ADABIYOTSHUNOSLIK
SHE’R VA SHOIRLIQ
(Adabiy mubohasa)
I
She’r va shoirliq degan so‘zlar bizda yangig‘ina bir narsa
emas. Turk ulusi o‘z borlig‘ini ochung‘a ko‘rsatkali she’r va
shoirliqni bilibg‘ina kelganlar. Har kim ishonadirkim, turk
ulusining borlig‘i va madaniylig‘i arab kelgach boshlanma-
gan. Turklar Oltoy tegrasinda madaniyat qurub, hukumat
yasab, tinchgina yashab turg‘anda arablaming Arabistondag‘i
hollarini, ehtimolkim, o‘zlari ham bilmas edilar. Madaniy
bir ulusning she’rsizlig‘in so‘ylamak esa, gapumb turg‘an
bir kishining jonsizIig‘ina ishonmoq kabi kulunchdir. «Turklar
musulmonhqdan bumn ham buyuk madaniy dong‘li bir kun
kechirganlar». Mana bu so‘zni qabul qildikmi, «Turklaming
musulmonliqdan bumn ham she’rlari, shoirlari, adabiyotlari
bor edi» demakdan o‘z boshimizni qutqara olmaymiz.
0 ‘zbek, totor, qirg‘iz, turkman orasinda turk odi kabi
unutil-
mas bir yo‘sunda bu kungacha yashab kelgan cho‘bchaklar,
matallar, ertaklar, o‘lan va laparlaming har birini eshitib
yuramiz. Turkman, qirg‘iz ellarindag‘i navras1 kishilari, kich-
kina bolalar, o‘quv, yozuv bilmag‘an xalqning qizlarining
so‘z ustaliqlari borlig‘ini bilib turamiz. Mana shunlaming har
biri turk eski adabiyot madrasasindan tushub qolg‘an baholi
toshlardan boshqa narsa emasdir. Ulus ora og‘izdan og‘izg‘a
aylanib yuig‘an cho‘bchaklardan yaxshig‘ina onglashilurkim,
turk eski adabiyot madrasasinda sevgi va oshiqdan boshqa fal-
safa, hikmat va axloqdan ham ko‘b narsalar bor ekan.
Esiz, minglarcha esizkim, arab kelgani sababli eski turk
adabiyotining buyuk va baholi izlari so‘lindi, yo‘qoldi-ketdi.
Ziyrak, tirishg‘an, chidamli, ongli har ishning ketini
tushungan arablar qaysi o‘lkani bosib olg‘anda eng ko‘p
shul o‘lkaning
eski dini, eski tili, eski bitiklari, eski asarlarini
1 Izohlar lcitobning oxirida berilgan.
5
edilar. Biz ham she’mi «vazn» va «qofiya»dan iborat (deb)
bihb turg‘ancha chin she’rg‘a yaqinlasha olmaymiz. Talabimiz
qilg‘an kabi «sharob, jom, xumor, hol, xat, qosh, ko‘z, gul,
bulbul» singari o‘n-o‘n besh so‘zni bilgih vazn tizib, «ol,
hol, xol» kabi so‘zlami «qofiya» qilarmiz-da, o‘zlarimizni
she’r yozg‘an atab o‘tub ketarmiz. Holbukim, she’r boshqa,
«qofiya» bilan «vazn» boshqadir. 0 ‘yla esa «she’r» nadur?
Bilasizkim, har birimizda jon va ongimizni tegramizdag‘i
narsalar va hodisalardan chorlandurub tuig‘uchi «besh sezgich»
(hawosi xamsa) bordir. Jonimiz shul besh sezgich orqah
dunyoning o‘z tegramizga erishkan narsa va hodisalami bihb
tura(r) va har birisindan qayg‘i, sevinch, qo‘rquv, qizish,
qaynash kabi sezgi va tuyg‘ilar oladir. Qishning qorh sovuq bir
kunida yirtiq choponh, ko‘k beth, oq soqolli bir tilanchi
boboning o‘mida yiqihb qolg‘anini ko‘rganda yuragimiz sezgisiz
qolarmi? Shundayoq yop-yolg‘uz bu yoida bir kishining
yaralarig‘a o‘ralib, qonlarig‘a belangan oiukni qo‘yub qochar;
biri oiukning boshig‘a tutub, uning bo‘yahb yotqon gavdasini
ko‘rganda har kim o‘zig‘a yarasha bir narsa sezar: biri buyuk bir
qo‘rquv bilan holig‘a yigiar; biri chuqur qozib ko‘mar; biri
esa u1 yarali gavdani ko‘rgach, qoni qaynab ketar. Bu
ishni
qilg‘an vijdonsiz yirtqichlami topub oidirmak uchun har yon
chopar. «She’r» yurakimizda hosil bo‘lg‘an ana shunday sezgi-
lami hunarhcha so‘zlar bilan boshqalaming yuragiga o‘tkar-
makdir. Shoir tegrasindagi narsa va hodisalardan oldig‘i sez-
gilami hunarlicha (xidmatkorona) so‘zlar bilan boshqalarg‘a
o‘tkarmakchi boiadir. Kishining yuragi qancha «sezag‘on»
(mutaxassis) esa, shuncha yaxshi shoir boiar. Shoirliq
uchun
yurakda bir sezgi va u sezgini hunarlicha so‘zlar
bilan bosh-
qalarg‘a o‘tkarguchi bir kuch kerakdir. «Qofiya» bilan «vazn»-
ning esa, she’ming haqiqatig‘a ta’siri yo‘qdir. Bir necha kishilar
she’r uchun «hunarlicha so‘zlar»ning ham teyishligini inkor
qilalar. «She’r yurakdagi sezgi toiqunlarini so‘z orqaM tash-
qarig‘a to‘kmakdu» deydilar. Bu qarash biroz ifrotdir5. She’ming
bir san’at boig‘anligini qabul etkandan keyin bu qarashning
ahamiyati qolmas, ayniqsa, biz kabi «chin she’r va san’at»
ochunindan uzoqlashg‘anlar esimizga kelgan har bir so‘zni
«yurakimizdagi sezgi to‘lqunlari» gumon qihb tashqarig‘a ota
bersak, Tangri ko‘rsatmasun, o‘quchilarimiz qocharg‘a yoi
topolmay qolarlar..!
7