Microsoft Word 05 Kishlok xujalik mahsulotlar sifati va marketingi



Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/350
Sana31.12.2021
Hajmi5,14 Mb.
#204702
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   350
Bog'liq
cpPTWtFav2vFhtne6h38LfMOjUEQtiBCVqaLTMI4

 
Nazorat uchun savollar: 
1. Qanday moyli ekinlar mavjud? 
2. Moyli ekinlar urugʻi mavjud aralashmalar bilan ifloslanish darajasini aniklash uslublari 
qanday amalga oshiriladi? 
3. Sanoatda ishlatiladigan efir soyali ekinlar mevalarida namunalarni ajratish koidalarini 
tushuntiring.  
4. Moy tarkibidagi kislotalar sonini qanday aniklash mumkin?  
 
 


10-Mavzu: Respublikamizda bozor munosabatlariga oʻtish jarayonida marketingni oʻrni va 
uni rivojlanishining asosiy bosqichlari 
Reja: 
1.  Marketing tushunchasi va mohiyati
2.  Marketingni vujudga kelishi va rivojlanishining asosiy bosqichlari.  
3.  Zamonaviy marketing tushunchasi. 
 
1.  Marketing tushunchasi va mohiyati 
 
Marketing - bu qatʻiy fanning va bozorda samarali faoliyat koʻrsatishning mujassamlashishidir. 
Bu atama dastlab 1902 yilda AQShda paydo boʻlgan, 20  yildan keyin esa bu atamadan jahonning 
koʻpgina  mamlakatlari  foydalana  boshladilar.  Marketing  (market)  soʻzi  ingliz  tilidan  tarjima 
qilinganda “bozordagi faoliyat” maʻnosini anglatadi. 
Marketing  -  murakkab,  dinamik,  koʻp  qirrali  tushunchadir,  bu  esa  marketingga  tamoman 
universal  tavsif  berish  mumkin  emasligidan  dalolatdir.  Soʻnggi  yillarda  chop  etilgan  marketingga 
doir adabiyotlarda marketingning juda koʻp taʻriflari berilgan. Ulardan baʻzi birlarini keltirishni lozim 
topdik. 
Taniqli Amerika olimi - marketolog F.Kotler marketingning taʻrifini quyidagicha ifodalaydi: 
“Marketing  -  tovarlarni  yaratish,  taklif  etish  va  ayraboshlash  asosida  ayrim  olingan  kishi  va 
guruhlarning talab va ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan iqtisodiy va boshqaruv jarayonidir”. 
  Boshqaruv  muammolari  boʻyicha  yetakchi  nazariyotchi  olimlardan  biri  Peter  Drukkerning 
taʻrifi  esa  quyidagicha:  “Marketingning  maqsadi  sotishga  qaratilgan  harakatlarni  yoʻq  qilishdan 
iboratdir. Uning maqsadi xaridorlarni shunday oʻrganish va tushunishdan iboratki, tovar va xizmatlar 
uning talabiga aynan mos tushib, pirovardida oʻzini-oʻzi sotadi”. 
  Fransuz marketing maktabida qoʻllaniladigan taʻrif ham Peter Drukker taʻrifiga juda  yaqin 
turadi.  Unga  koʻra:  «Marketing  -bu  sotishni  taminlash  va  sotuvga  tovarlar  va  xizmatlarni 
istemolchilarning    talabiga  mos  holda  chiqarish  orqali  ularning  talabini  qondirish  maqsadida 
oʻtkaziladigan chora-tadbirlar majmuidir».  
  Amerika Marketing Assosiasiyasining  1985 yilda marketingga bergan tarifi esa quyidagicha: 
«Marketingning  mohiyati  insonlar va tashkilotlar talabini qondirish maqsadida tovar va xizmatlar 
ishlab chiqarishni rejalashtirish va uni amalga oshirish, narx belgilash, tovarlar  harakati va sotilishini 
uyushtirishdir». 
  Keltirilgan tariflardan koʻrinib turibdiki marketing -serqirra jarayondir. Shu bilan bir qatorda 
marketing  bozor  munosabatlari  subyektlarining  biznes  falsafasi,  fikrlash  strategiyasi  va  taktikasi 
faoliyati ekan desak xato qilmagan boʻlamiz. Demak, marketing bir vaqtning oʻzida «ham mushohada 
va ham harakat jarayoni» ekan. Bugungi bozor iqtisodiyoti toboro chuqurlashib borayotgan sharoitda 
firmalar,  korxonalar  va  boshqa  bozor  subyektlarining  raqobatga  bardosh  berib,  samarali  faoliyat 
koʻrsatishining birdan-bir yoʻli marketing imkoniyatlaridan keng foydalanish ekanligi hyech kimga 
shubha tugʻdirmaydi. 
  Respublikamizda ham soʻngi yillarda mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan tovarlarga talab 
va taklifni oʻrganish boʻyicha marketing tatqiqotlarini oʻtkazish mexanizmini ishlab chiqish borasida 
talaygina  ishlar  amalga  oshrildi.  Bu  esa  bizning  davlatimizda  ham  marketingning  bozor  qonun-
qoidalariga muvofiq xoʻjalik yuritish tizimining asosiy vositasiga aylanish davri boshlanganligidan 
dalolatdir. 
  Bu yerda marketingning quyidagi asosiy tamoyillariga amal qilish talab etiladi: 
1. Isteʻmolchilar ehtiyoji boʻyicha qarorlar qabul qilganda talabning holati dinamikasi va bozor 
konyukturasini diqqat bilan oʻrganish. Bu tamoyilga amal qilish mavjud talab va kutilayotgan talab 
darajasi  boʻyicha  bozor  holatini,  raqobatchilarning  bozordagi  faoliyatini,  mijozlarning  bozordagi 
hulq-atvori va ularning mazkur korxona tovariga munosabatlarini yaxshi bilishni koʻzda tutadi. Bu 
yerda marketingning bosh vazifasi mijozlarning nimani hohlashlarini tushunib yetishdan iboratdir. 
2.  Ishlab  chiqarishning  talab  strukturasi  va  bozor  talabiga  maksimal  darajada  mosligini 
taʻminlashga sharoit yaratish. 


  Marketingning  hozirgi  zamon  konsepsiyasi  korxonaning  butun  faoliyati  (ishlab  chiqarish, 
ilmiy-texnik,  sotish  va  hokazo)  isteʻmolchilar  talabi  va  uning  kelgusidagi  oʻzgarishi  bilan  bogʻliq 
bilimlarni oʻz ichiga oladi. Marketing isteʻmolchilar talabi mavjud boʻlgan tovarlarni yaratish, ishlab 
chiqarish va sotish jarayonlari demakdir. Bu yerda talabning holati va oʻsish darajasini tahlil qilish 
asosida u yoki bu mahsulotni ishlab chiqarish zaruriyati bor yoki yoʻqligi haqida xulosa qilinadi. 
3. Asosiy isteʻmolchilarga mazkur korxonaning tovarlari haqida maʻlumot berish va ularning 
aynan  shu  korxona  tovarlarini  sotib  olishlariga  asosan  reklama  va  ruxsat  etilgan  boshqa  vositalar 
orqali taʻsir koʻrsatish. 
  Yangi  tovarni  yaratdim  va  ishlab  chiqardim,  bu  yaratgan  va  ishlab  chiqargan  tovarlarim 
bozorga  oʻzi  yoʻl  topadi  deb  oʻylaydigan  korxona  rahbarlari  yangilishadilar.  Albatta,  koʻpgina 
korxonalarning  asosiy  vazifalaridan  biri  samara  beradigan  yangi  tovarlarni  ishlab  chiqarish 
hisoblanadi.  Lekin,  bu  tovarlarni  muvaffaqqiyat  bilan  bozorga  siljitish  ham  muhim  vazifalardan 
sanaladi. 
  Bugungi  kunda  marketing  tadbirkorlik  sohasida  ham  oʻz  oʻrnini  topmoqda.  “Tadbirkor  - 
isteʻmolchi” bozori munosabatlarida marketingning oʻrnini 1-chizmada keltiramiz. 
 
      Bozor toʻgʻrisida                                                Talabni bashorat 
         maʻlumotlar 
                                              qilish va oʻrganish 
 
 
       Ishlab chiqarish va  
             
Ehtiyojni 
    savdo-sotiq dasturini  
                     qondirish (talabni) 
       tayyorlash 

Download 5,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   350




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish