www.ziyouz.com kutubxonasi
117
I. imomi - hokim (lashkarboshi, qozi, faqih) ham bo‘lgan. I. aqidasida sunniylar va
mutaziliylar aqidasidagi tamoyillar aks etgan. I. odamlarning qilmishini vujudga
keltiruvchi Allohdir, deb biladilar. Siyosiy va diniy sabablarga ko‘ra, kishini o‘ldirishni rad
etganlar. I. ta’limoti tarafdorlari garchi ko‘p mamlakatlarga tarqalgan bo‘lsalar-da, ular
diniy sohada ham, siyosiy sohada ham yakdil bo‘lmaganlar. Hoz. Shim. Afrikada,
Ummon, Zanzibar o.da I. jamoalari mavjud. Ularning diniy e’tiqod va marosimlari
sunniylik va shialikdagi oqim, firqalardagi e’tiqod va marosimlardan o‘zining ayrim
xususiyatlari bilan farq qiladi.
IBROHIM (as) - Qur’onda nomi zikr etilgan payg‘ambarlardan biri, o‘zidan keyin o‘tgan
barcha payg‘ambarlarning bobokaloni, arablar va yahudiylarning umumiy ajdodi.
Yakkaxudolikni targ‘ib qilgan. Allohning chin do‘sti (xalilulloh), imom ("jamoa rahbari"),
siddiq ("haqiqatgo‘y") va hanif ("yakkaxudolikni targ‘ib qiluvchi") deb ta’riflanadi.
Yahudiy-xristian diniy adabiyotlarida Avraam nomi bilan ma’lum. Bobilda tavallud
topgan. Avvaliga yudduz, oy, quyoshga sig‘inmoqchi bo‘lgan, keyin yolg‘iz Allohga ibodat
qila boshlagan. Otasi Ozor va qavmlarini ham ana shunga da’vat qilgan. Bu hakda
Qur’onda (Anbiyo surasi 53-56-oyatlar) kelgan. Ular bilan bahslashgan, ammo
ishontirolmagach, otasi va qavmlari sig‘inib yurgan hamma butlarni sindirib tashlagan
(Anbiyo surasi 58-60-oyatlar). Shu sababli uni yondirib yubormoqchi bo‘lib o‘tga
tashlaganlar, ammo, u Alloh irodasi bilan olovdan sog‘-salomat chiqqani Qur’onda bayon
qilingan (Anbiyo surasi 68-72-oyatlar). Qur’onda yozilishicha, Alloh I.(as)ga qariganda
ikki farzand bergan. Bular Ismoil va Ishok; (as)lardir. Ismoil (as) Muhammad (sav)ning
katta bobosi, Ishoq esa, Iso (as) va undan avval o‘tgan payg‘ambarlarning katta
bobosvdir. I.(as) tushida qilingan ilhomga asosan Allohga bo‘lgan chin e’tiqodi evaziga
bitta o‘g‘li (Ismoil)ni kurbon qilishga qaror qilgan, lekin Alloh bolaning o‘rniga qo‘chqor
yuborgan (q. Kurbonlik). Makkai mukarramada Baytulloh (Allohning uyi)ning bunyod
bo‘lishi, islom arkonlarining 5-farzi - haj qilish I. (as)ga borib taqaladi. Ka’ba yaqinidagi
"I. joyi" ("I. maqomi") musulmonlar ziyoratgohidir. Odatda, xatna qilishni ham I. (as)
nomi bilan bog‘laydilar. Manbalarda I. (as)ning 175 yil umr ko‘rgani, o‘g‘illari tomonidan
Madinatul Xalil (Xevron, Falastin)ga dafn etilgani yozilgan. Bu qabr ziyoratgoh
hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |