www.ziyouz.com kutubxonasi
115
IBN XALDUN Abdurahmon Abu Zayd ibn Muhammad (1332, Tunis - 1406, Qohira) -
arab tarixchisi va faylasufi. Ibn Rushdning izdoshi. 1349-75 ylarda Tunis, Fes, G’arnota,
Bujjoya (Jazoirda) hukmdorlari saroyida yuqori lavozimlarda ishlagan. 1382 y. Misrga
kelib, mudarrislik qilgan, umrining oxirida molikiylar mazhabi qozisi bo‘lgan. Asosiy
asari: "Kitob ul-ibar"("Ibratli misollar kitobi", 1370). Asarda I.X. jamiyat taraqqiyoti
xususida o‘z fikrlarini hamda Sharq musulmon xalqlari (xususan, Mag‘rib) tarixini bayon
qilgan. I.X. kishilar hayot tarzidagi tafovutlarni, asosan, geografik va b. moddiy
omillarga bog‘liq deb hisoblagan. Asarda I.X. o‘z tarixiy-ijtimoiy nazariyasini bayon qilib,
axloq va ijtimoiy muassasalar kishilar turmushi bilan bog‘liqligani hamda mehnat va
kishilarning o‘zaro munosabati jamiyat hayotida muhim ahamiyatga ega ekanligini
ta’kidlagan. I.X. tarixiy-ijtimoiy taraqqiyotning moddiy tamoyillarga asoslanishi haqida
fikr yuritgan.
IBN SHIHOB, to‘liq ismi Abu Bakr Muhammad ibn Muslim ibn Ubaydullo ibn Shihob az-
Zuhriy al-Madaniy (670-721) -tobe’inlarning ulug‘laridan, hofiz va muhaddis. Ibn Umar,
Anas ibn Molik, Samu ibn al-Musayyab va b.dan hadis va fiqh ilmini o‘rgangan.
Allomalardan imom Molik ibn Anas, al-Avzo’iy, Suf’yon ibn Uyayna, Savriy va b.ning
ustozi bo‘lgan. Kuchli xotira va qobiliyat egasi bo‘lib, aytishlaricha, 80 kunda Qur’onni
yod olgan. Ilmga ko‘p xizmati singgan zotlardan. I.Sh. ilm haqidagi "Hech bir bandaning
ilmga xizmat qilishdan ko‘ra ulug‘roq ibodati bo‘lmagay" degan.
IBN XAZM, Abu Muhammad Ali ibn Ahmad (994-1064) - andalusiyalik ilohiyotchi va
faqih, zohiriylar huquq maktabining yirik vakili. Zohiriylar an’anasini davom ettirib, I. H.
muqaddas matnlarni qanday bo‘lsa, shunday sharhlashni qat’iy talab qildi; fiqhning
asoslari sifatida faqat Qur’on va sunnani tan oldi (o‘zi tan olgan ijmo’ni faqat
Payg‘ambar(as) sahobalari ijmo’si sifatida tushunar edi); qiyos, ra’y, istihson, ta’lil
(asoslash) kabi huquqshunoslik usullarini rad etdi; kalomnnng barcha ko‘rinishlariga,
jumladan, Ash’ariy kalomiga ham qarshi chikdi. Shu bilan birga I. H. payg‘ambargagana
ergashishni yoqlab, taqlidni rad etdi (uning fikricha, ergashish takdid emas). I. H. ning
asarlaridan eng mashhuri "al-Fisol fi-l-milal va-l-ahvo va-n-nihal" ("Dinlar, oqimlar,
mazhablar xususidagi bahs") bo‘lib, Qohirada (1938 y.) bosilib chiqqan. Bu asarda
musulmonlarni ko‘p mazhab va oqimlarga ajratib yuborgan ilohiyot muammolarini
oshkora madh etdi. Uning huquqshunoslikka bag‘ishlangan "al-Muhallo" ("Shirinlangan")
asari ham bor. O’zini fiqh sohasida I. H.ning muxlisi hisoblovchi Ibn Arabiy mazkur
asarning qisqacha bayonini "al-Mu’allo" ("Baland martabaga ko‘tarilgan") nomi bilan
ta’lif etgan.
IBN HIBBON Abu Hotam Muhammad ibn Hibbon al-Bustiy (? - 965) - muhaddis.
Shofi’iylik faqihlaridan. Samarqandda voyaga yetgan va u yerda bir muddat qozilik
qilgan. Tib, falakiyot va b. ilmlardan voqif bo‘lgan. Movarounnahr, Iroq, Xuroson, Shom,
Hijoz kabi islom ilm markazlarini kezib, hadis bilimdonlarining ko‘pchiligidan istifoda
etgan va ko‘pgana asarlar ("Al-anvo vat-taqosim", "Kitobus-sahoba", "Kitobul-fasli
baynannaqala", "Kitobul-ilal", "Ashobut-tavorix", "Kitobu atboit-tobein", "Kitobus-siqat"
va b.) yozgan.
Islom Ensiklopediyasi
Do'stlaringiz bilan baham: |