Turbidimetriya
Loyqa eritma orqali o‘tgan yorug‘lik intensivligini o‘lchashga asoslangan miqdoriy
analiz usulining nomi. U lotincha turbidus - «loyqa» so‘zidan yasalgan.
Valentlik
Ushbu termin nafaqat kimyoda, balki, lingvistikada ham ko‘p qo‘llaniladi. Uning
ma’nosi biror vazifani uddalay olish qobiliyati, salohiyat degan so‘zlarni ifodalaydi. So‘zning
ildizi lotincha «vale», hamda «valeo» so‘zlariga borib taqaladi. Lotin tilida ushbu so‘zlar
«kuchli», «quvvatli» degan ma’nolarni bergan. Undan kelib chiqqan «valens» so‘zi esa,
«ta’sirli», «kuchini o‘tkaza oladigan», «hal qiluvchi» ma’nolarini beradi. So‘zning maxsus
shakli - «valde» esa «baquvvat» degani bo‘ladi. Ko‘rinib turibdiki, ushbu terminning tub ildizi
kuch va quvvat bilan bog‘liq ekan.
Zamonaviy italyan tilida lotin tilidagi o‘sha «valeo» so‘zidan kelib chiqqan «valoroso»
so‘zi botir, jasur va qo‘rqmas degan ma’nolarni beradi. Boshqa yevropa tillarida va zamonaviy
yuridik terminologiyada ham ushbu so‘z bilan o‘zakdosh terminlar mavjud. Masalan, amalda
kuchga ega hujjatlarni «valid» deyiladi. Qimmatli qog‘ozlarni esa «valoren» deyilishini nemis
tilida uchratamiz. Valyuta so‘zi ham ushbu termin bilan qarindoshdir.
Xelatlar
Yunon tilida chele bu – «qisqich» degani bo‘ladi. Shu sababli ham, xelatlarni ba’zan
«qisqichsimonlar» deb ham nomlanadi. Mazkur nomni 1920-yilda ingliz kimyogari Gilbert
Morgan hamda, Garri Dryu o‘ylab topgan. Xelatlarda markaziy atom yoki ionni yon tarafdan
ikki yoki undan ortiq donor ligandlarning atomlari xuddiki qisqichda qisib olganday qurshab
olgan bo‘ladi. Eng taniqli xelatlar bu – xelatlovchi agent sifatida etilendiamintetraatsetatli
ionlar (ETDA) tomonidan hosil qilingan birikmalar bo‘lib, analitik kimyoda aynan shu
birikmalar keng qo‘llaniladi. ETDA tuzlari oziq-ovqat sanoatida ozuqaviy qo‘shimcha sifatida
ishlatiladi va siz ularni mahsulot yorlig‘idagi E385, E386 kodlari orqali tanib olishingiz
mumkin. Gemoglobin, xlorofill, B
12
vitamini singarilar ham, Fe
2+
, Mg
2+
, Co
2+
ionlari bilan
hosil qilingan xelat birikmalardir.
Xirallik
Bu termin lord Kelvin, ya’ni, Uilyam Tomson tomonidan 1893-yil may oyida Oksford
universitetida o‘qilgan ma’ruzalardan birida ilk bora qo‘llangan bo‘lib, u, yunoncha cheir –
ya’ni, «qo‘l» so‘zidan kelib chiqqan. Mazkur termin bilan fanda, obyektning o‘zining
ko‘zgudagi aksi bilan nomutanosibligi tushuniladi. Kimyoda esa, bu termin molekulalarga
nisbatan qo‘llaniladi va fazoda xuddi o‘ng va chap qo‘l bilan ustma-ust tusha olmagani singari,
xiral molekulalar ham o‘zaro mutanosib bo‘la olmaydi. Ushbu o‘zak so‘zni biz shuningdek,
xirurg, xiromantiya, hamda, xirot so‘zlari tarkibida ham uchratishimiz mumkin. (Agar xirot
so‘zini endi eshitayotgan bo‘lsangiz, hayron bo‘lmang, bu Afg‘onistondagi Xirot shahari nomi
89
emas; biologiyada, xirot deb nomlanuvchi sudralib yuruvchi mavjud. Xirot nomli kaltakesakda
orqa oyoqlar bo‘lmaydi).
Do'stlaringiz bilan baham: |