Ilmiy maqola va tadqiqotlar



Download 7,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/217
Sana30.12.2021
Hajmi7,37 Mb.
#192899
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   217
Bog'liq
2 5377612497010297357

1 Subhi  alast  — azaldan.
44


Tasviriy  uslublarda  topilishi  matlub  bo‘lg‘an  hollarg‘a 
uslubning xususiy  hollari  deyiladi.
Endi  uslubning  umumiy  hollarini,  ya’ni  har  uslubda 
topilishi  matlub  b o ig ‘an  hollami  ko‘ramiz:
TUZUKLIK
U  asardagi  so‘zlar ham  gaplari  sarf,  nahv  ham  shevaga 
ko‘ra  tuzuk  boisa,  shul  asaming  uslubida  tuzuklik  bor 
deyiladir.
Tuzuklik  har uslub  uchun juda  zarur, juda  keraklik bir 
holdir.  Bir  fikr  qanday  go‘zal,  qanday  foydaliq,  qanday 
ochiq boisa boisun, uni ifoda qilg‘animizda so‘zlarimizning, 
gaplarimizning sarf, nahv, shevaga ko‘ra buzuqligi u fikming 
ta’sirini yo‘qotadir. 0 ‘zbekchani yaxshi bilmagan kishi bilan 
gapirishib  turg‘anda  qanday bir holda  qolsangiz,  buzuq bir 
uslubni o‘qug‘anda ham xuddi shu holatda qolurmiz.
0 ‘zbek shoiri Fanoning:
Ushshoqlarg‘a  bo‘lmasa shavqin  chu  rahnamo,  —
degan misraida sarf yanglishi bor. Oshiqlar o‘mida «ushshoq- 
lar»  degan.  Holbuki,  «ushshoq»  so‘zining  o‘zi  oshiqlar 
demakdir.  Ruschadan  tilimizga  tajjima  qilinib,  Elbekning 
«Go‘zal yozg‘ichlar»ida bostirilg‘an  «Qush  qo‘shig‘i»  hi- 
koyasida49  shu:  «Beshikdagi  bolang  menga  qarab  yorug‘ 
chiroyday katta k o ‘zlarini ochib,  mening qo‘shug‘imni ham 
tinglab,  «onam qani?» dedi»,  — iborasidan «katta k o ‘zlarini 
ochib»  parcha(si)  nahvga ko‘ra yanglishdir.  Chunki bun- 
dagi  «katta» so‘zi ko‘zga emas,  «ochib»g& baylanadir.  Bo- 
laning  ko‘zi  katta  emas,  bola  ko‘zini  katta  ochg‘an.  Bu- 
ning  nahvga  ko‘ra to‘g‘risi:  «ko ‘zlarini katta  ochib»  shakli- 
dadir.
Yana  shul  «Go‘zal  yozg‘ichlar»dag‘i  «Binafsha»  hiko- 
yasining  shu:  «Gulzor ichidagi gullar hech  bir binafshaning 
borlig‘ini  sezmaydirlar,  bilmaydir»  degan  parchasida  nah- 
viy  yanglishiq  bor.  «Hech  bir»  degandan  keyin  «sezmay- 
durlar»  «bilmaydurlar»  emas,  «sezmaydur,  bilmaydur»  de- 
mak kerak edi.
Burung‘u  shoirlarimizdan  Fanoning:
Voy gul bir shavqida  qon  bo‘ldi ko ‘nglum g ‘am  ishi, 
Bulbuli sho ‘ridadek yuz rang nolondur bukun, —
45


degan baytida nahviy yanglishiq bor. Bu baytda «ko ‘nglum ishi» 
ega, «nolondur» so‘z kesimdir. «Ko ‘nglum ishi nolondur» degan 
gap nahvga ko‘ra yanglishdir. Ko‘ngulni ishi «nola»dir, «nolon» 
emas. Navoyining «Layli va Majnun»idan shu:
Gulshan  aro  qaysi xushdin fard,
«Yotib»  edi yerda  o ‘ylakim gard.
Ham  mazida xushdin xabar yo ‘q,
Ham jismida  ruhdin  asar yo ‘q.
Yorim  necha  kim  nasimi gulbez,
Bo‘ldi chaman  ahli uzra gulrez,—
degan  parchada  «yotib»,  «yorim»  so‘zlarining  birinchi 
bo‘g‘umlari juda cho‘zulub,  «madd» bilan aytiladir.  Bu esa 
bizning shevamizda yo‘qdir.
SOFLIK
Uslubda soflik so‘z tuzushda, gap tuzushda yotchilik ko‘r- 
satmaslik,  asarda yot  so‘zlar yo  eski  onglashilmas  so‘zlami 
kirgizmaslik,  yot  tillaming  nahviy  qo’idalarig‘a  qarab  gap 
tuzmaslikdir.
0 ‘qiuchilaming  qaysilarikim,  tirishmaylar o ‘z  bilimla- 
rini  ortdira  olmaslar deganimizda  gapning  tuzulishi  o‘rus- 
chaning  gap  tuzulishiga  ergashgan,  uning  ta ’siri  bilan 
bo‘lgandir.  Buning  to‘g‘risi:  Tirishmayturg‘an  o ‘qig‘uchilar
o ‘z bilimlarini orttira  olmaydilar,  shaklida bo‘ladir.
Eski  shoirlarim izdan  Balxiy  Durbekning  «Yusuf- 
Zulayho»  kitobidan  shu:
Bor edi bir bog‘ «bamisli Eram»,
Misr azizi sob  erdi haram.
Qoldi  taajjubda  «z-sun ’i  iloh»,
Yusuf o ‘shal tevaga  aylab  nigoh.
«Oqibatul amr zirohi talab»,
«Hittayi Kan ’onga» yetishti arab, —
parchasini  «bamisli  Eram»,  «z-sun’i  iloh»,  «oqibatul  amr», 
«zirohi  talab»,  «Hittayi  Kan’on»  degan  so‘z  uyushmalari 
yotchilik bilan tuzilgandir.
Muqimiyning:
To  o ‘zingni  mahfdaro  qilmading,
Oshiqlami zor-u  shaydo  qilmading,
46


G‘ayr az  diling sangi xoro  qilmading,
Bo ldi  dedim,  hargiz parvo  qilmading,—
deganida  «mahfllaro»,  «g‘ayr az diling»,  «sangi xoro»,  «har- 
giz» so‘zlarida yotchilik bordir.
Asarda  yot  so‘zlami  kirgizmak,  yangidan  so‘zlar  yasa- 
moq ham uslubning sofligiga zarar beradir. Biroq, bu mas’alada 
ko‘b  ifrotg‘a  bormaslik  kerak.  Bizda  adabiyot,  ilmiy  bir  til 
yangidan yasalmoqdadir. Dunyo o‘zgarib turadir. Hayot kun- 
dan  yangilashib  boradir.  Yuz  yil  burung‘i  ota-bobolarimiz- 
ning  tushlariga  ham  kirmag‘an  bir  ko‘b  hodisalar,  narsalar 
maydong‘a  chiqib  turadir.  Bular  uchun  yangi-yangi  otlar 
taqash  lozim  bo‘ladir.  Biz  bulaming  otlarini  yo  yangidan 
yasaymiz (uchg‘ich, uyushma, boshqarma kabi), yoxud yotlar- 
dan olarmiz (elektrik,  telefon, poyizd kabi), yo unitihb ketgan 
eski so‘zlarimizni  yangidan  tirgizamiz  (quriltoy  kabi).  Shul 
uch  yo‘l  bilan  tilimizga  yangi  so‘zlar  kirgizishni  (soflikni 
saqlash uchun) qabul etmasak, tilimizni boyimoqdan to‘xtat- 
g‘an  bo‘lamiz.
Zamonimizning ilmiy, adabiy maydonig‘a kirmak uchun 
intilmakda bo‘lg‘an tilimizni boyitmoq uchun o‘z sarf, nah- 
vimizga  qarab  yangi  so‘zlar  yasamoq,  burung‘i  so‘zlari- 
mizni oxtarib topib, ishga solmoq lozimdir. Bulaming uslub 
sofligiga zarar berishlari vaqtligina bir ishdir. Bora-bora yangi 
so‘zlar el zamonidan qabul etihb, hayotg‘a  oshadir, o‘zlasha- 
dir,  uslubga zarari ham yo‘qolg‘an bo‘ladir.  Biroq,  bulaming 
ba’zilari  borkim:  bizning  shuncha  ishlatganimiz  bilan-da 
hayotg‘a oshmaydir, ko‘bchilik tomonidan qabul etilmaydir.
Mana mundaylarig‘a bizning har qing‘irhq  qilib  o‘turi- 
shimiz  yaramaydir.  Dunyo  o‘mida  ochun,  shahar  o‘mida 
boliq,  askar o‘mida cherik mana shunday so‘zlardandir.
OHANG
Yozuvchi-adib  so‘zlarining  musiqiylig‘ini  ko‘zda  tutib, 
eshitishimizda chiroylik ham mavzu’ga munosiblarini tollab 
quloqqa og‘ir kelmayturgan bir tartibda tizishdir.
Navoyining  «Layli-Majnun»ida  Laylining  o‘lim  kuni 
onasining yig‘lashini tasvir etmak uchun  aytilgan  shu:
Ko ‘ksini yoqodek  etdi pora,
Kim  ko ‘nglidan  urdi o ‘t sharora.
47


Timog‘larin  chu yuziga  qo‘ydi, 
Timoq-timog‘cha  yemi  o ‘ydi.
Deb  navha  bilan  chu  tortibon  voy,
Kim  na  og‘ir uyqudir,  bo‘tam,  hoy! —
parchasi chindan motam kunlaridagi yig‘lash ohangini ber- 
gani uchun mavzu’ga munosibdir.
Uslubning  ohangini  buzaturg‘an  sabablar:
a)  bir  tovushning  bir gapda  d af alarcha  kelishidir:
Elbekning  shu:
Qor qarshusida  qarg‘a  qag‘irlab  quvonishda,
Qoqar qanotin  qayg‘uli,  qolmas  qaro  qishda. 
Qot-qot qorinni  qayusida  qolmasa  qarg‘a, 
Qoqmasdi  qanotini  quruq  qo‘rquli  qarg‘a.
b)  nahvda  qarash  belgisi  atalg‘an50  «ning»dan  uch- 
to‘rttasining bir gapda ketma-ket kelishidir:  Uning otasining 
bog‘chasining  yoochlarini  kesganlar.  U sening  daftaring- 
ning  qog‘ozlarining  anchasini yirtqon.
j)  bir so‘zning bir gapda  necha  qatla kelishidir:
Uning so ‘ziga quloq solmay, so ‘zini qaytarar edi.  Bir qarg ‘a 
bir patimi tishlab  bir yog‘ochga  qo‘ndi.

Download 7,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish