvchini  ajratish  uchun  missella  maxsus  apparatlarda 
haydaladi.  Albatta,  erituvchini  bir  marta  taʻsir  ettirish  bilan xom  ashyo  tarkibidagi  hamma  yogʻni 
eritib  chiqarib  boʻlmaydi.  Shu  sababli,  erituvchi  xom  ashyoga  bir  necha  marta  taʻsir  ettirilib, 
kunjarada 1-2 % yogʻ qolguncha davom ettiriladi. 
Hozirgi kunda moylarni olishning uzluksiz ekstraksiya usuli ishlab chiqilgan. Bunda bir necha 
ekstraktorlar bir-biriga ulangan boʻlib, ekstraksiya ketma-ket olib boriladi. Ekstraksiya usuli bilan 
moy ajratishni presslash bilan taqqoslasak, ekstraksiya usulining iqtisodiy samaradorligi bir qancha 
ustun  ekanligini  kuzatish  mumkin.  Buning  boisi  shundaki,ekstraksiya  usulida  urugʻ  tarkibidagi 
qariyib 100 foiz yogʻni ajratib olish mumkin. Xom ashyoni ekstraksiyaga tayyorlash jarayonlari ham 
presslash usuliga tayyorlash singari kechadi. 
Moy  ajratib  olishning  qoʻshma  (kombinirovanniy)  usulida  esa,  avvalo  tayyorlangan  xom 
ashyodan presslash usuli bilan moy ajratib olinib, keyin esa kunjaradagi yogʻ ekstraksiya usuli bilan 


ajratiladi. Koʻpchilik yogʻli urugʻlardan moy ajratib olish bundan mustasnodir. Soya dukkagida yogʻ 
miqdori bir muncha kam boʻlganligi va soya dukkagi tarkibidagi qimmatbaho oziqabop oqsilning 
xususiyatlarini  oʻzgartirmaslik  uchun  soya  xom  ashyosi  toʻgʻridan-toʻgʻri  ekstraksiyalashga 
joʻnatiladi. Yuqorida zikr etilgan usullar bilan olingan moylar hali isteʻmolga toʻliq  yaroqli emas. 
Shu sababli, bu moylarni tozalanmagan moylar deb yuritiladi. Bu moylarni toʻliq isteʻmolga yaroqli 
holatga keltirish uchun olingan moylar har xil usullar bilan tozalanadi. 
Moylarni tozalash (rafinatsiya). Tozalanmagan moylarda begona aralashmalar boʻladi. Begona 
aralashmalarga  fosfolipidlar,  mumlar,  uglevodlar,  erkin  yogʻ  kislotalari,  rang  beruvchi  moddalar, 
yogʻda  eruvchi  vitaminlar,  suv,  mineral  aralashmalar,  oqsillar,  uglevodlarni  kiritish  mumkin.  Bu 
begona  aralashmalar  foydaliligi  jihatidan  ozuqaviy  ahamiyatga  ega  emas,  baʻzan  esa  zaharli  ham 
boʻlishi mumkin. 
Bu  begona  aralashmalar  moylarga  xom  ashyodan  toʻgʻridan-toʻgʻri  oʻtishi  yoki  moy  ishlab 
chiqarish  jarayonida  kimyoviy  reaksiyalar  natijasida  ham  hosil  boʻlishi  mumkin.  Fiziologik 
ahamiyatga ega boʻlgan aralashmalarga yogʻda eruvchi vitaminlar  va yuqori darajada toʻyinmagan 
erkin holdagi yogʻ kislotalarini kiritish mumkin. Baʻzi aralashmalar masalan, modda almashinuvida 
ishtirok etadigan fiziologik ahamiyatga ega boʻlsada,  moylar tarkibidan bularning koʻproq miqdorda 
boʻlishi  choʻkma  hosil  boʻlishini  keltirib  chiqarib,  ularning  tovarlik  xususiyalarini  pasaytiradi. 
Moylar  tarkibida  begona  aralashmalarning  (suv,  oqsil,  uglevod)  boʻlishi  ularning  saqlash 
muddatlarining kamayishiga ham taʻsir etadi. 
Demak,  moylarni  tozalaganda  begona  aralashmalarning  fizik-kimyoviy  xususiyatlari  va 
fiziologik ahamiyati eʻtiborga olinishi zarur. 
Moylarni  tozalash  mexanizmining  borishiga  qarab  ularni  shartli  ravishda  fizikoviy,  fizik-
kimyoviy, kimyoviy usullarga ajratish mumkin. 
Fizikoviy  usulga  moylarni  tindirish,  filtrlash,  markazdan  qochma  kuch  (sentrfigulash) 
yordamida  aralashmalardan  tozalash  kiradi.  Bu  usullar  bilan  ishlaganda  moylar  asosan  mexanik 
aralashmalardan tozalanadi. 
Kimyoviy  usulga  esa  moylarni  gidrotatsiyalash  va  ishqor  eritmasini  bilan  ishlashni  kiritish 
mumkin. 
Fizik-kimyoviy usulga esa oqartirish uchun ishlash va dezodoratsiyalash kiradi. 
Moylarni  tindirish  uchun  konussimon  maxsus  idishlarda  olib  boriladi.  Bu  idishlarda  moyni 
maʻlum vaqt mobaynida saqlab turganda moydagi mexanik iflosliklar, qisman fosfatidlar va oqsillar 
choʻkmaga  tushadi.  Lekin,  bu  jarayon  uzoq  muddat  davom  etadi.  Shu  sababli  moylarni  mexanik 
iflosliklardan  tozalash  uchun  moy  maxsus  paxta  matolaridan  tayyorlangan  filtrlardan  sizib 
oʻtkaziladi. 
Gidratatsiya  usulining  maqsadi  moylarni  oqsil,  sliz  moddalari  va  fosfatidlardan  tozalash 
hisoblanadi.  Bu  jarayonni  ham  oʻtkazish  maxsus  uchi  konussimon  idishlarda  olib  boriladi.  Bunda 
idishdagi  60
0
C  gacha  qizdirilgan  moyga  70
0
C  haroratga  ega  boʻlgan  issiq  suv  purkaladi.  Bunday 
sharoitda  kolloid-eritma  holatidagi  oqsil,  sliz  moddalari  va  fosfatidlar  koagulizatsiyaga  uchrab 
choʻkmaga tushadi. Choʻkma esa filtrlash yordamida osongina moydan ajratiladi. 
  Ishqor  bilan  ishlov  berish  (neytrallash)  moydan  erkin  yogʻ  kislotalarini  chiqarib  yuborish 
uchun qoʻllaniladi. Bu jarayon sovunlanish reaksiyasiga asoslangandir: 

Download 5,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   350




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish