Islom Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
113
olamdan oldin bo‘lganligiga ishonmagan va xudo yaratilgan olam bilan birga abadiy, deb
hisoblagan. U ruh o‘lmaydi, oxirat bor degan gaplarga qarshi chiqqan. I. R. - ikki haqiqat
nazariyasini ilgari surib, bilimni e’tiqodga, falsafani ilohiyotga qarama-qarshi qo‘ydi
hamda fanning, inson aqlining roliga yuqori baho berdi. I. R. kishi oliy kamolotga zikru
sano orqali emas, balki ilmiy-falsafiy bilim orqali erishadi, deb hisoblagan. O’z davrining
ilg‘or kishisi bo‘lgan I. R. adolatli jamiyat qurishni, xotin-qizlarga teng huquq berilishini,
hurlik g‘oyalarini targab qildi. I. R. g‘oyalari o‘rta asr falsafasiga katta ta’sir ko‘rsatdi. I.
R. 7 jildli qomusiy tibbiy asar "Kitob al-kulliyot" (tibbiyot bo‘yicha umumiy qo‘llanma)
muallifidir.
IBN SINO, Abu Ali al-Xusayn b. Abdulloh Buxoriy (980-1037) - o‘rta osiyolik qomusiy
olim. Yevropada Avitsenna nomi bilan mashhur. Buxoro viloyatining Afshona qishlog‘ida
amaldor oilasida tug‘ilgan. Otasi ismoiliylar firqasiga mansub bo‘lgan. I.S. yoshligidan
ilm-fan o‘rganishga kirishadi, Sharq mutafakkirlari asarlarini, qad. yunon tabiiy-ilmiy va
falsafiy merosini o‘rganadi. I.S. asarlari 280 dan oshadi, bizgacha ularning 160 ga yaqini
yetib kelgan. I.S. iste’dodli, xotirasi kuchli, zehni o‘tkir bo‘lib, 10 yoshidayoq Qur’onni
yod bilgan. I.S.ning ilohiyotga oid qarashlari "Ash-shifo", "An-najot", "Ishorat va
tanbehot" kabi asarlarida bayon etilgan. Uning fikricha, olamdagi barcha mavjud
narsalar ikkiga bo‘linadi: zaruriy vujud (vujudi vojib) va imkoniy vujud (vujudi mumkin).
Zaruriy vujud - hech narsaga bog‘liq bo‘lmagan, irodali, qudratli Tangridir. Qolgan
hamma narsa imkoniy tarzda mavjud bo‘lib, zaruriy vujud - Tangridan kelib chiqadi.
I.S. "At-ta’liqot" risolasida "insonlarning aqli haqiqiy mohiyat va haqiqatni, "birinchi"ni
(ya’ni, Xudoni) idrok qilmaydi" deb yozadi.
I.S. fikricha, vujudi o‘zidan bo‘lgan narsagana hakdir. Binobarin, Xudo hakdir va undan
boshqa har qanday narsa botildir. Vujudi vojib uchun biror isbot ham yo‘q va o‘zidan
o‘zgacha yo‘l bilan uni bilib bo‘lmaydi. Chunonchi, u Qur’oni karimdagi fikrga qo‘shilib,
"Alloh guvoxlik beradiki, undan boshqa iloh yo’qdir" deydi. I.S. "Donishnomaye aloiy"
asarida yozadi: "Uning barakotidan shu narsa kelib chiqadiki, olamning avvali bordirki, U
olamga o‘xshaydi. Olamning borlig‘i Undan, Uning vujudidandir. U esa, vojib va o‘z-
o‘zicha vujuddir. Barcha narsalarning borlig‘i Uning tufaylidir". I.S. dinga e’tiqod qilsa
ham o‘z davridagi ba’zi tasavvurlarga e’tiroz bildirgan. I.S. ijodi, ilmiy faoliyati Sharq va
Yevropadagi fan, ma’rifat va madaniyat taraqqiyotiga katta ta’sir ko‘rsatdi.
Do'stlaringiz bilan baham: