329
11. Epidemiologiya fani, uning vazifalari va tekshirish obyektlari
haqida umumiy tushunch
Epidemiologiya – kishilar o‘rtasida har qanday patologik holatlar
(kasalliklar) kelib chiqishi va tarqalishi qonuniyatlarini o‘rganadigan va
ularga qarshi kurashish hamda ularning oldini olish bo‘yicha chora-
tadbirlar ishlab chiqaradigan fan.
Epidemiologiya dastlab tibbiyot fanlari ichida
epidemiyalar haqi-
dagi fan sifatida vujudga kelgan. Epidemiologiya (grek.epi – ustida, ora-
sida, demos – xalq, omma, valogos – fan, ta’limot) – jamoasi o‘rtasida
turli kasalliklarning kelib chiqish va tarqalish sabablarini o‘rganadigan
va olingan bilimlarni sog‘liqni saqlash tizimi muammolarini hal etish
uchun qo‘llashni ko‘zda tutadigan profilaktik tibbiyot sohasiga taalluqli
fundamental tibbiyot fanidir. Ushbu fanning ikkita bo‘limi mavjud:
yuqumli kasalliklar epidemiologiyasi va yuqumli bo‘lmagan kasalliklar
epidemiologiyasi.
Epidemiologiya fanining tekshirish obyektlari. Yuqumli va yuqumli
bo‘lmagan kasalliklar kelib chiqqan turli epidemiologik jihatdan xavfli
obyektlar va epidemik jarayon rivojlangan epidemik o‘choqlar hisob-
lanadi: bolalar maktabgacha tarbiya
muassasalari va maktablar, litseylar,
kollejlar, oliy ta’lim muassasalari, talabalar turar joylari, uy-joylar,
xonadonlar, davolash profilaktika va tug‘uruqqa yordam muassasalari,
shifoxonalar, umumiy ovqatlanish joylari, dam olish maskanlari va
boshqalar.
Epidemiologiya fanining maqsadi va vazifalari.
Maqsadi: aholi o‘rtasida yuqumli va yuqumli bo‘lmagan kasallik-
larning profilaktikasini amalga oshirish uchun epidemiologik tashxis
qo‘yish usullarini o‘rgatish, yuqumli kasalliklar epidemik o‘choqlarida
va epidemiologik jihatdan xavfli hisoblangan turli obyektlarda, shuning-
dek, ekstremal sharoitlarda kelib chiqishi mumkin bo‘lgan epidemiolo-
gik holatlarda profilaktika uslublarni qo‘llash
hamda epidemiyaga qarshi
chora-tadbirlarni tashkil qilish va o‘tkazish bo‘yicha nazariy bilim va
amaliy ko‘nikmalarni o‘rgatish “tibbiy profilaktika ishi” yo‘nalishi
bo‘yicha bo‘lajak vrachlarni tayyorlashdan iborat.
Vazifalari: har qanday kasalliklarning kelib chiqishi va tarqalishi
sabablarini o‘rganish bu fanning asosiy vazifasidir.
330
- bo‘lajak mutaxassislarda epidemik holatni obyektiv baholashga
asoslangan epidemiologik va mantiqiy fikrlashni shakllantirish.
Epidemiologiya fanining predmeti:
-odamlar orasida (populyatsiyada) har qanday
patologik holatlar-
ning kelib chiqishi va tarqalishi jarayoni;
- aholining sog‘lig‘i holati (patologik holatlarning kelib chiqishi va
tarqalish imkoniyatining yo‘qligi) hisoblanadi.
Yuqumli kasalliklar epidemiologiyasining asosiy bo‘limlari:
1. Umumiy epidemiologiya – bu yuqumli kasalliklar epidemik jara-
yonining kelib
chiqishi, rivojlanishi va namoyon bo‘lishining obyektiv
qonuniyatlarini hamda yuqumli kasalliklar profilaktikasining asosiy
prinsiplarini o‘rganadi. Umumiy epidemiologiyaning bo‘limlari – epide-
miologiya fanining predmeti va tekshirish usullari, epidemik jarayon ha-
qidagi ta’limot, epidemiologik tahlil, epidemiologik
tashxisot, epidemio-
logik nazorat, yuqumli kasalliklarga qarshi kurashishning ilmiy va tash-
kiliy asoslari.
2. Xususiy epidemiologiya – bu turli yuqumli kasalliklarga xos bo‘l-
gan epidemik jarayonning kelib chiqishi, rivojlanishi va
namoyon
bo‘lishi, uning oldini olish chora-tadbirlarini va epidemik o‘choq kelib
chiqqan holatda unga qarshi o‘tkaziladigan epidemiyaga qarshi chora-
tadbirlar hamda ular ustidan epidemiologik
nazorat olib borish xusu-
siyatlarini o‘rganadi va amalga oshiradi.
3. Harbiy epidemiologiya–epidemik jarayon haqidagi fan bo‘lib,
uning harbiy jamoa sharoitida rivojlanishi va namoyon bo‘lishi shakllari
va qonuniyatlarini o‘rganadi. Harbiy epidemiologiya – epidemiologiya-
ning bir qismi va harbiy tibbiyotning tarmog‘i sifatida tinchlik paytida
hamda urush davrida harbiylarga epidemiyaga qarshi xizmatni tashkil
qilishning nazariy va amaliy jihatlarini ishlab chiqadi.
Hozirgi davrda harbiy epidemiologiya yuqorida ko‘rsatilganlardan
tashqari dushman tomonidan sun’iy epidemik jarayon keltirib chiqarish
uchun qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan bakteriologik (biologik) qurol
xususiyatlarini va ular ta’siridan harbiy xizmatchilarni saqlash yo‘llarini
ham o‘rganadi.
Hozirgi zamon epidemiologiya fani ilmiy tarmoq sifatida o‘z
tarki-
biga 5 bo‘limni oladi:
1. Epidemik jarayon haqidagi ta’limot.
2. Epidemiologik tashxis.
3. Epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar va vositalar.
331
4. Epidemiyaga qarshi xizmatni tashkil etish.
5. Xususiy epidemiologiya.
Do'stlaringiz bilan baham: