www.ziyouz.com kutubxonasi
119
IJIY, Adudaddin Abdurahmon ibn Ahmad (taxm. 1281-1355) - so‘nggi kalom vakili,
mutakallim. Ij sh.da tug‘ilgan. Fiqhda shofi’iy mazhabiga tayangan. Kalomni al-Baydoviy
(1286 y. v. e.) izdoshlaridan o‘rgangan. Elxoniylardan Abu Sa’id (1316-36) saroyida qozi
bo‘lgan. 1355 y. noma’lum sabablarga ko‘ra qamoqqa olinib, o‘sha yili vafot etgan.
Mashhur mutakallim Sa’diddin at-Taftazoniy uning shogirdi bo‘lgan. I.ning "Mavoqif fi ilm
al-kalom" asari ko‘p asrlar davomida kalom bo‘yicha asosiy qo‘llanma bo‘lib kelgan va
bir necha bor (jumladan, al-Jurjoniy tomonidan) sharh qilingan.
IJMO’ (ittifoq bo‘lish, azmu qaror qilish) - muhokama etiladigan masala yuzasidan
mujtahidlarning bir fikrga kelishuvi; fiqh manbalaridan biri. Usul al fiqh ulamolari I.ni
quyidagacha ta’riflaydilar: Muhammad (sav)ning ummatidan bo‘lgan barcha
mujtahiddarning u kishining asridan keyingi davrlarda biror shar’iy ishga yaqtsillik bilan
ittifoq qilishlari I.dir. I. faqat mujtahidlar tarafidan sodir bo‘ladi. I.da faqatgana fosiqlik
va bid’atchilikdan xoli bo‘lgan mujtahidlar qatnashadi. I.ning kelib chiqishi 7-a.ning 2-
yarmida o‘tgan dastlabki mujtahidlar - "Madinaning yetti faqihi" -Said ibn al-Musayyib,
Urva ibn az-Zubayr, Abu Bakr ibn Ubayd, al-Qosim ibn Muhammad, Ubaydulloh ibn
Abdulloh, Sulaymon ibn Yasar va Xorij ibn Zayd faoliyatlari bilan boshiq. Ular munozarali
masalalarni o‘rganish tartibini belgilab berishgan. Buning uchun har bir munozarali
masala yuzasidan imkoni boricha to‘liq ma’lumot to‘plashgan, iloji boricha ko‘pchilik
kishilardan so‘rab bilishgan. So‘ngra bu ma’lumotlar solishtirilib muhokama etilgan, eng
ishonchli deb bilingani bo‘yicha yagona bir qarorga kelingan. Zamon, sharoitga qarab
o‘zgarib turadigan hukmlar musulmon jamoasi ijtihod qilib yechish uchun qoldirilgan.
Agar Qur’onda ham, sunnatda ham zikri kelmagan masala ko‘ndalang bo‘lib qolsa, bu
masalaning yechilishi musulmonlarning ishboshilariga havola qilinadi. Ijtihod maqomiga
yetgan ishboshilar mazkur masalani Qur’on va Sunnat qoidalari asosida hal etadilar.
Bunga amal qilish har bir musulmon uchun vojibdir. Chunki oyatda: "...Payg‘ambarga va
o‘zingizdan bo‘lgan ishboshilarga itoat qiling", degan amr bor. Allohning amriga
bo‘ysunish esa, vojibdir. Ammo, ishboshilarga bo‘ysunishda bir necha shartlar bor.
Avvalo, oyatda "o‘zingizdan bo‘lgan" deyilyapti. Faqixdar bu oyatdagi "ishboshi"larni
fiqhda ijtihod darajasiga yetgan ulamolarning jamlanib, biror masala bo‘yicha ittifoq
bo‘lib qaror qilishlari, ishboshilikdir, deganlar. Ahli Sunnaning barchalari, I. faqat
mujtahidlarning ittifoqi ila bo‘ladi, kim bo‘lishidan qat’i nazar boshqalarning qilgan ittifoqi
I. bo‘la olmaydi, deganlar. Ba’zi taraflar eng yaxshi I. to‘rt roshid xalifaning qilgan
I.laridir deganlar. I. uchun suyanch bo‘lishi shart. Bu suyanch matnda kelgan dalil yoki
qiyos bo‘ladi. Odatda o‘sha matn yoki qiyos maxfiy bo‘ladi. Mujtahidlar uni oshkor
qilishga ijtihod qiladilar va uni hal qilishda itgifoq bo‘ladilar. I. yo‘li bilan sobit bo‘lgan
hukm qagiy bo‘lsa, uni inkor qilgan shaxs kofir bo‘ladi. Far’iy va mashhur bo‘lmagan
masalalardagi I.ni inkor qilgan shaxs kofir bo‘lmaydi. Hanafiylarning fikricha, qatiy
ravishda sobit bo‘lgan har qanday I.ni inkor qilgan shaxs kofir bo‘ladi. Agar bir asrning
ba’zi mujtahidlari bir masalada I. qilsalar va bu hakda boshqa mujtahidlarga xabar
yetganda ular javob berish muddatida sukut saqlasalar, I.i sukutiy bo‘ladi. Bu ham
hanafiylar nazdida qat’iy I. hisoblanadi. I. nasx bo‘lmaydi. Chunki, u Payg‘ambar
(sav)ning vafotvdan keyin bo‘lgan narsadir. Payg‘ambar (sav)ning vafotlaridan keyin
nasx bo‘lishi mumkin emas. Qur’on va Sunnatga xilof ravishda fatvo berib
bo‘lmaganidek, I.ga xilof ravishda ham fatvo berib bo‘lmaydi. Shuningdek, Qur’on va
Sunnatda hukmi bor masalada qiyosni ishlatish mumkin bo‘lmaganidek, I.da hukmi bor
bo‘lgan masalada ham qiyosni ishlatish mumkin emas. Oxirgi paytlarda mujtahidlar yo‘q
bo‘lgani va ijtihod eshigi berkitilgani oqibatida I. ham to‘xtab qolgan.
Islom Ensiklopediyasi
Do'stlaringiz bilan baham: |