Radikal
«Ildiz» so‘zi lotinchada radix deyiladi. Radicalis esa «mahalliy», «ildiz otgan», «tomir
otgan» degan o‘zbekcha so‘zlarga muqobil bo‘la oladi. Radicula esa «tomircha», «kichik
ildizcha» degan ma’noni beradi. Radikulit, rediska, hamda, matematikadagi ildiz belgisi,
shuningdek, siyosatchilar ko‘p qo‘llaydigan «radikal» atamasi shu so‘zlardan ildiz otgan.
Kimyoda esa radikal deganda, molekulaning reaksiya mobaynida o‘zgarmaydigan qismini
nazarda tutiladi. Lavuaze noorganik radikallar haqida so‘z ochgan bo‘lsa, XIX-asrda
shuningdek organik radikallar ham aniqlandi. Organik radikallardan eng dastlabkilaridan biri
85
– benzoli bo‘lgan edi. XX-asrda esa, endi kimyoda erkin radikallar tushunchasi ham paydo
bo‘ldi.
Rafinadlash
Fransuzlar «tozalamoq» so‘zini raffiner tarzida aytishadi. Bilasizki, oziq-ovqat
texnologiyalarida asal va shakarni rafinadlash usuli mavjud.
Reaksiya
Mazkur terminning etimologiyasi lotin tili bilan bog‘liq bo‘lib, anchayin shaffof va
aniq. Lotinchada «re-» old qo‘shimchasi o‘zidan keyingi so‘zga ziddiyatli ma’no bag‘ishlaydi
va alohida holda u biror narsaga teskari, qarama-qarshi degan ma’noni anglatadi. Uning, yana
shu tilda «harakat» ma’nosini beruvchi «actio» so‘zi oldidan kelishi esa «harakatga qarshilik»
degan ma’noni beradi va biz qo‘llaydigan «reaksiya» terminining lug‘aviy ma’nosini tashkil
etadi. Bu so‘z biologiyada tirik organizmning qo‘zg‘atuvchiga nisbatan ta’sirini ifodalasa,
kimyoda esa, moddaning boshqa moddalar bilan ta’sirlashib, kimyoviy o‘zgarishlarga uchrashi
jarayonini bildiradi. Chunonchi, 1868-yilda Mendeleyev ushbu termin haqida yozganida
«reaksiyaga kirishish bu kimyoviy jihatdan o‘zgarish demakdir» - degan edi.
Sement
Qurilish materiallari orasida eng asosiylaridan biri bo‘lgan sementning nomi lotin tilida
caementum tarzida yangraydi. Buning ma’nosi «maydalangan tosh» degani bo‘lgan, bu so‘z
ham, o‘z navbatida caedere - «maydalash» so‘zidan paydo bo‘lgan. Mazkur o‘zak shuningdek,
tarkibi temir karbididan iborat bo‘lgan mineral – sementit nomida ham markaziy o‘rinni
egallaydi.
Sentrifuga
Kimyo laboratoriyalarida ko‘p uchraydigan mazkur uskunaning nomi lotincha centrum
- «markaz» va fugere - «qochmoq» so‘zlaridan yasalgan. U markazdan qochma kuchdan
foydalanish asosida turli tajribalarni yuritishga yordam berishini yaxshi bilasiz.
Seolit
1756-yilda shved mineralologi Aksel Kronstedt g‘alati bir mineralni topib oladi. Ushbu
mineral qizdirilganida o‘zidan bug‘ chiqargancha, uchib ketar edi. Shu sababli, mazkur
mineralni aynan shunday, ya’ni, «qaynaydigan tosh» deb nomlashdi ham. An’anaga ko‘ra,
ilmiy terminlarga yunon tilidan kelib chiqib nom berish urf bo‘lgan o‘sha paytda, olimlar bu
mineralni ham yunoncha qilin zein - «qaynamoq» va lithos - «tosh» so‘zlari asosida seolit deb
nomlashgan.
Singoniya
Syn so‘zi yunon tilida «birgalikda» degan ma’noga ega; gonia esa «burchak» ma’nosini
beradi. Bu termin asosan kristallarga nisbatan qo‘llaniladi va u qirralari orasida bir xil
burchakka ega bo‘lgan kristall shaklni anglatadi. Ushbu o‘zak ishtirok etgan yana bir termin
bizga geometriyadan yaxshi tanish bo‘lgan «trigonometriya» terminidir.
86
Do'stlaringiz bilan baham: |