F. I. Salomova, L. K. Abdukadirova, X. A. Sadullayeva, S. A. Sharipova mutaxassislikka kirish


 Sog‘lom turmush tarzining gigiyenik asoslari



Download 3,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet264/270
Sana28.09.2021
Hajmi3,61 Mb.
#188450
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   ...   270
Bog'liq
MUTAXASSISLIKKA KIRISH

12. Sog‘lom turmush tarzining gigiyenik asoslari. 
 Shaxsiy gigiyena 
 
Insoniyat bugungi kunda na faqat yangi asr, balki yangi ming 
yillikka  qadam  qo‘ydi. Insoniyat tarixida o‘tgan ming yilliklar ichida 
XX asr eng shiddatli va turli tasodif va o‘zgarishlarga to‘la bo‘lgan asr 
desak yanglishmagan bo‘lamiz.  O‘tgan yuz yilliklarning hech birida 
insonlarning faoliyatlari, ularning yashash sharoitlari XX asrdagidek 
shiddatli kechgan emas, shu bilan bog‘liq  holda yashash va turmush 
sharoitlarining  o‘zgarishi  ilmiy texnika  taraqqiyoti bilan to‘g‘ridan-
to‘g‘ri bogliq  holda  o‘zgargan. Bu o‘zgarishlarning rejalashtirilgan 
yo‘nalishi faqat insonlarning baxt-saodatiga qaratilganligiga  hech shak-
shubha yo‘qdir. Shu bilan birga aholining moddiy va ma’naviy 
farovonligini  jadal sur’atlarda rivojlantirish, yangilik va taraqqiyotga 
bo‘lgan intilish, insonlarni turli ko‘rinishdagi balo-kulfatlardan xalos 
qilishga  qaratilgandir. Inson o‘zi boshlab bergan yangiliklardan keladi-
gan natijalarga kutilganidan ham ilgariroq  erishdi, ammo bir kulfat 
o‘rniga ikkinchi kulfat qo‘shildi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Masalan, 
tibbiyotda yuz bergan yangilik va taraqqiyotga nazar solaylik:  insoniyat 
tarixida aholi boshiga ming-minglab  o‘lim va kulfatlarni keltirgan eng 
daxshatli kasalliklar - vabo, o‘lat, moxov va boshqa yuqumli kasalliklar 
biroz bo‘lsada chekingan bo‘lsa  ham,  har  holda ularning xavfidan 
deyarli  holi bo‘lindi, chunki bu kasalliklarga qarshi  o‘tkazilishi lozim 
bo‘lgan profilaktik chora-tadbirlar ma’lum darajada o‘z samaralarini 
bermoqda. Ammo, bugungi kunda bu kasalliklar o‘rniga boshqa 
ko‘rinishdagi kasalliklar paydo bo‘ldi, bu kasalliklar yuqumli tabiatga 
ega bo‘lmasa  ham, juda keng-ko‘lamda tarqalaganligi bilan ahamiyatli 
bo‘lib, hozirgi kunda faqat aholining kasallanishi bo‘yicha bo‘lmay, 
balki keltirayotgan o‘lim darajasi bo‘yicha  ham asosiy o‘rinlarni egal-
lamoqda. Bu kasalliklar qatoriga yurak-qon tomir patologiyalari, turli 
tabiatga ega bo‘lgan jarohatlar, onkologik kasalliklar, har xil ko‘-
rinishdagi nafas olish organlari kasalliklari, modda almashinishiga doir 
patologiyalar, asab-ruhiy siljish holatlari kabilarni keltirish mumkin. 
Bir-biriga o‘xshash bo‘lmagan bu kasalliklarning umumiy bir tomo-
ni bor-ularning hammasi ilmiy texnika taraqqiyoti natijasida zamonaviy 
turmush sharoitlarining, mehnat sharoitlarining o‘zgarishi oqibati va 


337 
 
odam organizmiga ko‘rsatgan ta’siri natijasidir. Bu kasalliklarni 70 
yillarning oxiri va 80 yillarning boshida “sivilizatsiyaga oid kasalliklar” 
nomi bilan ataldi, ammo ayrim rivojlangan davlatlar (AQSH, Yaponiya, 
Germaniya kabi) ya’ni yuqori sivilizatsiyaga ega bo‘lgan davlatlar 
misolida aytish lozim-ki, bu jamiyat a’zolari o‘rtasida yuqorida keltiril-
gan kasalliklarga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib borish mumkin 
ekanligi nomoyon bo‘ldi. Shuning uchun bugungi kunda bu kasalliklarni 
“sivilizatsiyaning xatosiga bog‘liq  bo‘lgan kasalliklar”  deb nomlash 
to‘g‘riroq bo‘lur edi. 
Bu kasalliklarning kelib chiqish ehtimoli odamlarning obyektiv tur-
mush sharoitlari bilan bevosita bog‘liq  (jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy 
holat, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish darajasi, siyosiy barqarorlik va 
b.), ammo  bu kasalliklarning yuzaga kelishi birinchi navbatda odam-
larning o‘z organizmga va o‘z salomatliklariga  bo‘lgan munosabatlarini 
to‘g‘ri baho-lamasliklari oqibatida kelib chiqadi. 
Sog‘lom turmush tarzi tamoyillari va uni tashkil etuvchi elementlari 
haqida tushuncha. Shaxsiy gigiyena –  sog‘lom  turmush tarzining asosi 
ekanligi.  
Insonlarning hayot tarzi, ularning sanitariyaga doir bilimdonligi, bu 
bilimlarni kundalik turmushda qo‘llay olishlari va unga qat’iyan rioya 
qilishlari,  o‘z organizmlari va badanlariga bo‘lgan ongli munosabatlari
o‘z salomatliklariga bo‘lgan munosabatlari sog‘liqni saqlashdagi eng 
muhim sharoitlar hisoblanadi. Ana shu elementlar salomatlikni, jismoniy 
va ruhiy faollikni, uzoq  umr ko‘rish, umrni uzaytiruvchi omillar hisob-
lanadi. Boshqacha  qilib aytadigan bo‘lsak,  har bir muayyan shaxsning 
salomatligi birinchi navbatda uning hayot tarziga, ana shu turmush tarzi 
elementlariga ongli yondoshishiga bog‘liqdir. Shular bilan bog‘liq holda 
aytish lozim-ki, sog‘lom turmush tarzining asosida atrof-muhitda bor 
bo‘lgan barcha omillarning organizmga ta’sir etish mumkinligi haqidagi 
ma’lumotlarga ega bo‘lish  va ana shu omillardan o‘zining salomatligi 
uchun foyda keltiradigan tomonlaridan samarali foydalana olishi muhim 
ahamiyatga egadir. 
Shuning uchun bugungi  kundagi shaxsiy gigiyena tushunchasi 
avvaldan bizga ma’lum bo‘lgan tushunchadan biroz farq qiladi. Bugungi 
kundagi shaxsiy gigiyena – har bir odam (shaxs)ning kundalik turmush-
dagi turli-tuman gigiyenik qoidalarning o‘ziga xos jihatlariga og‘ishmay 
rioya qilishi demakdir. Ammo, shu bilan bir qatorda gigiyenik bilimlar-
ga ega bo‘lgan har bir odam o‘zining salomatligi va mehnat qobiliyatini 


338 
 
o‘zi bemalol boshqaraoladi, biroq  hammamizga ma’lum bo‘lgan  atrof-
muhit  omillari shunchalik turli-tumanki, ularning hammasini bir odam 
boshqara olmasligi ham mumkin. 
Gigiyenik bilimlarga ega bo‘lgan har bir ongli odam o‘zining kun-
dalik ovqatlanish tartibi va ovqatli moddalarning sifat va miqdor ko‘rsat-
kichlarini bilishi va unga og‘ishmay amal qilishi, kun tartibiga rioya  
qilish, mehnat va dam olish sharoitlarini yaratishi, o‘zining badani, 
kiyim-kechagi, turar joylarini toza saqlashi, badanini chiniqtirishi uchun 
tabiiy omillardan unumli foydalana olishi, jismoniy tarbiya mashqlarini 
bajarishi, zararli odatlarga o‘rganmaslik, oilada va ish joylarida eng 
muvofiq  psixologik munosbatlarni o‘rnatish, odamlar bilan o‘zaro 
munosabatlarni yaxshilash kabilarni o‘zi boshqarishi mumkin. 
Keltirilgan omillarning tutgan o‘rnini to‘g‘ri baholash va bu omil-
lardan  o‘zining salomatligi uchun ijobiy foydalalana  oladigan odam-
lardan hozirgi kundagi keng tarqalgan kasalliklarni kamaytirish mum-
kinligini kutish mumkin. Aytilganlardan kelib chiqqan holda shu narsani 
alohida ko‘rsatish lozim-ki, odamlarning sog‘lom turmush tarzini 
shakllantirish  har  qanday davlatdagi sog‘liqni saqlash tizimining eng 
muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.  O‘zR Vazirlar Mahkamasi tomo-
nidan ishlab chiqilgan  va Oliy Majlis tomonidan tasdiqlangan “O‘z-
bekiston Respublikasida istiqomat  qiluvchi barcha fuqarolarning 
salomatligini muhofaza  qilish  haqida”gi  qonunning 2 bandida aytil-
ganidek “fuqorolarning sog‘lom  turmush tarzini shakllantirish”  vazifasi 
bejiz emas. Shundan kelib chiqqan  holda bugungi kundagi umumiy 
amaliyot shifokorining ish rejasida aholi  o‘rtasida tushuntirish, 
sanitariya-oqartuv ishlari uning faoliyatidagi asosiy vazifalardan biri 
bo‘lib qolishi kerak. 

Download 3,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish