www.ziyouz.com kutubxonasi
114
asarlar o‘rta asrlar islom merosining tarkibiy qismini tashkil etadi va hamma tomonidan
e’tirof qilinadi. Ammo, ayni vaqtda hanbaliylik ta’limotining to‘la shakllanishida katta
xizmat qilgan bu asarlar Yaqin Sharq tarixining keyingi davrlarida radikal islom oqimlari
uchun nazariy asos vazifasini o‘tay boshladi. Hanbaliylarga xos ijtimoiy-siyosiy faollik
I.T. asarlarida yuqori darajaga ko‘tarilganining sababi shundaki, u davrda Suriya
(Shom)dan sharkda joylashgan yerlar mo‘g‘ullar qo‘l ostida, ammo, aholisi musulmon
edi. Hatto Eron va Iroqda hukmron bo‘lgan ilxonlar (xulaguiylar) ham islomga
kirgandilar. Lekin, I.T. ularni haqiqiy musulmon deb hisoblamas, ularga qarshi jihodga
da’vat etardi. I.T. ta’limoti uning hayotligi chog‘ida keng tarqalmagan bo‘lsa-da, 18-a.da
vahhobiylikning kelib chiqishiga manba bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |