IJARA - biror narsani ma’lum muddatga ma’lum mablag‘ evaziga omonatga olish,
yollash. Shariat huquqi bu tushunchada barcha ko‘rinishdagi I.ga olishni yoki biror
xodimni yollashni nazarda tutadi. Yollash haqida tuzilgan shartnoma quyidagi holatlarda
haqiqiy hisoblanadi: 1) I.ga olinayotgan narsa aniq ifodalangan va ikki tomonning
roziliga ochiq-ravshan bayon etilgan bo‘lsa; 2) to‘lov mikdori va muddati aniq
ko‘rsatilgan bo‘lsa; 3) I.ga olinayotgan narsa (yoki yollanayotgan mehnat) musulmon
uchun ruhsat berilgan va foydali bo‘lsa. Bu shartlar oldi-sotdi amaliyotidagi asosiy
talablarga mos keladi. I.ga olish oldi-sotdi sifatida qaralib, unda narsaning o‘zi emas,
balki undan keladigan foyda nazarda tutiladi. I.ga olingan narsaga I.ga oluvchi ziyon
yetkazsa, uning haqqini to‘lashga majbur.
Islom Ensiklopediyasi
Do'stlaringiz bilan baham: |