F. I. Salomova, L. K. Abdukadirova, X. A. Sadullayeva, S. A. Sharipova mutaxassislikka kirish



Download 3,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet263/270
Sana28.09.2021
Hajmi3,61 Mb.
#188450
1   ...   259   260   261   262   263   264   265   266   ...   270
Bog'liq
MUTAXASSISLIKKA KIRISH

Umumiy epidemiologiya 5 qismni o‘z ichiga oladi: 
1. Epidemiologiyaning predmeti va tekshiruv usullari. 
2. Epidemiologiyaning epidemik jarayon haqidagi fan ekanligini nazariy 
asoslari. 
3. Epidemiologik tashxisot (diagnostika) tabobatda ancha ilgaridan qo‘l-
lanilib kelinayotgan bo‘lsa, epidemiologik tashxisot haqidagi ta’limot 
nisbatan yaqindan buyon  (1976-yillardan boshlab yoki 30-40 yillar 
davomida) ma’lum bo‘la boshlagan. 
4. Epidemiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlar va vositalar majmuasi; 
5. Epidemiyaga qarshi kurashish ishlarini tashkillashtirish. 
Xususiy epidemiologiya 3 qismni o‘z ichiga oladi: 
1. Antroponoz kasalliklar xususiy epidemiologiyasi; 
2. Kasallik chaqiruvchilari odamdan tashqari rezervuarlar bilan bog‘liq 
bo‘lgan kasalliklar xususiy epidemiologiyasi; 
3.  Ananaviy parazitar kasalliklar deb nomlangan kasalliklar xususiy 
epidemiologiyasi. 
Epidemiologiyaning epidemiyaga qarshi tadbirlar tizimi 2 qismni 
o‘z ichiga oladi: 
Dezinfeksiya  –  (fransuz  cha-des-inkor, yo‘qotish va lotincha 
infectio-kasallik chaqiruvchi) –  tashqi atrof-muhit  obyektlarini yuqumli 
kasalliklarning qo‘zg‘atuvchilaridan  (patogen  mikroorganizmlar  - 
bakteriya, virus, rikketsiya, sodda jonivorlar, zamburg‘lar)  tozalash 
hamda ularni yo‘qotishga qaratilgan tadbir. 
 Dezinseksiya – (fransuzcha – insecta-hashorat, des-inkor, yo‘qotish 
so‘zidan olingan bo‘lib) yuqumli va parazitar kasalliklar qo‘zg‘atuvchi-
larining tashuvchilari bo‘lgan  bo‘g‘imoyoqlilarni:  hashorotlar va 
kanalar, shuningdek, odamni bezovta qiladigan va unga noqulayliklar 
keltiradigan boshqa bo‘g‘imoyoqlilarni yo‘qotishdir,  
Deratizatsiya – (fransuzcha – des-inkor, yo‘qotish,  rattus-kalamush 
so‘zidan olingan bo‘lib), epidemik jihatdan xavfli va iqtisodiy ziyon 
yetkazadigan kemiruvchilarni batamom yo‘qotishga yoki sonini ka-
maytirishga qaratilgan profilaktik va qirish tadbirlari tizimidir. 
Sterilizatsiya  –  (urug‘ini quritish) –  mikroorganizmlarni turli 
mahsulot va obyektlardan to‘liq olib tashlash va butunlay yo‘qotishga 
qaratilgan tadbirlar majmuasidir; 


332 
 
Immunoprofilaktika–ayrim kishilarda sun’iy immunitet yoki aholi 
orasida populyatsion immunitet hosil qilish tadbiri. Uning ikkita turi 
mavjud: aktiv va passiv immunoprofilaktika. 
Epidemiolgiyaning tekshirish usullari. 
Epidemiologik usul –  kasallanishning xududlararo, aholining turli 
guruhlari o‘rtasida taqsimlanishini o‘rganishga qaratilgan va profilaktika 
muammolarini aniqlashga mo‘ljallangan, xavfli omillarni aniqlash 
uchun qo‘llaniladigan usullar majmuasidir. 
Epidemiologik tashxisot  –  epidemiologik tadqiqot usullari yor-
damida aholining epidemiologik holatini va kasallanishini aniqlash. 
Epidemiologiya faning o‘ziga xos bo‘lgan ikki  xil  usuli  mavjud: 
Epidemik o‘choqlarni epidemiologik tekshirish– epidemik o‘choqda 
yuqumli kasalliklar kelib chiqishi va tarqalishi sabablarini o‘rganish 
uchun xizmat qiladigan usullar yig‘indisidir. 
Epidemiologik tahlil  –  odamlar populyatsiyasida har qanday 
patologik holatlarni (kasallanish, o‘lim va b.) kelib chiqishi va tarqalish 
sabablarini, ushbu holatlarning   turli populyatsiyalarda tarqalish 
xususiyatlarini aniqlashga imkon beradigan maxsus usullar yig‘indisidir. 
Epidemiologik tahlil o‘tkazish turlari:  
Retrospektiv epidemiologik tahlil (RET) – epidemiyaga qarshi kura-
shish chora-tadbirlarini rejalashtirishni asoslab berish maqsadida epide-
miologik tashxisot masalalarining yechilishini ta’minlovchi, ma’lum 
hududda ilgari bo‘lib o‘tgan kasallanish darajasi, tuzilishi, ko‘p yillik va 
yillik dinamikasining tahlili. 
Operativ epidemiologik tahlil (OET) – epidemik jarayonning rivoj-
lanishi va dinamik holatini zudlik bilan baholash, OET natijalari tezkor 
chora-tadbirlar o‘tkazish qarorlarini qabul qilishga asos bo‘ladi. 
Hozirgi kunda yuqumli bo‘lmagan kasalliklar epidemiologiyasi 
o‘zining mustahkam o‘rniga ega bo‘lib, umumiy patologiya muammo-
larini hal qilishda tengsizligini tasdiqladi. 
Yuqumli  bo‘lmagan kasalliklar epidemiologiyasining asosiy vazi-
fasi  yuqumli bo‘lmagan  kasalliklarning  kelib chiqishi, tarqalish qonu-
niyatlari haqida ma’lumotlar yig‘ish, ularni baholash, taqqoslash va 
tahlil qilish, shuningdek,  professional fikrlash asosida kasallanish va 
o‘lim  profilaktikasini ishlab chiqishda ratsional yondoshuvdan iboratdir. 
Turli kasalliklarning kelib chiqish sabablarini o‘rganishda, aholi 
guruhlarida kasallanishni taqqoslashga epidemiologik yondashish keng 
qo‘llanilgan va qo‘llanib kelinmoqda. Jumladan XX-asrning 50-yillarida 


333 
 
Doll, Xell va boshqa tadqiqodchilarning ilmiy tekshiruv ishlarida tamaki 
chekish bilan o‘pka saratoni orasidagi bog‘liqlik ilmiy jihatdan tasdiq-
langan. Ushbu tadqiqot o‘z navbatida ilmiy tekshirishlarning rivojlani-
shiga va bir qancha omillarni baholashga asos bo‘lib, epidemiologiya 
fanining salmoqli yutuqlariga olib keldi. 
Ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki epidemiologiya har qanday kasal-
liklarning kelib chiqishi sabablarini va tarqalish qonuniyatlarini o‘rga-
nishda asosiy rol o‘ynaydi. Ushbu sabablarni bilish, o‘z navbatida profi-
laktik chora-tadbirlarni ishlab chiqish yo‘li orqali kasallanishni kamay-
tirish  imkoniyatiga erishiladi. 
Yuqumli va yuqumli bo‘lmagan kasalliklar profilaktikasi tadbirlari: 
Epidemiologik nazorat – bu ma’lumotlarni tizimli, doimiy ravishda 
yig‘ish, tahlil va talqin qilish (interpretatsiya) hamda ularni Sog‘liqni 
saqlash muassasalari va boshqa manfaatdor idoralarga taqdim etishdir.  
Hozirgi kunda yuqumli va yuqumli bo‘lmagan kasalliklarga qarshi 
kurashadigan asosiy qurol –  bu profilaktika, ya’ni kasallikning oldini 
olishdir. 
Kasalliklarning oldini  olishga qaratilgan profilaktik chora-tadbir-
larning uch mezoni yoki darajasi farqlanadi: 
Birlamchi profilaktika –  aholini yuqumli va yuqumli bo‘lmagan 
kasalliklar to‘g‘risida xabardor qilish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ibot 
qilish, yuqumli kasalliklar yuqish xavfi yuqori bo‘lgan guruhlarni aniq-
lash va ular o‘rtasida targ‘ibot ishlarini olib borish. 
Ikkilamchi profilaktika –  tekshiruvdan  o‘tkazish va undan keyingi 
laboratoriya diagnostikasi, tekshiruvdan o‘tgandan keyingi maslahat be-
rish, tibbiy tekshiruv va davolanishga yo‘llanma berish, dispanser 
nazorati. 
Uchlamchi profilaktika –  davolanishni nazorat qilish, reablitatsiya 
ishlarini tashkillashtirish va amalga oshirish. 
Yuqumli kasalliklarning oldini olish va epidemiyaga  qarshi  kura-
shishni chora-tadbirlarining turlicha usullari tafovut qilinadi. Epidemiya-
ga qarshi chora-tadbirlar hozirgi zamon ilm-fanning rivojlanishiga  asos-
lanib  tuzilgan  va  yuqumli  kasalliklarning oldini  olishga qaratilgan 
chora-tadbirlar yig‘indisidir. Yuqumli  kasalliklarning oldini olishga qa-
ratilgan  chora-tadbirlarni  profilaktik tadbirlar  deb aytiladi,  epidemik  
o‘choqni  yo‘qotishga qaratilgan  chora-tadbirlar  esa  epidemiyaga  qar-
shi qaratilgan chora-tadbirlar deyiladi. 


334 
 
Yuqumli kasalliklar epidemik o‘chog‘ida  qo‘llaniladigan chora-tad-
birlar  o‘z ichiga profilaktik tadbirlarni ham  oladi,  chunki  u  yuqumli  
kasallik tarqalgan joyda yangi kasalliklar kelib chiqishining oldini olish-
ga qaratilgandir. 
Epidemiyaga qarshi qo‘llaniladigan chora-tadbirlar epidemik  jara-
yonning  rivojlanishi  uchun  shart  bo‘lgan  uchta  bo‘g‘iniga qaratilgan 
bo‘lishi kerak: 
1) yuqumli  kasallik  qo‘zg‘atuvchilari manbaiga qaratilgan tadbirlar; 
2) yuqumli kasallik qo‘zg‘atuvchilarining yuqish mexanizmiga nisbatan 
qo‘llaniladigan  tadbirlar; 
3)  organizmning yuqumli kasallikka nisbatan moyilligini kamaytirish  
(rejali va shoshilinch profilaktik emlash). 
Birinchi bo‘g‘inga, ya’ni yuqumli kasallik manbai bo‘lgan odam or-
ganizmiga xos (antroponoz) va hayvon organizmiga nisbatan (zoonoz) 
tegishli kasalliklarda qo‘llaniladigan  chora-tadbirlar har xil bo‘ladi.  
Antroponoz kasalliklarda qo‘llaniladigan chora-tadbirlar kasallan-
ganlarni aniqlash usullari, bemorni ajratib qo‘yish, davolash va atrofdagi 
kishilar bilan bo‘ladigan muloqatlarni cheklash kabi chora-tadbirlardan 
iborat. Zoonoz kasalliklarda sanitariya-veterinariya va kemiruvchilarga 
qarshi kurash (deratizatsiya) tadbirlar qo‘llaniladi. 
Epidemik jarayonning ikkinchi zvenosi, ya’ni yuqumli  kasallik 
qo‘zg‘atuvchilarining yuqish mexanizmini uzib qo‘yishga qaratilgan 
chora-tadbirlar  sanitariya-gigiyena qoidalariga asoslangan holda baja-
riladi.  
Dezinfeksiya, sterilizatsiya va dezinseksiya  (yuqumli kasalliklarni 
tarqatuvchi hashoratlarga qarshi kurashish) chora-tadbirlari ham yuqish 
mexanizmini uzib qo‘yishga qaratilgan tadbirlar bo‘lib, ularning samara-
dorligi ko‘pgina omillarga bog‘liq. 
Epidemik jarayonning uchinchi zvenosiga qaratilgan chora-tadbir-
larga maxsus va maxsus bo‘lmagan profilaktik tadbirlar kiradi. Birinchi-
siga aholini yuqumli kasalliklarga qarshi emlash ishlarini tashkillash-
tirish va o‘tkazish bo‘lsa, ikkinchisiga organizmni chiniqtirish, to‘g‘ri va 
ratsional ovqatlanish, salomatlashtirish maskanlarida sog‘lomlashtirish 
ishlarini olib borish, fizioterapevtik muolajalar va boshqa bir qator tad-
birlar kiradi. 
Epidemik jarayonni kelib chiqishida ishtirok etuvchi birinchi guruh 
sababiy omillarga parazit-qo‘zg‘atuvchi bilan xo‘jayin-odamlar popu-
lyatsiyasining  o‘zaro ta’siri hisoblanadi. Ular bir-biriga nisbatan ta’sir 


335 
 
etuvchi xususiyatlari bo‘yicha turlichadir (geterogen populyatsiyalardir). 
Bu esa o‘z navbatida klinik jihatdan turlicha shakldagi kasalliklarni kel-
tirib chiqaradi va shu bilan birga epidemik jarayonning turli ko‘rinish-
larda namoyon bo‘lishini ta’minlaydi. 
Ikkinchi guruh omillariga har xil tashqi muhit sharoiti kiradi va ular 
kasallik qo‘zg‘atuvchilarining parazitlik xususiyatini kuchaytirishi yoki 
pasaytirishi mumkin va shu bilan birga epidemik jarayonning qanday 
darajada namoyon bo‘lishiga ta’sir qiladi. Ushbu omillarga tabiiy va ijti-
moiy muhit, shular qatorida aholining yashash va ishlash sharoiti kiradi. 
Yuqumli kasalliklarning kelib chiqishi va tarqalishida har bir tabiiy 
va ijtimoiy omillarning rolini haqqoniy baholash hamda epidemik jara-
yonning ichki tomonidan rivojlanishiga ta’sir qiluvchi omillarga asos-
lanib, aniq va ma’lum epidemik sharoitda qo‘llanilishi zarur bo‘lgan 
epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni tavsiya etish mumkin. 
Epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni epidemik jarayonning barcha 
zvenolariga nisbatan baravariga qo‘llash maqsadga muvofiqdir.  Ba’zi 
chora-tadbirlarni qo‘llashda bir necha ishtirokchilar qatnashadilar. 
Epidemiyaga qarshi kurashuvchilarning besh xil vazifasini tasvirlash 
darkor: tashkiliy, diagnostik, uslubiy, bajaruvchilik va nazorat qilish. 
Birorta chora-tadbirlarni amalga oshirishda bir necha ishtirokchi har 
xil vazifani bajarishda qatnashadi. Epidemiyaga qarshi kurashish zamo-
naviy tizimining maqsadi: aholi o‘rtasidagi yuqumli kasalliklarni keskin 
kamaytirish va ba’zilarni esa butunlay yo‘qotishdir. 
Yuqumli kasalliklar kelib chiqishining oldini olish va aholi yashay-
digan  hududlarda epidemik o‘choqni  o‘z vaqtida bartaraf etish, qo‘l-
lanadigan chora-tadbirlar epidemik jarayonning har bir bo‘g‘iniga nis-
batan qaratilishi natijasida erishiladi, buning barchasi esa yuqumli 
kasalliklarning umumiy darajasini kamaytirishga olib keladi. 
Ayrim chora-tadbirlar yuqumli kasallikning yuqishiga qarshi  qara-
tilgan bo‘lsa, boshqa chora-tadbirlar kasallikni  yo‘qotishga qaratilgan. 
Epidemiologik nazorat –  epidemiyaga qarshi kurashish ishlarini 
tashkil qilishning  zamonaviy shakli, aholini epidemiyaga qarshi himo-
yaga tayyorlashga qaratilgan va uning muvaffaqiyatli bajarilishini ta’-
minlovchi  axborotlarni to‘plash, tahlil qilish va muayyan  sharoitni 
baholash, maqsadni belgilash, boshqaruv qarorlarini qabul qilish va  
ularni rasmiylashtirish, bajaruvchilarga aniq  ko‘rsatmalar  berish va 
ularning bajarilishini tekshirish. 
 


336 
 
 
 

Download 3,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   259   260   261   262   263   264   265   266   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish