K I m y o ki my oga oi d atama lar etimilo gi ya si



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/118
Sana28.09.2021
Hajmi2,13 Mb.
#187364
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   118
Bog'liq
Kimyoga oid atamalar etimologiyasi

s
n
r1   
aromatic  substitution  nucleophilic  radical  uchun  qisqartmani  1970-yilda  AQSHlik 
kimyogar Jozef Bennet (1921-2015) taklif qilgan. U aromatik sistemalarda monomolekulyar 
radikal-nukleofil almashinishni ifodalaydi.  
Solvat, solvent, solvatatsiya  
Bu  terminlarning  barchasi  eritmalarga  taalluqli  bo‘lib,  lotincha  solvere  -  «eritmoq» 
so‘zidan kelib chiqqan.  
Spektr, batoxrom, gipsoxrom, auksoxrom spektrlar; 
izobest   
Specto  lotinchada  «qarayapman»,  «ko‘ryapman»  degan  ma’nolarni  beradi. 
Shuningdek,  «chamalayapman»,  «kuzatyapman»,  «tekshiryapman»  degan  so‘z  o‘rniga  hal 
aynan  shu  qo‘llangan.  Inspektor  va  spektakl  so‘zlarining  ildizi  ushbu  lotincha  so‘zga  borib 
taqaladi.  Ingliz  tilidagi  spectrum  esa,  ikki  xil  ma’noda  -  ham  «spektr»  ma’nosida  va  ham 
«tasvir,  timsol»  ma’nosida  kelishi  mumkin.  Shuningdek,  ingliz  adabiyotlarida  «arvoh», 
«sharpa»  ma’nolari  uchun  ham  bu  so‘zdan  foydalanilishi  uchrab  turadi.  Ko‘plab  ilmiy 
terminlarda,  xususan,  spektroskopiya,  spektrofotometr,  spektropolyarimetr  singarilarda  ham 
ushbu o‘zak ishtirok etadi.  
Bo‘yoq moddalar spektroskopiyasi sohasida batoxrom va gipsoxrom siljish tushunchasi 
tez-tez  qo‘llaniladi.  Bo‘yoq  moddaga,  molekulaga  muayyan  o‘zgartirishlar  kiritilganda, 
qo‘shbog‘lar  sonini  o‘zgartirgandagi  singari  holatlarda  moddaning  yutish  yo‘laklari  to‘lqin 
uzunligi uzunroq bo‘lgan tarafga siljishi mumkin. Bu jarayonda bo‘yoq rangi chuqurlashishi 
sodir bo‘ladi va u sariqdan zarg‘aldoq  rangga, keyin esa qizilga va binafsharangga  o‘zgarib 
boradi. So‘ngra ko‘k va undan yashilga o‘tishi mumkin. Buning tafsilotlari yutish yo‘lagining 
shakli  va  kengligi  bilan  bog‘liq  bo‘ladi.  Bunday  siljishni  bo‘yoq  sanoatida  batoxrom  siljish 
deyiladi. U yunoncha bathys - «chuqur» so‘ziga ulangan chrome - «rang» so‘zi orqali yasalgan. 
Bathys so‘zini siz shuningdek, chuqur suvosti tubliklariga tushib harakatlana oladigan apparat 
nomi  –  «batiskaf»  tarkibida,  chuqur  suv  tubida  yashovchi  jonivorlarning  umumiy  nomi  - 
«batibiontlar»  tarkibida,  chuqurlikni  o‘lchash  sohasi  -  «batimetriya»da,  hamda,  chuqur 
tubliklarga tross orqali tushiriladigan sharsimon shaklli kuzatuv kamerasi - «batisfera» nomida 
ham uchratasiz.  
Yutish  yo‘lagining  qarama-qarshi  tomonga,  ya’ni,  qisqa  to‘lqinli  ranglar  tarafiga 
siljishini esa gipsoxrom siljish deyiladi. U yunonchada «balandlik» ma’nosini beruvchi hypsos 
so‘zidan  olingan.  Xaritalarda  relyefni  ifodalash  uchun  bir  xil  balandlikka  ega  chiziqlarni 
qo‘llash  usulini  «gipsometriya»  deyiladi.  Balandlikni  suvning  qaynash  haroratining 
o‘zgarishlariga ko‘ra aniqlaydigan asbobni ham «gipsotermometr» deyiladi. Lekin, bu o‘zak 
so‘z bilan gips minerali nomi o‘rtasida aloqadorlik yo‘q va buni adashtirmaslik kerak.  
Auksoxrom yunon tilidagi auxano - «kattalashtiraman» so‘zidan kelib chiqqan termin. 
Bu  bo‘yoqlarning  yorug‘lik  nurini  yutmaydigan  maxsus  funksional  guruhi  bo‘lib,  yutilish 
yo‘lagini qizilga tomon siljishga majbur qiladi va aynan shu rang intensivligini oshiradi. Aynan 
shu  o‘zak  «auksinlar»  terminida  ham  mavjud  bo‘lib,  bu  termin  o‘simliklarning  o‘sishini 
jadallashtiruvchi  moddalarni  nazarda  tutadi.  Auksinlarni  qishloq  xo‘jaligida  oddiy  qilib 
«fitogormonlar» ham deyiladi. Auksanometr esa o‘simlikning o‘sish sur’atlarini o‘lchaydigan 


87 
 
asbob. Siz allaqachon «auksion» so‘zi ham shu ildizdan chiqib kelganini payqagan bo‘lsangiz 
kerak. Ha, narx o‘sib borishi tartibida o‘tkaziladigan va kim eng ko‘p narx taklif qilsa, o‘sha 
yutib oladigan savdoni biz shunday ataymiz. O‘zbek tilida uni oddiy qilib «kim oshdi savdosi» 
deyilishini eshitgan bo‘lsangiz kerak. 
«Izobest  nuqta»  termini  bir  moddaning  ikki  xil  shakli,  yoki,  biri  ikkinchisiga 
aylanayotgan moddalarning spektrida aynan yorug‘likning bir xilda yutilishi yuzaga keladigan 
spektral  nuqtani  nazarda  tutadi.  Bu  terminni  1924-yilda  nemis  kimyogari  Alfred  Til  (1879-
1942) o‘ylab topgan. U yunoncha isos - «teng» va sbesis – «so‘ndirish» so‘zlaridan yasalgan. 
«So‘ndirish»  so‘zi  qayerdan  kelib  qolganiga  qiziqayapsizmi?  Gap  shundaki,  avvallari 
yorug‘likning  yutilishi fanda aynan  «so‘ndirilishi» deb tushuntirilar edi.  Ilmiy adabiyotlarda 
bu so‘zni ko‘pincha «ekstinksiya» ko‘rinishida ham qo‘llashgan. «Asbest» so‘zida ham o‘sha 
yunoncha o‘zak mavjud bo‘lib, u «so‘nmas» degan ma’noni beradi.  
Stexiometriya  
Bu terminni 1792-yilda nemis kimyogari Ierimiya Veniamin Rixter (1762-1807) o‘ylab 
topgan  va  uni  o‘zi  yozgan  o‘quv  qo‘llanmasiga  sarlavha  sifatida  qo‘llagan.  U  kimyoviy 
elementlarni  o‘lchash  usullariga  bag‘ishlangan  bo‘lib,  «Stexiometriyaning  boshlang‘ich 
asoslari, yoxud, kimyoviy elementlarni o‘lchash San’ati» deb nomlangan. Rixter bu terminni 
yunoncha  stoicheinon  -  «asos»,  «element»  so‘ziga,  metreo  -  «o‘lchamoq»  qo‘zini  qo‘shish 
orqali yasagan.  
Sublimatsiya  
Sublime  so‘zi  lotin  tilida  «balandda»,  «yuqorida»,  «tepada»  ma’nolarini  beradi. 
Sublimis  esa  «baland»;  sublimitas  bo‘lsa  «balandlik»  degani  bo‘ladi.  Ilmiy  terminologiyada 
esa,  sublimatsiya  –  suyuqlik  bug‘larining  tepaga  ko‘tarilish  va  tepada  to‘planish  jarayonini 
anglatadi.  

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish