urugʻi uchun toifani belgilashda nav tozaligi va kizil donli sholi xillari tarkibi hisobga olinadi:
birinchi, ikkinchi va uchinchi toifalar uchun tegishlicha 0,1, 0,3,1,0% dan ortiq boʻlmasligi kerak.
Chetdan changlanadigan ekinlar (javdar, grechixa, lyupin) urugʻlari reproduksiyalanish yillari
soniga kara buch toifaga bulinadi: I…II reproduksiya birinchi toifadagi javdarga, II va IV-ikkinchi
toifaga, V va keyingilari - uchinchi toifadagi javdarga; I…III reproduksiya birinchi toifali grechixaga,
IV….VII - ikkinchi toifali hamda VIII reproduksiyalari va ommaviylari uchinchi toifali grechixaga
kiritiladi.
Donli va dukkakli ekinlarning sara urugʻlarining navlardagi tozaligi 99,7%ni, koʻk noʻxat,
yasmiqq, loviya, burchoq, kanakunjutniki - 99,8%, tritikale, xashaki noʻxat, omixta yem dukkakli
oʻsimliklarniki - 99,5%ni tashkil etadi. Makkajoʻxori hamda burinchi va keyingi reproduksiyali
duragay turlarning urugʻlari toifalari tipikligi va kseyiyliligi kursatgichlariga qarab belgilanadi.
Birinchi, ikkinchi, uchinchi toifalar uchun navlarning tipikliligi dalada sinash maʻlumotlariga koʻra
tegishlicha kamida 99,0; 98,0; 97,0%, omborda sinash maʻlumotlari boʻyicha - 100,0; 99,0; 99,0%,
kseniyli donlar miqdori xar bir soʻtada dalada sinash maʻlumotlariga koʻra - kamida 100, 300, 6 –
dona, omborda sinash maʻlumotlari boʻyicha -10,100 va 200 dona boʻlishi lozim.
Makkajuxorining superelita va elita navlari, oʻz-oʻzidan chanlangan liniyalar va duragay turlar
urugʻlari dalada sinash maʻlumotlariga koʻra tegishlicha kamida 99,5% nav tipikligiga va 100 sutada
20 donadan ortiq boʻlmagan kseniyli don miqdoriga, omborda sinash maʻlumotlari boʻyicha nav
tipikligi kamida 100%, superelita donlari uchun kseniyli donlar boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi, elita
navlar uchun – 100 sutada kseniyli donlari 10 donadan ortiq boʻlmasligi kerak.
Kungabokar pistalari uchun nav tozaligi toifasi urugʻlarning tipikligi va kirraliligi
koʻrsatkichlarini hisobga olib belgilanadi. Ana shu koʻrsatkichlarga qarab makkajuxori pistalari ikki
toifaga bulinadi: 1 toifa - tipiklik kamida 99,8% va kirralilik kamida 97%.
Chigit nav sofligi boʻyicha toifalarga bulinmaydi. Bu koʻrsatkichga doir talablar urugʻlarning
reproduksiyasiga qarab belgilangan. Masalan, elita va oila boʻyicha terimlar chigitlarining nav
tozaligi kamida 100%, I reproduksiyaniki - kamida 99, II reproduksiyaniki-kamida 98 va III
reproduksiyaniki - kamida 96% boʻlishi kerak.
Chigitlarning ekishga oid sifatlari kuyidagi koʻrsatkichlarga koʻra, tavsiflanadi: asosiy ekin
urugʻlari tarkibi (tozalik), ifloslanganlik va unuvchanlik. Ana shu koʻrsatkichlarga koʻra urugʻlar
klasslarga bulinadi. Keyingi yillarda tasdiklangan urugʻlar standartlarida asosan fakat ikki klassga
boʻlish nazarda tutilgan.
Urugʻlarning ekishga oid sifatining eng muxim koʻrsatkichi-unuvchanlik. Unuvchanlik hisobga
olinib, ekish meʻyori va tegishlicha urugʻlar sarfi belgilanadi. Asosiy donli ekinlar uchun urugʻlarning
unuvchanligi klasslar boʻyicha 95, 92 va 90%dan iborat.
Urugʻlarga standartlarda ifloslanganlik meʻyorlashtirilgan, bunda boshka ekinlar urugʻining 1
kg ga donalardagi va shu jumladan, navli ekinlarning tarkibi boʻyicha talablar belgilangan. 1 klassli
makkajuxori donlari uchun makro zaxalangan donlar boʻlishi cheklangan. Ular 20%dan ortiq boʻlishi
mumkin emas.
Ilmiy tadkikot muassasalari va qishloq xoʻjaligi oliy ukuv yurtlarining ukuv-tajriba xujaliklari
yetishtiradigan va sotadigan, shuningdek, xujaliklarning urugʻchilik ekin maydonlarida koʻpaytirish
uchun yetishtiriladigan I reproduksiyali urugʻlar nav tozaligi boʻyicha 1 toifaga tugri kelishi va
ekishga oid sifatlari boʻyicha II klassdan past boʻlmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: