ILOHIY KITOBLAR - muayyan dinda muqaddas va ilohiy hisoblanadigan kitoblar. Diniy
ta’limotga ko‘ra, Alloh o‘tgan payg‘ambarlarning ba’zilariga sahifalar, ba’zilariga esa,
kitoblar nozil qilgan. 100 sahifa va 4 kitob - 100 sahifadan 10 sahifani Odam (as)ga, 50
sahifani Shis (as)ga, 30 sahifani Idris (as)ga, 10 sahifani Ibrohim (as)ga yuborgan.
Muso (as)ga Tavrot, Dovud (as)ga Zabur, Iso (as)ga Injil va Muhammad (sav)ga
Qur’onni nozil qilgan. Qur’ondan boshqa ilohiy kitob va sahifalar bir yo‘la bir daf’ada
nozil qilingan, deb hisoblanadi. Qur’on hazrat Jabroil orqali 23 yil mobaynida oyat-oyat,
sura-sura shaklida yuborilgan. Diniy aqidaga ko‘ra, Alloh bandalarining ruhiy va moddiy
ahvollarini yaxshi bilgan holda har bir payg‘ambarga uning ummatlariga munosib
hukmlar bayon etilgan kitob va sahifalar yuborib turgan. Ular o‘z davrida ummatlar
uchun hidoyat manbai bo‘lgan. Islom ta’limoti bo‘yicha, Qur’oni karim Allohning
qiyomatgacha hukmi o‘zgarmaydigan, tillarda va dillarda saqlanib qoladigan oxirgi
kitobidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |