K I m y o ki my oga oi d atama lar etimilo gi ya si



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/118
Sana28.09.2021
Hajmi2,13 Mb.
#187364
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   118
Bog'liq
Kimyoga oid atamalar etimologiyasi

Bis-, tris-, tetrakis-  
Bis-  ning  ma’nosi  «ikki  marta»  degani  ekanini  yuqorida  aytdik;  tris  va  tetrakis  shu 
mantiqning davomidan bo‘lib, mos ravishda, «uch marta» va «to‘rt marta» degan ma’nolarni 
beradi. Kimyoga oid terminlarda bu old qo‘shimchalar, molekulada ikkita, uchta, yoki to‘rtta 
bir  xil  radikal  mavjudligini  bildiradi.  Masalan,  bis(dimetilamino)etan,  bissiklopentadienil 
komplekslari, tris(oksimetil)aminometan; tetrakis(trifenilfosfin)-palladiy va ho kazo.  
Vits- 
«Qo‘shni» ma’nosi beruvchi vicinalis lotincha so‘zidan olingan. Bunday birikmalarda 
o‘rindosh  qo‘shni  uglerod  atomlarida  joylashgan  bo‘ladi  (vitsdixloretan).    Vitse-prezident, 
vitse-chempion singari atamalardagi vitse so‘zining bu old qo‘shimchaga aloqasi yo‘q. Bunday 
titul maqomlari lotincha vice «o‘rinbosar», «muovin» ma’nosidagi so‘zdan olingan. 
Gapto- 
Yunoncha  «yopishtiraman»  degan  ma’nodagi  hapto  so‘zidan  olingan.  Formulalarda 
odatda η (eta) harfi bilan belgilanadi. Bu, kompleks birikmalarda ligandning metall atomi bilan 
bog‘liqligi  borligiga  ishora  qiluvchi  nomlarning  tarkibiy  qismi  bo‘lib,  masalan,  η
2
-H
2
  da, 
metall atomi bilan ikkita vodorod molekulasi bog‘langan bo‘ladi.  
Gem- 
Gem- old qo‘shimchasi bitta atomning o‘rnini egallagan ikkita (qo‘shaloq) o‘rinbosari 
mavjud organik birikmalarning nomlarida uchraydi. Masalan, gemdimetilsikogeksan.  


94 
 
Gemi- 
Yunoncha  hemi  so‘zi  «yarim-»  degan  old  qo‘shimcha  o‘rnida  ishlatiladi.  Bu  odatda, 
nimaningdir  yarim  bo‘lagini,  yarim  qismini  bildiradigan  murakkab  terminlar  tarkibida 
uchraydi. Masalan, sferaning yarmini gemisfera deyiladi va ho kazo. Boshning yarim tarafida 
og‘riq bo‘lganida vrachlar gemikarniya deb tashxis qo‘yishlari mumkin (buni ko‘proq migren 
ham deyishadi). Kimyoga oid atamalarda masalan, gemioksid tushunchasini uchratish mumkin. 
Masalan, N
2
O moddasini gemioksid deyish mumkin, chunki, unda, NO ga nisbatan, kislorod 
atomi ikki karra kam bo‘ladi.  
Gomo- 
Gomologlarni  ifodalovchi  old  qo‘shimcha.  Termin  yunon  tilidagi  «teng»,  «bir  xil» 
ma’nolarini beruvchi homos so‘zidan olingan. Kimyoda bu old qo‘shimcha, tarkiban bitta metil 
guruhiga ko‘ra farq qiladigan ikkita o‘xshash birikmalarni nomlash uchun ishlatiladi. Masalan, 
salitsil kislota C
6
H
4
(OH)COOH hamda, gomosalitsil kislotasi C
6
H
4
(OH)CH
2
COOH shunday 
moddalardir. Shuningdek, gomo- old qo‘shimchasini «gomogen», «gomolitik» singari boshqa 
kimyoviy terminlar tarkibida ham uchratish mumkin.  
Desmo- 
Bu  old  qo‘shimcha  yunoncha  desmos  -  «aloqa»  so‘zidan  olingan.  Bu  qo‘shimcha 
ko‘plab  kimyoviy  terminlarda  uchraydi:  desmolaza,  desmotropiya,  gomodesmik  kristall 
strukturalar va ho kazolar shular jumlasidandir.  
Dia- 
«Alohida»  ma’nosini  beradigan  yunoncha so‘z dia ko‘plab ilmiy terminlar tarkibida 
old qo‘shimcha sifatida ham keladi. Odatda, kimyo fanida, dia- old qo‘shimchasi qo‘llangan 
termin biror moddaning biror narsa orqali sizib o‘tishi va alohida qismlarga ajralishi nazarda 
tutiladi.  Misol  uchun,  dializ  qilinganda,  qondan  siydik  sun’iy  ajratib  chiqariladi.  Diagonal, 
Diaproyektor, diametr kabi atamalarda ham aynan shu old qo‘shimcha asosiy o‘rin tutgan.  
Dis- 
«Dis-»  old  qo‘shimchasi  birmuncha  murakkab  izoh  talab  etadi.  Chunki,  dis-  old 
qo‘shimchasi terminologiyada juda ko‘p uchragani bilan, turli terminlarda uning ma’nosi bir-
biriga  zid  kelishi  mumkin.  Buning  sababi,  ba’zi  terminlardagi  dis-  old  qo‘shimchasi  yunon 
tilidagi dys so‘zidan bo‘lib, u o‘zidan keyin keluvchi o‘zak so‘zga «izdan chiqish», «buzilish», 
«qiyinlashish»  singari  ma’nolarni  bag‘ishlaydi.  Masalan,  distrofiya  disfunksiya,  kabi 
terminlarda aynan shu ma’no qo‘llaniladi va muayyan funksiyaning buzilishi, izdan chiqishini 
anglatadi. Disproziy elementi nomi dysprosium da esa, u «qiyin olinadigan» degan ma’no kasb 
etadi. Agar termin boshidagi dis- old qo‘shimchasi lotincha dis so‘zidan olingan bo‘lsa, unda, 
u o‘zakka «alohida», «bo‘lak-bo‘lak» degan ma’noni bag‘ishlaydi. Masalan, disproporsional, 
dismutatsiya  terminlarida  bu  old  qo‘shimcha  shu  ma’noda  qo‘llanilgan.  Vaziyatni 
qiyinlashtiradigan  holat  esa,  o‘zingizga  ham  ko‘rinib  turganidek,  lotincha  dis-  va  yunoncha 
dys- so‘zlari o‘zbek tilida bir xil yozilishidir. 


95 
 
Izo- 
Organik  birikmalar  nomlaridagi  izo-  old  qo‘shimchasi  uglerod  zanjirining 
tarmoqlanganligiga,  yoki,  boshlang‘ich  birikmaga  nisbatan  muayyan  birikmaning  izomer 
tarkibga  egaligiga  ishora  qilishi  mumkin.  Old  qo‘shimchaning  o‘zi  yunoncha  isos  -  «teng», 
«bir  xil»  va  «o‘xshash»  ma’nolaridagi  so‘zdan  olingan.  Uglerod  zanjirining  tarmoqlanishi 
natijasining organik birikma nomida aks etishini butan va izobutan birikmalarining nomi orqali 
misol  keltirilishi  mumkin.  Izomer  birikmalarning  boshlang‘ich  tarkibga  qiyosan  nomi 
o‘zgarishi  esa,  sianat  va  izosianat,  nitril  va  izonitril,  xinolin  va  izoxinolin  singarilarning 
nomidan ko‘rish mumkin.  
Fizik-kimyoga oid terminlardagi izo- old qo‘shimchasi esa biror bir fizik parametrning 
o‘zgarmasligini  (doimiyligini)  bildiradi.  Masalan,  izobara  (bosimning  doimiyligi),  izoxora 
(hajmning o‘zgarmasligi), izoterma (haroratning doimiyligi), izotop va ho kazolar haqida siz 
albatta  eshitgansiz.  Izomorf  moddalar  esa,  bir  xil  kristall  panjara  shakliga  ega  bo‘lgan 
moddalarga nisbatan qo‘llaniladigan termindir.  
Infra- 
Lotinchada  infra-  old  qo‘shimchasi  «ostida»  degan ma’noni  berish uchun ishlatiladi. 
Infrastruktura, infraqizil, infratovush kabi terminlarda unga duch kelish mumkin. 

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish