IBN TAYMIYA, Taqiy ad-Din Ahmad (1263 - 1328) - hanbaliylik mazhabiga mansub
faqih va ilohiyotchi olim. Harron (Suriya)da tug‘ilgan 1269 y otasi oilasi bilan
Damashqqa ko‘chib o‘tadi. I.T. dastlab otasi asos solgan Sukkariya madrasasida ta’lim
oladi, so‘ng shu madrasaga o‘zi rahbarlik qiladi. 1306-1312 y.larda Misrda yashagan.
Shu davrda u Misr ilohiyotchilari bilan keskin bahslar yuritdi va natijada 2 marta
zindonga tashlandi. 1313 y. Damashqqa qaytib yana mudarrislik faoliyatini davom
ettirdi. Ammo, bu yerda ham 1321 va 1326 y.da zindonga tushadi va pirovardida
qal’ada vafot etadi.
I.T. o‘z dunyoqarashiga ko‘ra, hanbaliylik mazhabining salafiya oqimiga mansub edi. U
Payg‘ambar (sav)ning sahobalari fikrlarini to‘rt mazhab asoschilarining ta’limotlaridan
ustun qo‘yish, ijtihod masalasida esa, Qur’on va hadis matnlari bilan cheklanish tarafdori
edi. I.T. islomning "sof"ligi uchun kurashib, falsafa, kalom (xususan, ash’ariya)ni,
avliyolarga sig‘inish va Payg‘ambar(sav) qabrlarini ziyorat qilishni keskin qoraladi.
Siyosat bobida I.T. davlat va dinning birligi g‘oyasini targ‘ib etdi. U yozgan ilmiy va diniy
Islom Ensiklopediyasi
Do'stlaringiz bilan baham: |