K I m y o ki my oga oi d atama lar etimilo gi ya si



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/118
Sana28.09.2021
Hajmi2,13 Mb.
#187364
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   118
Bog'liq
Kimyoga oid atamalar etimologiyasi

Parsial  
Bu termin lotinchada «qism» ma’nosini beruvchi pars so‘zidan kelib chiqqan. Siz fanda 
parsial bosim tushunchasini eshitgan bo‘lsangiz kerak. Shuningdek, parsial hajmiy mol va ho 
kazo terminlar ham mavjud. 
pH  
Suvli  eritmalar  bilan  ishlashda  muhitning  kislotaviyligi  yoki  ishqoriylik  darajasini 
ifodalash uchun «vodorod ko‘rsatkichi» - pH terminidan foydalaniladi. Suyuqliklarning ushbu 
ko‘rsatkichini aniqlash konsepsiyasini va mazkur belgi (ya’ni, «pH»ni) 1909-yilda Daniyalik 
biokimyogar Syoren Peter Lauris Syorensen (1868-1939) fanga taklif etgan. U aynan shu yili, 
fermentlarning faolligi muhitning kislotaviyligiga bog‘liq ekanini aniqlagan edi. Biokimyo va 
umuman  kimyoda  qo‘llaniladigan  H
+
  ionlarining  uncha  katta  bo‘lmagan  konsentratsiyasini, 
masalan,  0,000025  mol/litr  ni  aynan  shunday  usul  bilan  (ya’ni,  mol/litr  tarzida)  ifodalash 
noqulaydir.  Eritmaning  kislotaviyligini  aniqlash  uchun  Syorensen  oddiy  vodorodli  elektrod 
H
+
/Pt/H
2
 dan foydalangan. Bunda, agar, vodorodning bosimi o‘zgarmas bo‘lsa va u 1 atmosfera 


83 
 
bosimiga  barobar  bo‘lsa,  unda,  Nernst  tenglamasiga  ko‘ra,  elektrod  potensiali  vodorod 
ionlarining  miqdori  bilan  uzviy  bog‘liq  bo‘ladi:  25  ℃  da  –E=–0,0577lg  [H
+
].  O‘sha  yillari 
nemis tilida chop etiladigan «Biokimyo jurnali»da Syorensen H

ionlarining konsentratsiyasini 
10  ning  manfiy  daraja  ko‘rsatkichi  bilan  yozish  qulay  bo‘lishi  haqida  bayon  qiladi  va  bu 
ko‘rsatkichni  «vodorod  ko‘rsatkichi»  deb  nomlashni  taklif  qiladi.  Bunda,  p  harfi  barcha 
Yevropa tillarida  «daraja ko‘rsatkichi» ma’nosini beruvchi  so‘zlarning birinchi harfi  bo‘lib, 
xususan, nemischada «Potenz», inglizchada «power», fransuzchada «puissanse» va ho kazo 
tarzida yangraydi. Lotin tilida esa bu belgini «potentia hydrogeni», ya’ni, «vodorod kuchi» deb 
talqin  qilish  mumkin.  Endi,  Syorensenning  taklifidan  so‘ng,  H
+
  ionlari  konsentratsiyasini 
ifodalash  uchun,  [H
+
]=0,000025  o‘rniga,  pH=(−0,00025lg)=4,6  deb  yozish  mumkin  edi. 
Avvaliga, birlikni yozishda turli chalkashliklar paydo bo‘ldi. Ayrimlar uni pH va yana ayrimlar 
Ph tarzida yozishni ma’qul ko‘rsa, uchinchi toifa esa umuman «ph» deb keltirishni ham kanda 
qilmasdi.  Lekin,  fakt  shuki,  Syorensen  taklif  qilgan  ushbu  birlik  o‘zining  amaliy  jihatdan 
qulayligi  bilan  hammaga  birdek  maqbul  keldi  va  uni  ilmiy  jamoatchilikda  hech  qanday 
to‘siqsiz  qabul  qilishdi.  Bu  yangilikka  qarshi  bo‘lgan  kam  sonli  kimyogar  ichida  faqat 
Amerikalik Uilyam Klark Mensfild (1884-1964), pH ni belgilashdagi bu mantiq to‘g‘ri emas 
deb hisoblagan. Ya’ni, u eritmada vodorod ionlari miqdorining ortishiga ko‘ra pH ko‘rsatkichi 
pasayishiga asoslanuvchi, ya’ni, pH qancha past bo‘lsa, kislotaviylik shuncha yuqori bo‘lishini 
ta’kidlovchi qoida mantiqqa zid deb baholagan va bu tartibni qabul qilishdan bosh tortgan. U 
o‘zining  1920-yilda  nashrdan  chiqqan  «Vodorod  ionlarini  aniqlash»  nomli  kitobida, 
Syorensenning  ushbu  usulini  tanqidga  olib,  uning  o‘rniga,  kislotaviylik  aniqlashda  30  xil 
bo‘yoq indikatorlardan foydalanishga asoslangan usullarni taklif etgan. Biroq, Syorensen usuli 
ixcham va amaliy qulayligi bilan uloqni ilib ketdi va hatto o‘sha Mensfildning o‘zi ham, 1928-
yilda  nashrdan  chiqqan  kitobining  ikkinchi  nashrida,  kislotaviylik  yoki  ishqoriylikni 
belgilashda  aynan  Syorensen  usulidan  foydalangan.  Ya’ni,  siz  bilan  biz  bilgan  o‘sha  pH 
ko‘rsatkichini qo‘llagan.  

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish