tushuncba
tushuncha
sabab-natijali munosabat
shartli munosabat
Demak, belgilar obycktiv rcallikdagi o ‘zi aks ettirgan obyektga
munosabatiga ko‘ra m otivlangan va m otivlanm agan belgilarga
bo'linadi. Masalan, tutunni ko‘rib, yong‘in yoki olov haqida, o ‘rik
gullaganini ko‘rib, bahor fasli haqida, suv jimirlaganini ko‘rib, baliq
haqida, tosh so‘zini eshitib, qattiq jism haqida tasaw urga ega
boMamiz. Birinchi obyektlar (tutun, o ‘rik guli, suv jimirlashi, tosh
so'zi), ikkinchi obyektlar (olov yoki yong‘in, bahor, baliq, qattiq
jism ) haqida axborot berish uchun xizm at qilyapti. Bulardan
dastlabki uch obyekt o ‘rtasida (tutun va olov, o ‘rik guli va bahor,
suv jimirlashi va baliq) tabiiy bog‘lanish, sabab-natijali munosabat,
ya'ni obyektlar aloqasida motivlanish (motivatsiya) bor. Oxirgi
obyektlar (tosh so‘zi va qattiq jism ) m unosabatida esa tabiiy
37
www.ziyouz.com kutubxonasi
bog‘lanish, sabab-natijali m unosabat (m otivatsiya) yo‘q. U lar
o ‘rtasidagi m unosabat shartli.
M ashhur Amerika olimi K .Fon Frishning maMumotiga ko‘ra
asalarilar o ‘yini ham belgi vazifasmi bajaradi. Asalari o'yinining
shakli va chastotasi ozuqa manbayining masofasi hamda yo‘nalishi
h a q id a m a 'lu m o t b e ra d i. D o ira s h a k lid a g i o ‘yin i o z u q a
manbayining asalari uyasidan uzoq emasligini, yuz m etr atrofida
ekanligini, sakkiz shaklidagi o ‘yini esa birdaniga ikki axborot —
ozuqa m anbayining masofasi yuz m etrdan ancha ortiqligi va
yo ‘nalishini bildiradi. Masofa maMum vaqt ichida bajarilgan o ‘yin
shaklining m iqdoriga bogMiq. M asofa uzunligi asalari o ‘yini
chastotasiga teskari proporsionaldir. T o ‘qqiz-o‘nta sakkizlik b o ‘lsa,
yuz m etr atrofidagi masofani, yettita sakkizlik shakli 200 m etr
masofani, to ‘rt yarim sakkizlik shakli bir kilom etr masofani, ikki
sakkizlik shakli esa olti kilom etr masofani ko'rsatadi. Masofa
qancha uzoq boMsa, o ‘yin shuncha sekin boMadi. Y o‘nalish esa
«sakkizlik» o ‘qining nisbatiga ko‘ra belgilanadi. Quyoshga nisbatan
«sakkizlik» o ‘qining o ‘ngga yoki chapga burilish burchagi yo'nalish
tom onini aniq ko'rsatadi.
Asalari o ‘yinining shakli va chastotasi bilan ular ifodalagan
axborot o'rtasida ham shartli, motivlanmagan m unosabat bor.
Shuni ham ta'kidlash lozimki, biri ikkinchisi bilan almashinib
keladigan har qanday ikki obyektning biri belgi boMavermaydi. Faqat
biri o'rnida ikkinchisi muttasil almashinadigan va bu almashinuv
(eng muhimi) inson ongida aks etganidagina belgilashadi. Masalan,
tutun olovning belgisidir. Ammo uning belgiligi obyektlar o'rtasidagi
tabiiy sabab-natijali (sabab-olov, natija-tutun) munosabat emas,
balki bu munosabatning inson ongida aks etganligi, konvensionalligi
uchundir. Aks holda tabiatdagi har qanday sabab-natijali m uno-
sabatda boMgan obyektlar o ‘zlariga tabiiy ravishda belgi yaratib
olardi.
Sabab-natijali m unosabat (m otivlangan) belgilar tabiatdagi
obyektlar o ‘rtasidagi m unosabatni inson ongida aks etishidan
vujudga keladi. Shartli munosabat (motivlanmagan) belgilarda esa
obyektlar o ‘rtasidagi m unosabat inson tom onidan hosil qilinadi.
Ana shu subyekiv hosil qilingan aloqa b e l g i m a z m u n i
38
www.ziyouz.com kutubxonasi
(konsept yoki signifikat) hisoblanadi. Belgi orqali ifodaiangan ohyekt
esa denotat yoki referent atam alari bilan nom lanadi.
F.de Sossyuming fikricha, til belgilari o ‘z tabiatiga ko‘ra garchi
psixik bo ‘lsa ham , lekin u abstraksiya emas, balki jam iyat a ’zolari
til xotirasidajoylashgan reallikdir.1 U ayrim mualliflaming til alohida
narsaiarning nomlari yig‘indisi (nomenklaturasi) degan qarashlariga
tanqidiy m unosabatda bo ‘ladi.
Uning fikricha, lingvistik belgi narsa va uning nomi o'rtasidagi
munosabatdan emas, balki tushuncha va akustik obraz o'rtasidagi
munosabatdan tashkil topadi. Akustik obraz deganda fizik holat,
moddiy tovushlar yordam ida ifodalanish emas, balki tovushla-
nishning psixik muhri, sezgi a ’zolarimiz tom onidan tovush tom oni
haqida tasaw ur tushuniladi.
Akustik obrazlarning psixik xususiyatini o ‘zimizning shaxsiy
nutqiy tajribamizda aniq kuzatishimiz mumkin. Labimizni ham,
tilim izni ham qim irlatm asdan turib, ichim izda o ‘z - o ‘zimizga
gapirishim iz yoki m a'lu m sh e ’riy parchani fikran o ‘qishim iz
mumkin. Til birligi bo'lgan so‘zning tashqi tom oni akustik obraz
b o ig an i uchun ham uning tashqi tom oni tarkibiy qismlari haqida
fikr yuritganda, «fonema» haqida gapirib b oim aydi. Chunki bu
atam a fonatsiya jarayoniga, faqat real talaffuz qilrngan so‘zga
taalluqlidir.
Shunday qilib, lingvistik belgi, F.de Sossyur talqiniga ko ‘ra,
ikki tom onlam a psixik mohiyat b o iib , tushuncha va akustik obraz
o ‘rtasidagi m unosabatdan tashkil topgan.
Bu ikki tom on o'zaro uzviy bo g iiq b o iib , biri ikkinchisini
taqozo etadi.
1 Sossyur F.de. 0 ‘sha asar, 53-bct.
39
www.ziyouz.com kutubxonasi
F.de Sossyur o ‘zigacha bo'lgan olim lar belgi deganda faqat
ak u stik o b ra z n i tu sh u n g an ig a tan q id iy y o n d ash g an i h o ld a,
lin g v istik belgi ta rk ib iy q ism la rin i ifo d a lo v c h i tu s h u n c h a
atam asin i ifo d alan m ish atam asiga, akustik obraz atam asin i
ifodalovchi atam asiga o'zgartirishni tavsiya etadi. Bunday vaqtda
lingvistik belgi atam asi b u tu n n i, keyingi ikki atam a esa uning
ikki tarkibiy qismini ifodalaydi. Keyingi ikki atam aning qulayligi
s h u n d a k i, av v alo , b u tu n ta rk ib id a g i u n s u rla rn in g o ‘z aro
zid lan ish in i, qolaversa, b u tu n va b o ‘lak zid lan ish in i to ‘g ‘ri
ifodalaydi.
L in g v is tik b e lg i en g m u h irn a h a m iy a tg a m o lik ik k i
xu su siy atg a ega ek an lig in i t a ’kidlaydi. U larn in g b irin ch isi
e rk in lik (proizvolnost), ikkinchisi esa ifodalovchining k etm a -
k e tlig id ir . 1
Do'stlaringiz bilan baham: |